uchun masalalar.
1-masala.Tovuqlarning gulsimon tojli bo‘lishi dominant (A),
oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli
xo‘rozlar bilan chatishtirildi.
F
l
duragaylarning genotip va fenotipi qanday ?
a) agar F
l
duragaylari o‘zaro chatishtirilsa , F
2
da qanday natija
kutish mumkun ?
b) F
l
duragaylari oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsa-chi
2-masala. Quyonlarda normal junning uzunligi dominant (B),
qisqaligi retsessiv belgi (b) xisoblanadi.
Tubandagi genotipli organizmlar chatishtirilsa qanday fenotipli
organizmlar olinadi ? a) Bb x Bb. b) BB x bb. c) Bb x BB
3-masala. Pomidor mevasining qizil rangi (A), sariq rangi(a)
ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil
ranga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq
pomidor hosil bo‘ldi. Ota onaning va F
l
duragaylarning genotipini
aniqlang ?
4-masala. Odamda qo‘y ko‘zlik dominant, ko‘k ko‘zlilik retsessiv
belgi. Nikohlanyotgan yigit va qizning biriqo‘yko‘z(geterozigota),
ikkinchisi ko‘k ko‘z bo‘lsa, ularning farzandlarining ko‘zi qanday
rangda bo‘ladi ?
5-masala. G‘o‘zaning hosil shoxi gomozigota cheklanmagan (S)
va cheklangan (s) formalari o‘zaro chatishtirildi. F
l
va F
2
bo‘ginning genotip va fenotipini aniqlang ?
6-masala. Miopelagiya kasalligi (hujayralarda kaliy elementining
kamayib ketishi natijasida ro‘y beradigan muskul paralichi)
dominant belgi bo‘yicha nasldan-naslga o‘tadi. Ota shu kasallik
bo‘yicha geterozigota, ona sog‘lom bo‘lgan oilada miopelagiya
kasalligi bilan tug‘ilish ehtimolligi qanday?
7-masala. Odamda kar-soqovlikning ma‘lum bir formasini
keltirib chiqaruvchi gen normal eshitishni ta‘minlovchi genga
nisbatan retsessiv:
a) getorozigota ota-onadan qanday avlod kutish mumkin?
b) kar-soqov erkak va ayolning nikohidan kar-soqov bola tug‘uldi
ota-ona genotipini aniqlang
Do'stlaringiz bilan baham: |