Mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. Itlar yungining qora rangi jigarrang ustidan, kalta yungi uzun yungdan to'liq dominantlik qiladi. Ikkala juft genlar har hil
autosoma xromosomalarda joylashgan.
Ovchi qora va kalta yungli itlarni ko'paytirish maqsadida xuddi shunday fenotipli itlarni chatishtirgan. Lekin, ularning avlodidagi
kuchukchalarning ma'lum qismigina qora, kalta yungli bo'lgan. Qolganlari esa qora, uzun yungli yoki jigarrang, uzun yungli bo'lgan.
Chatishtirish uchun olingan itlarning genotipini aniqlang. Ovchi itlari gomozigota qora, kalta junli ekanligini tekshirish uchun qanday
chatishtirish o'tkazilishi lozim?
2-masala. Boshog'i qiltanoqsiz, qizil bo'lgan bug'doy navlari boshog'i qiltanoqli, oq rangli bo'lgan navlar bilan chatishtirilganda F
1
da olingan o'simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo'lgan. F
2
da esa quyidagicha ajralish namoyon bo'lgan:159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta
qiltanoqsiz, oq;54 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli o'simliklar olingan.
1-savol. O'rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi?
2-savol. F
2
o'simliklarining necha foizi geterozigotali?
3-savol. Tahliliy chatishtirish o'tkazish uchun F
1
o'simliklarini qanday fenotipga ega bo'lgan o'simliklar bilan chatishtirish kerak?
3-masala. Yumaloq, chipor tarvuz o'simliklari uzunchoq, yashil mevali o'simliklan bilan chatishtirilganda avlodda olingan
o'simliklarning hammasi yumaloq, yashil mevali bo'lgan. Ikkinchi tajribada ham xuddi shunday chatishtirish o'tkazilganda avlodda olingan
o'simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo'lgan:
20 ta o'simlik yumaloq, yashil mevali;
18 ta o'simlik yumaloq, chipor mevali;
19 ta o'simlik uzunchoq, yashil mevali;
21 ta o'simlik uzunchoq, chipor mevali.
1-savol. Chatishtirish uchun olingan barcha o'simliklarning genotipini aniqlang. o'rganilayotgan belgilarning qanday irsiylanishini
tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |