Genetika bo’limlarini yoriting reja: Odam genetikasi haqida ma’lumot


Hujayralarning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari


Download 1.61 Mb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1413447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GENETIKA BO’LIMLARINI YORITING

Hujayralarning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari.


Membrana. Hujayra qobig‘i hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan о‘zaro munosabatlarini ta’minlaydi va shunga kо‘ra 3 xil asosiy vazifani bajaradi.
1) himoya tо‘siq, 2) moddalarni о‘tkazish, 3) retseptor. Hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana-plazmolemma tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig‘i juda yupqa va elastik bо‘ladi. Uni faqat elektron mikroskopdagina kо‘rish mumkin. О‘simlik hujayralarining qobig‘i hayvon hujayralarinikidan farq qilib qalin bо‘ladi. Uning tarkibida sellyuloza moddasi kо‘p, shuning uchun ham о‘simlik qobig‘ining asosiy funksiyalaridan tayanch funksiyasi hisoblanadi.
Sitoplazma. Hujayraning asosiy massasi uning ichki muhiti hisoblanadi. Sitoplazma hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog‘lab ular orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim rol о‘ynaydi. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig‘i bilan chegaralanadi. Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga shaloplazma, organoidlar va kiritmalar kiradi. Gialoplazma sitoplazmaning asosiy rangsiz shaloplazmaning tarkibida oqsillar har xil fermentlar, RNK polisaxaridlar lipidlar uchraydi.
Endoplazmatik tо‘r. Sitoplazmaning ichkariroq qismida–endoplazmada kо‘proq joylashganligi uchun shunday nomlanadi. Endoplazmada hujayraning hamma qismlarini bir-biri bilan plamolemmoni boshqa organoidlar va yadro qobig‘i bilan bog‘lab, umumiy tо‘rni hosil qiladi. Endoplazmatik tо‘r о‘z tuzilishiga kо‘ra ikkiga: donador va silliq endoplazmatik tо‘rga bо‘linadi.
1) Donador (granullyar) endoplazmatik tо‘r membranasining tashqi qismida ribosomalar joylashganligi uchun shunday ataladi.
Donador endoplazmatik tо‘rning asosiy funksiyasi uning membranasida ribosomalar ishtirokida oqsil sintezida qatnashishdir. Asosan hujayradan tashqariga chiqarpiladigan va Golji apparatiga yetkazib beriladigan oqsillar sintezlanadi. Donador endoplazmatik tо‘r oqsil kо‘p miqdorda sintezlanadigan hujayralarda yaxshi rivojlangan.
Silliq endoplazmatik tо‘r membranalarida ribosomalar bо‘lmaganligi uchun ham shunday deb ataladi. Silliq endoplazmatik tо‘r membranalarida yog‘ va uglevod almashinishida ishtirok etuvchi fermentlar joylashadi. Teri bezlarining hujayralarida, jigar hujayralarida, о‘simlik urug‘larida silliq endoplazmatik tо‘r yaxshi rivojlangan. Shunday qilib, endoplazmatik tо‘r hujayralar ichida va hujayralar о‘rtasida moddalarning tashishini, aylanishini ta’minlovchi umumiy sistema hisoblanadi.
Ribosoma (ribonuklein kislota, soma-donacha sо‘zidan olingan hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi organoid bо‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi).
Mitoxondriyalar va plastidalar ichida ham ribosomalar uchraydi. Ular sitoplazma ribosomalaridan kichikroq bо‘ladi. Ribosomalar ribonuklein kislota va oqsil molekulalaridan tashkil topgan.
R-peptid va A-aminokislota qismlari mavjud. Sitoplazmada ribosomolar alohida tо‘plangan poliribosomolar va bog‘langan endoplazmatik tо‘r membranasi holatida bо‘lishi mumkin. Ribosomolarning asosiy funksiyasi sintezdir. Ribosomalar yadrodagi yadrochada sintezlanib keyin sitoplazmaga chiqariladi.
Golji aparati. Golji apparati yassilangan bо‘shliqlar yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan tuzilganligini kо‘rish mumkin. Endoplazmatik tо‘rda sintezlangan modda golji apparati bо‘shlig‘iga о‘tadi. U joyda konsentratsiyalanib (miqdor) ma’lum shaklga kirib tashqariga chiqish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning о‘zida sarflanadi. Bu organoid hayvon hujayralaridagina emas balki bir hujayrali organoidlarda, tuban va yuksak о‘simliklarning hujayralarida uchrashi ham aniqlandi.
Lizosomalar. Lotincha lizeo-eritaman, soma-tana sо‘zlaridan olingan. Hayvon va zambrug‘ hujayralari tarkibida uchraydigan organoidlar bо‘lib, hujayra ichidagi hazm bо‘lish jarayonlarini amalga oshiradi. Lizosomalar bitta membrana bilan о‘ralgan. Lizosomalar matriksida va membranasida 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar joylashgan bо‘lib, ular oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar, lipidlar va boshqa moddalarni parchalashi mumkin. Moddalarni fermentlar yordamida parchalash lizis deyilgani uchun organoid lizosoma deb ataladi. Lizosomalar golji apparatida hosil bо‘ladi. Lizosomaning hamma fermentlari kislotali sharoitdagina ta’sir qiladi. Hujayrada lizosomalar soni 10-100 tagacha va hatto undan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Golji apparatida hosil bо‘lgan lizosomalarni birlamchi lizosomalar deyiladi. Dastlab ularning fermentlari noaktiv holatda bо‘ladi. Hujayrada pinatsitoz yoki fagotsitoz vakuolalari hosil bо‘lganidan keyin birlamchi lizosomalar ularga yaqinlashib qо‘shiladi va fermentlari aktivlashib ikkilamchi lizosomlarga aylanadi, sо‘ngra hazm qilish jarayoni boshlanadi.
Mitoxondriyalar. О‘simlik, hayvon hujayralarida uchraydigan organoidlardir. Mitoxondriya nomi (yunoncha- ip dona) degan ma’noni bildiradi. Mitoxondriya asosan sitoplazmada bir tekis joylashadi. Ular qayerda energiya kо‘proq kerak bо‘lsa, о‘sha yerga tо‘planadi. Masalan, kо‘z tо‘r pardasining tayoqcha va kolbachasimon hujayralarida esa ichki bо‘g‘inining bir qismiga yig‘iladi. Har xil tо‘qimalarning hujayralarida mitoxondriyalar soni har xil bо‘ladi. Jigar hujayralarida ularning soni 2500 tagacha, qon hujayralarida esa limfotsitlarda 25-50 tagacha bо‘lishi mumkin. Energiya sarflanishi yuqori bо‘lgan mushak hujayralarida mitoxondriyalar soni juda kо‘p bо‘ladi. Mitoxondriyalarning asosiy funksiyasi-energiya hosil qilish ularni shuning uchun ham hujayraning «akumlyatorlari» deb atash mumkin. Mitoxondriyalar yumaloq yoki chо‘zinchoq shaklda bо‘lib, tashqi tomondan ikkita membrana bilan chegaralangan. Ichki bо‘shliq mitoxondriya matriksi deb ataladi. Ichki membrana burmalar hosil qilib ularni membrana kristalari deb ataladi. Mitondriyaning asosiy funkfiyasi ADF va ATF hosil bо‘lishini va krebs sikli oraliq moddalarining oksidlanish yо‘li bilan parchalanishini ta’minlaydi.
Hujayra markazi. Hayvon hujayralarining va ba’zi о‘simlik hujayralarining membranasiz organoidi hisoblanadi. Yadroning yoniga joylashgani uchun uni sentrosoma (lotincha sentrum-markaz, soma-tanacha sо‘zlaridan olingan) deb ataladi. Diploid hujayralar ikki juft sentriolalardan tashkil topadi. Sentriolaning devori 9 ta mikronaychaga tripletlari uchliklari hosil qiladi. Hujayra markazi deb u bо‘linish dukining ustki qismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bо‘lib, faqatgina tuxum hujayrasining yetilish davrida yо‘qoladi.
Sitoplazmaning kiritmalari. Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bо‘lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va fagotsitoz yо‘l bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bо‘ladi. Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida kо‘rinadi. Kiritmalarning kimyoviy tarkibi turlicha. Bir necha guruh kiritmalar farqlanadi.

  1. Trofik kiritmalar (yog‘ tomchilari, oqsil granulalari, glikogen tо‘plamlari, vitaminlar va boshqalar).

  2. Sekretor kiritmalar (zimogen, granulalar va boshqalar).

  3. Ekskretor kiiritmalar (о‘t kislotasi, mochivina va boshqalar).

  4. Pigment kiritmalar (gemoglabin, melonin, mepofussit va boshqalar).

Yadro hujayraning eng muhim tarkibiy qismlaridan bо‘lib, u eukariot organizmlar hujayralarining hammasida uchraydi. Faqat ayrim yuksak darajada tuzilgan hujayralardagina yadro bо‘lmasligi mumkin. (sut emizuvchilarning qizil qon tanachalarida). Yadro quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

  1. Irsiy axborotni saqlash va kо‘paytirish.

  2. Hujayradagi moddalar almashinuvini idora qilish.

Interfaza (tinim davri) holatidagi hujayraning yadrosi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) yadro qobig‘i, 2) yadro shirasi, 3) xromosomalar, 4) yadrocha.
Moddalar almashinuvi.

  1. Plastik almashinuv.

Hujayradagi plastik almashinuvda genetik kod va RNK lar ishtirok etadi. 1960 yildan boshlab genetik kod haqida ma’lumotlar tо‘planib bordi. Oqsil molekulasida 20 xil aminokislotalar bо‘lib, ular о‘zaro kombinatsiya hosil qilinadi. Genetik kodga kо‘ra hujayralarda oqsil sintez qilinadi.
RNK ning 3 xil turi bо‘lib,

  1. I-RNK (informatsion-RNK) 1 necha 100 nukleotiddan iborat bо‘lib irsiy axborotni DNK molekulasidan kо‘chirib, uni yadrodan oqsil sintez qilinayotgan joyga sitoplazmaga chiqaradi.

  2. T-RNK (transport-RNK) molekulasida 70 ga yaqin nukletid bо‘lib, oqsil sintezi bо‘layotgan joyga Ya’ni ribosomaga tegishli aminokislotalarni tashib keltiradi.

  3. R-RNK (ribosomal-RNK) hujayradagi ribosomalarning tarkibiga kirib 4-6 ming nukleotiddan tashkil topgan bо‘ladi. Oqsil biosintezi 4 bosqichda boradi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling