Gеnetik va sitologik xaritalar. Оdam kariotipi va xromosoma guruhlari


Download 27.04 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi27.04 Kb.
#213563
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gеnetik va sitologik xaritalar . Оdam kariotipi va xromosoma guruhlari .

Krossingoverning sitologik isboti. Gomologik xromosomalarning krossingoverlanish (chalkashish) hodisasi dastavval bundan oldingi mavzuda ko‘rganimizdek, genetik tahlil metodini qo‘llab rekombinant o‘simliklar sonini aniqlash orqali kashf etilgan edi. Sitogenetik tadqiqotlarning keyingi rivojlanishi natijasida krossingoverning sitologik isboti ham topildi. Ayniqsa K.SHternning drozofilada, G.Kreyton va B.Mak-Klintok-larning makkajo‘xorida amalga oshirgan tadqiqotlari natijasi katta aha-miyatga ega bo‘ldi. Buning uchun ular genetik tahlil qilinadigan birikkan genlar joylashgan gomologik xromosomalarini sitologik markyorladilar. SHunday liniyalarda genetik va sitologik tahlilni birgalikda (parallel) olib borishdi.

       Makkajo‘xorida o‘tkazilgan tadqiqotlar ustida to‘xtalamiz. Dastavval makkajo‘xorining gomologik xromosomalari sitologik markyorlangan liniyasini maxsus sitologik metodlar yordamida yaratildi. Bu liniyaning IX juft gomologik xromosomasining bittasi morfologik normal, ikkinchisi markyorlangan bo‘lib, uning bir uchi yo‘g‘onlashib kichik sharsimon holatda, ikkinchi uchi esa normal xromosomanikiga qaraganda uzun bo‘lgan. IX juft gomologik xromosomani mikroskopda sitologik ko‘rish va aniqlash mumkin bo‘lgan. Har ikkala gomologik xromosoma genetik markyor qilingan edi. Normal xromosomada don endospermining rangsiz-oq bo‘lishini belgilovchi retsessiv s geni hamda endospermning kraxmalli bo‘lishini ta’min etuvchi dominant wx+ geni joylashgan. Sitologik markyorlangan xromosomada esa endospermning sariq rangda bo‘lishini belgilovchi dominant s+ geni, hamda don endospermining mumsimon bo‘lishini belgilovchi retsessiv  wx geni joylashgan. IX juft gomologik  xromosomada joylashgan genlar bo‘yicha genotipi digeterozigota s+ wx|| c wx+ bo‘lgan makkajo‘xori liniyasi bu ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali c wx|| c wx  juft gomologik xromosomasi normal bo‘lgan tahlil qiluvchi liniya bilan chatishtirildi. Bu chatishtirishni quyidagicha ko‘rsatish mumkin.




Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling