Generativ va vegetativ hujayralarning hosil bo‘lishi Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari
Otalik gametofitning evolyutsiyasi
Download 0.83 Mb.
|
Otalik gametofitning evolyutsiyasi
Otalik gametofitning evolyutsiyasi. Bu sohaning mutaxassislarida ikkita nuqtai nazar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, gulli o‘simliklardagi otalik gametofit o‘ta redutsirlangan anteridiy undagi ikkita spermiy spermatozoidlarning gomologlaridir. Vegetativ hujayra va chang nayi anteridiy devorini gomologi deb hisoblaydi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra, gulli o‘simliklarning gametofiti o‘ta soddalashganki, uni anteridiy bilan taqqoslash mumkin emas. Hujayra va yadroning bo‘linishlari otalik gametofitning shakllanishida saqlanib, u ikki marta bo‘linadi holos. Bu bo‘linishning birinchisida vegetativ va generativ hujayralar hosil bo‘ladi. Ikkinchi bo‘linishda esa generativ hujayradan ikkita spermiy hosil bo‘ladi degan xulosaga kelishgan. Biz yuqorida voyaga yetgan otalik gametofiti ikki va uch hujayrali bo‘lishini, kuzatdik. Ulardan ikki hujayralisi ko‘p uchraydi. U yoki bu tipdagi changlarni bo‘lishi ko‘plab oilalarga mansub o‘simliklarda doimo uchraydi. Shu boisdan u sistematik belgi sifatida qabul qilingan. Biroq ayrim oilalarga mansub o‘simliklarda har ikkala tipdagi otalik gametofitini uchrashi, filogenetik jihatidan ikki hujayrali otalik gametofit, primitiv belgi hisoblanib, uch hujayrali otalik gametofit ancha progressiv deyiladi, u tuzilishi jihatidan yuksak darajali o‘simliklarga xos belgi hisoblanadi. MEYOZ Jinsiy ravishda ko‘payadigan barcha organizmlar uchun hujayraning maxsus tipdagi bo‘linishi ya’ni meyoz bo‘linish xarakterli hisoblanadi. Meyoz jarayonida hujayradagi xromosomalar va DNK sonining ikki marta kamayishi ro‘y beradi. Meyoz bo‘linish urug‘lanish jarayonida yuzaga keladigan xromosomalarning to‘xtovsiz ko‘payishini oldini oladi. Yuksak o‘simliklardagi meyoz bo‘linish gametalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Hayvonlarda meyoz jinsiy hujayralarning yetilish davridagi bo‘linishlarda ro‘y beradi. Meyoz bevosita davom etadigan yadrodagi ikki martta bo‘linishdan iborat. DNK miqdorining ortishi birinchi bo‘linishda sodir bo‘ladi. Meyozda mitoz bo‘linishdagiga nisbatan farqlar hosil bo‘ladi. Bu: a) gomologik xromosomalarning konyugatsiyasi; b) gomologik xromosomalar qismlari bilan o‘zaro almashinishi, ya’ni krossingover jarayoni; v) xromosomalar sonining kamayishi; g) profazaning birinchi bo‘linishida transkripsiya jarayonini faol bo‘lishi; d) birinchi va ikkinchi bo‘linishlar orasida S-bosqichning yo‘qligi; ye) meyozning ikki marta bo‘linishida DNK sintezining bir marta sodir bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Jinsiy jarayon orqali ko‘payadigan organizmlardagi gametalarni hosil bo‘lish davrida va urug‘lanishida bitta hujayradagi xromosomalarning soni bilan farqlanadigan gallanish kuzatiladi. Bu gaploid sondagi xromosomali hujayraga ega bo‘lgan gaplofaza meyoz natijasida yuzaga keladi va diploid sondagi xromosomali diplofazadir. Bu faza-davrlarning qancha muddat davom etishi, turli sistematik guruhlarga mansub o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Suvo‘tlarning jinsiy usulda ko‘payishi, meyozda gaploid davr ustunlik qiladi. Gulli o‘simliklarda esa diploidlik holat gaplo davrdan ustunlik qiladi. Organizmlarda ro‘y beradigan meyoz jarayoni xarakteriga ko‘ra uni uch tipga: zigotali, gametali, sporali tipga ajratish mumkin. rasm. Edogonium kardiakum suvo‘tida spermatozoidlar va tuxum hujayraning hosil bo‘lishi. Meyozning zigotali tipi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling