Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

 
Monoduragay chatishtirish
MENDELNING BIRINCHI QONUNI : Birinchi avlod duragaylarining bir xilligi 
G.Mendel o'z tajribasida doni sariq va yashil no'xat o'simliklarini chatishtirdi. Shu chatishtirish natijasida olingan birinchi avlod 
duragaylarining hammasi sariq donli no'xat bo'lib chiqdi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go'yo yo'qolib ketdi. Birinchi 
avlod duragaylarining bir xilligi to'g'risidagi qonun quyidagicha ifodalanadi. 
Donlarning sariq rangidan iborat belgi yashil rang belgisini yuzaga chiqishiga yo‘l qo'ymaydi. Belgining ustun turish hodisasi 
dominantlik deb, ustun turadigan belgi esa dominant belgi deb ataladigan bo'ldi. Qarama-qarshi bo'lgan, sirtdan yo'qolib ketgan belgi 
(yashil rang) retsessiv belgi deb ataladi. G.Mendel dominant va retsessivlikni belgilashda genetik simvolikani qo‘lladi, ya'ni 
dominantlikni lotin alifbosining bosh harfi bilan, retsessivlikni esa kichik harf bilan ifodaladi. Chatishtiradigan ota-ona "P" (lotincha 
parental-ota ona) harfi bilan, uning avlodini esa "F" (lotincha fili-farzandlar) harfi bilan belgilanadi. Chatishtirish "x" bilan belginaladi. 
Jinslar esa b — erkaklik, p — ayollik simvollari bilan ifodalanadi. 
Masalan, Fenotip: sariq no'xat x yashil no'xat. 
Parental: AA x aa
Gameta A 

F
1
Aa – sariq no‘xat 
Hammasi fenotip jihatdan (sariq) bir xil, genotip jihatdan bir xil geterozigotali. Demak, bir juft alternativ belgisi bilan 
farqlanuvchi gomozigotali organizmlarni chatishtirilganda, ularni birinchi avlodi F
1
fenotipik va genotipik jihatidan bir xil bo'ladi. Bir 
juft alternativ belgisi bilan farqlanuvchi organizmlar chatishtirilishiga monoduragay chatishtirish deb ataladi. Agar ikki juft alternativ 
belgisi bilan farqlanuvchi organizmlar chatishtirilsadiduragay, bir necha juft belgilari bilan farqlanuvchi organizmlar chatishtirilsa

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling