Krossingover


Download 40.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2023
Hajmi40.82 Kb.
#1120678
Bog'liq
Krossingover - Vikipediya



Krossingover
Krossingover (ing. crossing — over— chalkashuv) — chalkashish, gomologik
xromosomalarshng oʻxshash qismlari bilan oʻrin almashinishi natijasida xromatida iplarining
uzilishi va yangi tartibda birikishi. Birinchi marta amerikalik biolog T. Morgan aniqlagan
(1911). Olim gomologik juft xromosomalarda genlar doimo oʻrin almashinib turishini drozofila
(meva pashshasi)da oʻtkazilgan tajribalarda isbotlagan. K. har xil genlar allellajning yangi
kombinatsiyalariga olib keladi. K. populyasiyalarla kombinativ oʻzgaruvchanlik paydo
boʻlishiga olib kelishi tufayli tabiiy tanlanish uchun material beradi. K. aksariyat holdarda
hujayralarning meyoz, baʼzan mitoz boʻlinishida roʻy beradi. K. DNK molekulasining har ikki,
yoxud bitta ipida bir qancha genlar yoki genning bir qismiga ega boʻlgan xromosomalar katta
qismlarining qayta kombinatsiyalanishiga olib keladi. Genlar orasidagi K. chastotasi
xromosomadagi genlararo masofani bildiradi. K.ni oʻrganish natijasida xromosomalarning
irsiy diskretligi isbotlandi; genlarning xromosomada toʻgʻri chiziq boʻylab joylashganligi va
birikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalarning genetik haritalari (har bir birikish
guruhida genlarning nisbiy joylashish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega boʻlindi. K.
kombinativ oʻzgaruvchanlik miqdorini keskin oshirishi tufayli tabiiy tanlanish va seleksiya
uchun dastlabki material beradi. K. barcha hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar uchun
xos.K. xrdisasidan genetik tahlil orqali genetikaning qator muammolarini yechishda keng
foydalaniladi.
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Krossingover&oldid=2846066
" dan olindi 

Download 40.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling