Generativ va vegetativ hujayralarning hosil bo‘lishi Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari
Download 0.83 Mb.
|
Otalik gametofitning evolyutsiyasi
20.52 guruh talabsi Hamraliyeva Saodatxon Otalik gametofitning evolyutsiyasi Reja:
Generativ va vegetativ hujayralarning hosil bo‘lishi Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari Spermiogenez Otalik gametofitning evolyutsiyasi Bir yadroli chang donasining bo‘linishi mitoz usulida amalga oshadi (rasm. s-sh; a). Bo‘linish urchuqlari metafazada, chang donasini po‘stiga nisbatan ko‘ndalang holda joylashadi. Bo‘linish urchug‘ining bir tomoni chang donasining po‘sti yaqinida, ikkkinchi tomoni sitoplazma yuzasiga yaqin, vakuola yonida joylashadi. Bo‘linish urchug‘ining po‘stiga yaqin ko‘ndalang joylashganligi tufayli hujayrani ikkiga bo‘ladigan yassilik bitta hujayra uchun sitoplazmaning oz qismini, sitoplazmaning qolgan qismi ikkinchi boshqa hujayrani hosil qiladi (rasm. b-g). Buning natijasida bir yadroli chang donasi teng qismlarga bo‘linmaganligidan turlicha kattalikdagi ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Kichkina hujayra generativ yoki spermatogen, katta hujayra esa vegetativ yoki sifonogen deb ataladi (rasm. d-ye). Generativ hujayraning po‘sti hosil bo‘lishi bilan unda kalloza to‘plana boshlaydi. Bu jarayonda hujayrani chang donasidagi holati qat’iy belgilanadi. Generativ hujayraning po‘stida kalloz qisqa vaqt 12 soat mobaynida hosil bo‘ladi. Bu davrda generativ hujayra yumaloqlana boshlaydi, chang donasining po‘stidan ajaraladi, shundan so‘ng kalloza yo‘qoladi. Bu vaqtda generativ hujayraning po‘sti vegetativ hujayraning asl po‘stidan ajraladi (rasm. j-k). Chang donasini po‘stidan ajralgan generativ hujayra, uning o‘rtasiga o‘ta boshlaydi. Uning harakati davomida yumaloq ko‘rinishdan, dastlab oval, keyin cho‘ziq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Generativ hujayraning harakati va uni cho‘ziq shaklga kelishi mikronaylar vositasida ro‘y beradi. Generativ hujayrani chang donasini devoridan ajralishida mikronaylar uning po‘sti yaqinida zichlashadi, bir-biriga parallel holda generativ hujayrani o‘qiga nisbatan har tomonidan o‘raydi. Chang donasi hosil bo‘lishining dastlabki davrida vegetativ va generativ yadrolar o‘zaro kam farq qiladi, ular yumaloq bo‘lib, Felgen reaksiyasini faol, namoyon qiladi (rasm). Interfazaning boshlanish davrida vegetativ va generativ yadrolarda xromatin ingichka uzun tolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Chang donasi rivojlanib borgan sari yadrolar tuzilmalari o‘zgarib, o‘zaro farqlanadigan holga keladi (rasm). Generativ hujayra chang donasini o‘rtasiga surilishi davrida yadrodagi xromatin tig‘izlashadi. Yadroni o‘lchami kichiklashadi va u yo‘qola boshlaydi. Vegetativ yadrodagi o‘zgarishlar aksincha, xromatinni siyraklanishi bilan sodir bo‘ladi. Vegetativ yadro aniq shaklini yo‘qotadi, xromatin iplar dekondensatsiyalanib, yadrocha yo‘qoladi (rasm.). Chang donalarining rivojlanishi tamaki, liliya, piyoz, tradeskansiya kabi ayrim o‘simliklarda vegetativ va generativ hujayrani hosil bo‘lishi bilan tugaydi. rasm. Tamaki o‘simligida chang donasining bosqichma bosqich rivojlanishi (1-7) (Bannikova V.P., 1982) gx –generativ ho‘jayra, vx –vegetativ hujayra. Yetilgan chang donalari urug‘chining tumshuqchasiga tushganda, u yerda unib, chang nayini hosil qilgunga qadar ikki hujayraligicha qoladi. Generativ hujayra chang nayiga o‘tgandan keyin bo‘linishi natijasida ikkita otalik gameta spermiylar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ikki hujayrali chang deyiladi (rasm). Boshoqdoshlar, amarantguldoshlar, murakkabguldoshlar kabi boshqa oila vakillarida generativ hujayrani bo‘linishi va spermiylarni hosil bo‘lishi changdon ichida hosil bo‘ladi (rasm, n-s; 6, 1-8). Bunday holatda otalik gametofiti uch hujayrali bo‘lib, uch hujayrali chang deyiladi (rasm, s.; 6, 9). Vegetativ va generativ hujayralarning ultratuzilishi o‘simlikning boshqa hujayralaridan farq qilmaydi, lekin ularning sitoplazmalaridagi organellalarning soni va ularni rivojlanganlik darajasi bilan farq qiladi (rasm). Vegetativ hujayraning sitoplazmasida donador va silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan bo‘lib, yadro bilan bog‘langan va plazmolemma bilan aloqada bo‘lishi, shuningdek plastidlarning (leykoplastlar amiloplastlar) yaxshi rivojlangan lamellari, diktiosomalar, mitoxondriylar, lizosomalar, lipid globulalari ham ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Generativ hujayraning sitoplazmasida ayrim organellalarni soni, yetarli darajada shakllanmaganligi, plastidalar, zahira moddalar ozligi bilan vegetativ hujayradan farq qiladi. Generativ hujayraning po‘stidan kalloza yo‘qolib ketganidan keyin plazmolemma qoladi holos. Plazmolemma yuzasida mikronaylar joylashadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling