Generator datchiklari
Download 246.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 maruza lot
- Bu sahifa navigatsiya:
- P’ezoelektrik datchiklar P’ezoelektrik datchiklarni
FotorezistorlarFotorezistor – yarim o’tkazgich fotoelektrik asbob bo’lib, bunda foto o’tkazuvchanlik hodisasi qo’llaniladi, ya’ni optik nurlanish ta’sirida yarim o’tkazgichni elektr o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Fotorezistor tuzilishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.3.- rasm. Fotorezistorning tuzilishi va ulanish sxemasi. 1-plyonka yoki plastik 2-dielektrik material. Asosiy kattaliklari: , Qorong’ulik qarshiligi – yoritilmagan fotorezistorlarning qarshiligi qiymati teng diapazonga ega Rk =102109 Om; Ishchi kuchlanishi – ishchi kuchlanish qiymati fotorezistor o’lchamlariga bog’liq, ya’ni elektronlar orasidagi masofaga bog’liq ravishda 1-1000 V gacha tanlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, fotorezistorlarning kattaliklari, tashqi muhit ta’sirida o’zgaradi. Fotorezistorlar afzalligi: yuqori sezgirligi, nurlanishning infraqizil qismida qo’llash mumkinligi, o’lchamlari kichikligi va doimiy tok va o’zgaruvchan tok zanjirlarida qo’llash mumkinligi. P’ezoelektrik datchiklar P’ezoelektrik datchiklarni (6-rasm) ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu xodisa p ‘yezoeffyekt deb ataladi. P’ezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu tipdagi asboblarda. ko’pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning p’ezo elektroeffekti +500° S gacha bo’lgan temperaturaga bog’liq emas, lekin +570° S dan oshgan temperaturada bu effekt nolga teng bo’lib qoladi. Pezoelektrik datchiklarning hosil qiladigan EYUK bosimga proporsional bo’lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda – S - datchikning umumiy sig’imi Fx - mexanik bosim a0 - proporsionallik koeffitsiyenti 4-rasm. Pezoelektrik datchikning sxemasi Ushbu datchikning sezgirligi: Ko’rib chiqilgan prinsipda pezoelektrik manometrlar ishlaydi (7-rasm). 5-rasm. Pezoelektrik manometrning sxemasi: 1-bosim memranasi, 2, 5-metall qistirmalar, 3-potensial qistirma, 4-izolyatsion o’tkazgich, 6-sharik. P’ezokvars manometrning tuzilish sxemasi 4-rasmda keltirilgan. O’lchanayotgan bosim membrana 1 orqali kvars plastinkalar 7 ga ta’sir qiladi. Bu plastinkalarning metall kistirma 2 ga tegib turgan ichki tomonida bir hil ishorali zaryadlar paydo bo’ladi. Plastinkalarning ichki tomonidagi potensial qistirma 3 bilan ulangan va izolyatsiyalangan o’tkazgich 4 orqali olinadi, plastinkalarning ustki tomonidagi potensial esa korpus, metall qistirmalar 2 va 5, membrana 1 va sharik 6 orqali olinadi. O’lchanayotgan bosimga proporsional bo’lgan potensiallar farq plastinalardan olinib, kuchaytiruvchi lampa setkasiga uzatiladi. Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling