Genetik, leksik-semantik xususiyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1737345
  1   2   3


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
 
82 
O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILADIGAN AYRIM MAQOLLARNING 
GENETIK, LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI 
 
Matjanov Sherali Ataxanovich – Ajiniyoz nomidagi NDPI O‘zbek tili kafedrasi 
assistent o‘qituvchisi 
Isokulov Abdullo – Nukus tumani 29-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi 
Tilimizda so‘zlarni chiroyli va ifodali qilib gapirish va ularni ta’sirchanligini 
oshirishda maqollarning ahamiyati nihoyatda yuqori. Maqollar ifodalagan ma’no va 
mazmun, undagi so‘zlarning ko‘p ma’noligi va majozga boyligi, eng asosiysi, chuqur 
mazmuni bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Maqolamizni davom ettirishdan 
avval O‘zbek tilining izohli lug‘atida maqol janriga berilgan ta’rifga to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz: 
Maqol  [arabcha-maqola, kichik asar; so‘z, nutq]. Hayotiy tajriba asosida xalq 
tomonidan yaratilgan, odatda, pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, 
tugal ma‘noli va hikmatli iborali gap [1. 315]. 
Xalqimiz orasida maqollarning go‘zal namunalari yaratilgan, masalan:
“Qo‘shning tinch – sen tinch”, “Inson – odobi bilan, Osmon – oftobi bilan”, “Odobni 
beodobdan o‘rgan” kabi bir biridan ibratli, ma’no-mazmunga boy maqollar 
yaratilgan. Lekin ayrim hollarda xalqimiz orasida ko‘p qo‘llaniladigan, lekin biz har 
doim ma’nosiga e‘tibor beravermaydigan maqollar ham uchrab turadi. Biz quyida 
shunga o‘xshash maqollarni tahlil qilishga urinib ko‘rdik:
“Otasi tentakning biri – tentak, Onasi tentakning bari – tentak” – bu 
maqolni biz tilimizda juda faol qo‘llamasak ham ora-orada uchrab turadi. “Biror 
kimni bizga yoqmaydigan ish qilganda va oilasida ham shunday odamlar bor”,-degan 
ma’noda qo‘llaymiz. Izohli lug‘atda “tentak so‘ziga “aqli noroso, esi past” degan 
ta’riflar berilgan. Endi nima uchun Otasi tentakning biri – tentak, Onasi tentakning 
bari – tentak? Ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan bu maqolda otalar asosan davlat yoki 
bir jamoat yumushlari bilan shug‘ullanishini, hamda kunning asosiy vaqtini, asosan, 
uydan tashqarida o‘tkazishini hammamiz yaxshi bilamiz. Oilada farzandlar tarbiyasi 
bilan asosan onalar band bo‘ladi. Shu holatdan kelib chiqib shu maqol yaratilgan 
bo‘lsa ajab emas. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling