Genetik jarayonlarning tizimli nazorati Reja


Download 17.6 Kb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1741148
1   2
Bog'liq
Genetik jarayonlarning tizimli nazorati

O’ziq muhitlar tarkibi. xossasi va maqsadiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'linadi:

  1. Konsistensiyasi (qattiq suyuqligi) boʻyicha: a) suyuq. b) qattiq, v) yarim suyuq.

  2. Tarkibi bo'yicha; a) oddiy (minimal) — tarkibida shakar yoki glitserin, ammoniy tuzlari va sulfatlar bo'lib, aminokislotalar, vitaminlar, purin va pirimidinlar bo'lmaydi, chunki ularni bakteriyalar o'zi sintez qila oladi. b) murakkab (maksimal) — mutatsiyaga uchragan mikroorganizmlar ayrim fermentlarni sintez qilish xususiyatini yo'qotganligi sababli oziq muhitiga hamma kerakli purin, pirimidin aminokislotalar, vitaminlar qo'shiladi.

  3. Maqsadi bo'yicha, a) selektiv muhit — bu m uhitda asosan faqat ma’lum bir mikroorganizm o'sadi. Masalan, vismut-sulfit ta’sirida salmonella bakteriya avlodi rivojlanadi va ko'payadi, dizenteriya kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriyalarning esa o'sishi va rivojlanishi susayadi; b) boyitilgan muhit — ma’lum bir bakteriyaning o'sishini kuchaytiradi, boshqasiga to'sqinlik qiladi.

  4. Sintetik oziq muhit — ma’lum bir kimyoviy birikmalardan tayyorlangan oziq muhit.

Transformatsiya jarayoni 1928-yilda Griffit tomonidan kashf etilgan. Griffit transformatsiya jarayonini 2 xil pnevmokokk (S va R) bakteriya shtam mlarida kuzatgan. Pnevmokokk bakteriyasining S shtam mi polisaxarid poʻstli bo'lib, hujayra sirti silliq, R shtam m da esa polisaxarid po'sti bo'lm aydi va hujayra sirti g'adir-budur (S inglizcha smooth — silliq, R — inglizcha rough — g'adir-budur). S shtam m bakteriyaning polisaxarid po'sti sichqon organizmi im m un sistemasi ta ’sirini o'tkazmaganligi sababli, u kasallik qo'zg'atuvchi bo'lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o'ladi. R shtam m esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtam m lar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud boʻlmaydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi S shtammni qizdirilganda ular o ʻladi va o'ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga vuborilganda sichqonlarda kasallik paydo boim aydi.
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling