Irsiyat qonuniyatlarining yaratilishi
Jinsiy ko'payishda belgilarining bir qancha avlodlarda nasldan-naslga o'tib borishdagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi
Gregor Mendel tomonidan 1865-yili kashf etilgan. Lekin uning ishlari uzoq vaqtlargacha to'g'ri baholanmay kelindi, faqat 1900-
yilning boshlaridagina bir nechta olimlar (golland olimi G.De-Friz, nemis olimi K.Korrens va avstraliya olimi E.Chermaklar)
tomonidan tasdiqlandi, hamda biologiyaning yangi paydo bo'lgan sohasi genetikaga asos solindi.
Mendel o'z tajribalarini no'xat ustida o'tkazdi. Bu o'simlikning har xil navlari yaxshi ifodalangan belgilari bilan bir-biridan aniq
ajralib turadi. Masalan, gullari qirmizi va oq, donlari sariq hamda yashil, shakli silliq va burishgan bo'ladi. Mana shu xususiyatlarning
har biri mazkur nav doirasida nasldan-naslga o'tib boradi.
Mendel tekshirishining duragay tahlili usulida foydalangan holda ma‘lum belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-
ona shakllarini chatishtirish yo'li bilan va kuzatilayotgan belgilarning bir nechta avlodlarda qanday namoyon bo'lishini o'rgandi. Mendel
analitik yo‘l tutdi. o'simliklarning juda ko'p belgilaridan bitta yoki bir-biriga qarama-qarshi bir necha belgilarni ajratib oldi va ketma-ket
keladigan bir qancha avlodlarda ularning namoyon bo'lishini kuzatdi.
Mendel tajribalarining xarakterli tomoni, o'rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo'lishini miqdor jihatidan
aniq hisobga olib borish bo'ldi.
Irsiyat qonuniyatlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan irsiy jihatdan faqat bir juft belgisi bilan farq
qiladigan ota-ona formalarini duragaylashdan boshladi.
Mendel yashagan davrda irsiyatning moddiy asosi (gen) aniqlanmagan edi. Mendel ularni „irsiy omillar― deb atadi.Hozirgi zamon
fanida bu tushuncha gen ma‘nosini anglatadi. Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dominant belgi geni katta(A), retsessiv belgi geni
esa kichik(a) harf bilan belgilanadi. Bizning tajribamizdagi sariq belgini yuzaga chiqaruvchi gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi
bilan belgilanadi. Bir-birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar — allel genlar deyiladi. Ular gomolog
xromosomalarning bir xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan
organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalardan tashkil topadi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv — Aa)
tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |