Genetika fanining rivojlanish tarixi


Download 54 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1262070
Bog'liq
1363444197 42309


Genetika fanining biologiya fanlar orasidagi o’rni.

Genetika fanining rivojlanish bosqichini umumiy ravishda 3 taga bo`lish mumkin. Birinchi bosqich chex olimi Gregor Mendelning (1822-1884) irsiyat va o`zgaruvchanlik ta`limoti kashf etilishi bilan bog`liq. Gugo de Friz, Karl Korrens va Erix Chermaklarning duragaylash bo`yicha olib borgan ishlari genetika fanining rivojida va mustaqil fan sifatida ajralib chiqishida katta ahamiyatga ega.


Gugo de Friz (Gollandiyada) lolaqizg`aldoq, Germaniyalik Korrens makkajo`xori, Avstriyada Chermak no`xat o`simligi duragaylari ustida ishlab, ota va ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va duragaylarning belgilar bo`yicha ajralishi haqidagi maqolalarini 1900 yilda bir-biridan bexabar holda e`lon qildilar.
Shuning uchun ham genetikaning fan sifatida maydonga kelishini 1900 yilning bahori hisoblaymiz. Yuqorida nomlari qayd etilgan uchchala botanik olim ham chex olimi G.Mendelning 1865 yilda e`lon qilingan irsiyat qonunlarini «qaytadan kashf etdilar». Bu qonun Mendelning 1865 yilda nashr etilgan «O`simlik duragaylari ustida tajribalar» asarida bayon etilgan edi. Mendel no`xat ustida tajriba olib borib, ularning ayrim belgilarining keyingi bo`g`inda berilishini o`rgandi va 2 ta muhim masalani hal etdi.
Belgi va xususiyatlar jinsiy hujayralar orqali beriladigan ayrim irsiy omillar bilan belgilanadi.
Organizmlar chatishtirilganda ularning ayrim belgi va xususiyatlari yo`qolib ketmaydi, balki ota va onada qanday bo`lsa, kelgusi bo`g`inlarda ham shunday saqlanadi.
Mendelning bu ta`limoti genetikaning kelgusi rivojlanishiga nazariy asos bo`ldi. Gugo de Frizning mutatsiya haqidagi ta`limoti ham genetikaning keyingi rivojiga yordam qildi. Iogannsan toza liniya va populyatsiyalarda belgilarning nasldan-naslga berilishiga doir tajribalar olib bordi. U bir oilaga oid va tashqi irsiy jihatdan bir xil bo`lib, populyatsiyalardan iborat ekanligini aniqladi.
1909 yilda «toza liniya», «genotip», «fenotip» va «gen» degan tushunchalar fanga kiritildi. Irsiyat va o`zgaruvchanlik haqidagi fanga 1906 yilda angliyalik olim V. Betson genetika deb nom berdi.
Ikkinchi bosqich irsiyatning moddiy negizini o`rganish, xromosoma ta`limotining kashf etilishi bilan bog`liq. T.Boveri, U.Setton, E.Vilson xromosomalarni o`rganib (1902-1907) hujayraning bo`linishi va jinsiy hujayraning vujudga kelishi jarayonida irsiy faktorlar (genlar) bilan xromosomalar o`rtasida ma`lum bog`lanish bo`lishini aniqladi.
Amerikalik Tomos Morgan 1911 yilda o`z shogirdlari bilan birga xromosoma ta`limotini yaratdi. Bu ta`limot xromosomalarda genlar bir chiziqda ketma-ket joylashishini va muayyan turda necha juft gomologik xromosoma bo`lsa, shuncha birikish gruppasi hosil qilinishini tushuntirib berdi. Morgon fikricha genlar xromosomalarning moddiy bo`lakchalaridir. Morgon ta`limoti organizmlarning irsiyati va o`zgaruvchanligini o`rganishda Sitologik metodga asos soldi. Natijada genetikada yangi yo`nalish – sitogenetika vujudga keldi. Xromosoma ta`limoti genetikada buyuk kashfiyot bo`ldi. Biroq bu davrda gen mutatsiyasi o`zidan-o`zi vujudga keluvchi, tashqi sharoitga bog`liq bo`lmagan irsiy o`zgaruvchanlik deb qaralar edi. Sababi tashqi sharoit ta`sirida organizmdagi mutatsion o`zgarishlarni vujudga keltirish bo`yicha olib borilgan ko`pgina ishlar natijasiz bo`ldi. Faqat 1925 yilda G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburuғiga radiy nurlari ta`sir ettirib, birinchi marta mutatsiya oldi. Amerikalik genetik G.Meller meva pashshasi (drozofila) ga rengent nurlari ta`sir ettirilib, mutatsiya chastotasining ko`payishini isbotlab, mutatsiyalar miqdorini aniq hisobga olish usulini ishlab chiqdi.
1932 yilda AQSh da L.Stadler, Sapagen, Delonelar makkajo`xori va bug`doyning xo`jalik uchun qimmatli navlarini yaratdi. Bu ishlari bilan radiatsion mutagenez usulidan foydalanishni taklif qildi. Natijada genetikada yangi yo`nalish radiatsion genetika vujudga keldi. Saharov, Loboshev, Rapopport, Auerbixlar irsiy o`zgaruvchanlikni vujudga keltirishda ximiyaviy moddalardan foydalanib, kimyoviy mutagen ta`limotini yaratdi.
1930 yillarda Serebrovskiy va Dubininlar gen to`g`risidagi ta`limotni yanada rivojlantirdi. Dubinin molekulyar genetika asoschisi hisoblanadi. U gen ham bir qancha qismlardan iborat ekanligini isbotladi, ya`ni gen xromosomaning bir qismi N.K.Koltsov genlarning ximiyaviy tarkibini o`rganib molekulyar genetikani yanada rivojlantirdi. Genetikaning rivojlanishida N.I.Vavilovning xizmati katta. U irsiy o`zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunini ishlab chikdi. N.Vavilov bu qonun asosida madaniy o`simliklarning kelib chiqishi va joylashish markazlarini aniqladi. Geografik tarqalishining va joylashishining sabablarini isbotladi.
Genetika fanini rivojlanishga I.Michurinning xizmatlari katta. U sistematik jihatdan uzoq bo`lgan formalarning chatishmasligi va olingan duragayning naslsiz bo`lishiga barham berish mumkinligini isbotladi. Navashin esa qo`sh urug`lanish hodisasini isbotladi. Genetikaning metodlarini seleksiya bilan bog`lab olib borish natijasida, geografik jihatidan uzoq bo`lgan formalarning chatishmasligi va ulardan olingan duragaylarning naslsiz bo`lishiga barham beradigan usullarni ishlab chiqqan olim Karpechenko Michurinni ishlarini yanada rivojlantirdi.
Astaurov radiatsion genetika metodi asosida ipak qurtining jinsini boshqarish mumkinligini isbotladi.
Uchinchi bosqich esa irsiyat va o`zgaruvchanlikni o`rganishda ximiya, fizika, matematika, kibernetika kabi aniq fanlarning usul va printsiplaridan foydalanish davri bo`ldi. Natijada irsiyatning moddiy asosi bo`lgan hujayraning molekulyar darajasida o`rganildi. Bunda tez ko`payuvchi va ko`plab nasl beruvchi mikroorganizmlar, bakteriya va zamburug`lardan foydalanildi.
1944 yilda amerikalik mikrobiolog olim O.Everi irsiyatning moddiy asosi – xromosomadagi oqsil komponentlari bo`lmay, balki uning DNK si ekanligini isbotladi. Hozirgi kunda organizmlarning belgi va xususiyatlari xromosomalar orqali nasldan-naslga berilishi ma`lum. Xromosomalar ipsimon ikkita uzun molekula bog`lamlaridan, ya`ni DNK dan iboratligi aniqlandi.
Gen xromosomada o`ziga xos qismlardan iborat bo`lib, vazifa va tuzilishiga ko`ra uning asosiy qismini tashkil etadi. Gen xromosomadan ajratib olinsa, xromosomaning funktsiyasi buziladi. Gen xaqiqiy mavjud bo`lib, alohida mutatsiyalanish, birikish yoki kombinatsiyalanish, ajralish va ma`lum ta`sir ko`rsatish xususiyatiga ega bo`lgan irsiyat birligidir. Genetikaning oldida turgan eng qiyin masala genning irsiyat birligi sifatida tabiatini va organizmlarda ma`lum belgilar orqali namoyon bo`lish xususiyatlarini o`rganishdir. Buni hozirgi kunda Sitologiya, bioximiya, biofizika kabi fanlar hal etdi. Gen birinchidan, xromosomada nusxa ko`chirish (reduplikatsiya), ikkinchidan mutatsion o`zgarish xususiyatiga ega, uchinchidan esa u aniq ximiyaviy struktura bilan bog`langan, to`rtinchidan, oqsil molekulasida aminokislotalarning tartib bilan o`rin almashishini nazorat qiladi.
1953 yilda irsiy belgilarning nasldan-naslga o`tishida DNK ning ahamiyati isbotlangan. Angliyalik F.Krik va amerikalik D.Uotson DNK molekulasining tuzilishini aniqlagan. 1961-1962 yil fransiyalik F.Jakob va J.Mono oqsil sintezining regulyatsiyasi ta`limotini ishlab chiqdi. F.Krik, S.Ochoa Nirenberg irsiyat kodini va oqsil molekulasiga kiradigan 20 ta aminokislota uchun nukleotidlar tripleti tarkibini aniqladi.
Adabiyotlar:


1. Z.Yu.Maqsudov. Umumiy genetika. Toshkent- 1980 yil.
2. Z.Yu.Maqsudov, S.R.Muhamadxonov. Genetika asoslari
Toshkent-1976 yil
3. G.V.Gulyaev. Genetika. Moskva- 1984 yil (rus tilida)
4. N.G.Simongulyan va boshk., Guza genetikasi, seleksiyasi va
urug`chiligi. Toshkent – 1974
5. D.T.Abdukarimov va boshq., Dala ekinlari seleksiyasi,
urug`chiligi va genetika asoslari. Toshkent- 1989
6. A.T.G`ofurov va boshq., Genetikadan masala va mashqlar
Toshkent – 1991 y
7. Hamidov J. H., Oqilov A.T., Nishonboev K.N., Saidov T. M.,
Eshonqulov A. N. Tibbiy biologiya va irsiyatdan qo`llanma.
T., Ibn Sino, 1992.
8. A. T. G`ofurov va boshq., Genetikadan masala va mashqlar.
Toshkent – 1993 yil.
9. To`raqulov Yo. X. Tabiatda jonli molekulalar va genlar.
T. Fan. 1980.
10. Tarasenko N. D., Lushanova G. I. Nasl – nasab nimaligini bilasizmi? T.,
11. www.ziyonet.uz
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling