Genetik algoritmlar va uni amaliyotga tadbiqi


Download 1.25 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1531407
1   2   3
Bog'liq
Oxunjon Durdiyev -Genetik Algoritmlar

 Graflardagi turli masalalarni (kommivoyajer masalasi, eng qisqa yo'l masalasi, rang berish, mosliklarni topish);  joylashtirish vazifalari;  jadvallarni tuzish;  funksiyalarni approksimatsiyalash;  ma'lumotlarni tanlash (filtrlash);  sun'iy neyron tarmog'ini moslashtirish va o'qitish;  sun'iy hayot;  bioinformatika;  o'yin strategiyalari;  sonli optimallashtirish masalalari;  ma'lumotlar bazalarida so'rovlarni optimallashtirish;

GA ning afzalliklari

  • hech qanday yasama ma'lumotlarini talab qilmaydi (ular haqiqiy hayotdagi ko'plab muammolar uchun mavjud bo'lmasligi mumkin);
  • bu an'anaviy usullarga qaraganda tezroq va samaraliroq ishlaydi;
  • juda yaxshi parallel ishlash imkoniyatlarga ega;
  • uzluksiz va diskret funksiyalarni hamda ko'p maqsadli masalalarni optimallashtiradi;
  • bitta yechim emas, balki "yaxshi" echimlar ro'yxatini taqdim etadi;
  • vaqt o'tishi bilan yaxshilanadigan muammoga doimo javob oladi;
  • qidiruv fazosi juda katta bo'lganida va ko'plab parametrlar mavjud bo'lganda foydalanish qulay.

GA ning cheklovlari va kamchiliklari.

  • GA barcha muammolarga mos kelmaydi, ayniqsa, sodda va ular uchun ma'lumot mavjud bo'lgan muammolar uchun;
  • MF qiymati maslani echishda bir necha bor hisoblab chiqiladi, bu esa ba'zi masalalarni echishda hisoblashlar hajmining oshishiga olib keladi;
  • stoxastik bo'lganligi sababli echimning optimalligi yoki sifatiga hech qanday kafolat mavjud emasligi;
  • agar GA to'g'ri bajarilmasa u optimal echimga yaqinlashmasligi mumkin.bitta yechim emas, balki "yaxshi" echimlar ro'yxatini taqdim etadi;

Genetik algoritmlarda kodlash.

Ikkilik kodlash

Ikkilik kodlash eng qadimgi shakli bo'lib, tarixiy jihatdan ko'plab GAlar bunday kodlashdan (ba'zida noto'g'ri) ko’p hollarda qaralyotgan muammoga bog’liq bo’lmagan holda foydalanganlar. Bu erda genotip oddiygina ikkilik raqamlar qatoridan, ya'ni nollar va birlar to'plamidan iborat bo’lgan. Muayyan masala uchun qatorning uzunligini va uning fenotipga talqin qilinishini aniqlash kerak bo’lgan.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling