Generator motor
Download 55.24 Kb.
|
1 2
Bog'liq“Generator – motor ” elektr yuritma tizimining rostlash, tavsiflarini tekshirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishga oid nazariy tushunchalar.
“Generator – motor ” elektr yuritma tizimining rostlash, tavsiflarini tekshirish. 1.Ishni bajarishdan maksad Mustaqil qo‘zg‘itishli o‘zgarmas tok motorining aylanish tezligini “Generator motor” tizimida boshqarish malakasini olish. 2. Ishga oid nazariy tushunchalar. “Generator-mator” (G-M) tizimi yaqin o‘tmishgacha sanoatda qo‘llaniladigan asosiy boshqariladigan elektr yuritma tizimi hisoblanardi. Keyingi paytlarda kuchlanish boshqariladigan tiristorli to‘g‘rilagichlarni elektr yuritma tizimida qo‘llanilishi G-M tizimining hozirgi paytdagi salmog‘ini ancha kamaytirdi. G- M tizimi uchta elektr mashinadan iborat elektromexanikaviy agregatdan iborat (1-rasm). O‘zgarmas tok generatori G yurgizuvchi motor YUM (odatda asinxron motor) vositasida ishga tushiriladi. Generatorning chiqishlari tekshirilayotgan ijrochi motor (IM) ning yakor zajiriga ulangan. Ijrochi motorning aylanish tezligi generatorning yoki motorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami KCHG va KCHM tokini reostat R1 va R2 vositasida o‘zgartirib boshqariladi. Ijrochi motorning yakor zanjiri kuchlanishi nominaldan nolgacha kamaytirib, uning tezligi nominaldan pastga tomon o‘zgartiriladi. Ijrochi motorning tezligi nominaldan yuqori tomonga esa, uning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami tokini kamaytirish bilan ta’minlanadi. IM ning aylanish tezligi u yo‘nalishi esa, uning yakor zanjiri qutblarini o‘zgartirish yoki yurgizuvchi motorni reverslash Bilan amalga oshiriladi. SHunday qilib, G-M tizimida IM-ning tezligi ikki tomonga keng diapazonga boshqariladi. Odatda, IM-ning yakor zanjiri kuchlanishini o‘zgartirib 7:1, quzg‘atish tokini rostlab 2:1, ikkala usulni birgalikda qo‘llab esa 14:1 diapazonda tezlikni rostlashga erishiladi. G-M tizimining rostlash tavsiflari 2-rasmda ko‘rsatilgan. Tajriba uskunasida rostlash tavsiflarini ko‘rish uchun quyidagi o‘lchov asboblari qo‘llaniladi. IM ning aylanish tezligini o‘lchash uchun taxogeneratordan TG, generator va ijrochi motor qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami toklarini o‘lchash uchun esa A1 va A2 ampermetrlar, yakor zanjiri kuchlanishini o‘lchash uchun esa voltmetr V, yakor zanjiri tokini o‘lchash uchun A3 qo‘llaniladi. G-M tizimining qaysi tizimdan afzalliklarini quyidagilar ko‘rsatadi: a) keng diapazonda tezlikni rostlash imkoniyati; b) yurg‘izish reostatisiz silliq yurg‘izish imkoiyati; v) rostlash qo‘zg‘atish zanjirlari vositasida amalga oshirilgani uchun arzon rostlash vositalari; g) rostlash tavsiflarining kattaligi; Download 55.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling