Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
GENETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-masala.
- 23-masala
15-masala. Agar quyonlarning avlodida junning qalin va
siyrakligi bo‘yicha fenotipda 3:1 yoki 1:1 nisbatda ajralish kuzati lgan bo‘lsa, ularning ota-onasining genotipini va fenotipini aniqla 16-masala. Ota-onasi qo‘ng‘ir ko‘zli bo‘lgan, ko‘k ko‘zli yigit, otasi qo‘ng‘ir ko‘zli , onasi ko‘k ko‘zli ayolga uylangan ushbu nigohni ko‘k ko‘zli o‘g‘il farzand tug‘uldi. Ota – ona va farzandning genotiplarini aniqlang 17-masala. Ota-onasi malla sochli bo‘lmagan, lekin akasi malla sochli bo‘lgan ayol, onasi malla sochli, otasi esa malla sochli bo‘lmagan malla sochli erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikohdan malla sochli bo‘lmagan o‘g‘il va malla sochli qiz tug‘ulgan ushbu oila a‘zolarining genetipini aniqlang va shajarasini tuzing . 18-masala. Ipak qurti urug‘ining rangi bo‘yicha bir nechta mutantlari mavjud: oq, qizil, pushti, och jigarrang va hokazo barcha sanoatbop zotlar uchun xarakterli bo‘lgan urug‘ining qoramtir rangi boshqa rangdagi mutantlardan dominantlik qiladi agar qoramtir urug‘idan chiqqan gomozigota kapalakni qizil urug‘dan chiqqan gomozigota kapalagidan bilan chachishtirilsa: a) birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining urug‘i qanday rangda b) birinchi avlod duragaylari bilan qizil rangli urug‘idan olingan gomozigotali dastlabki kapalak o‘rtasi tahliliy chachishtirish o‘tkazilsa qanday avlod hosil bo‘ladi 19-masala. Qora ko‘zli geterozigota erkak bilan ko‘k ko‘zli ayol turmush qurushdi. Farzandlarning ko‘zi qanday rangda bo‘lishini aniqlang (ko‘k ko‘z – autosoma bilab bog‘langan retsessiv belgi). 20-masala. Oilada ota onalardan biri normal, ikkinchisi polidaktiliya (oltita barmoqli)li. Ularda normal (besh barmoqli) bola tug‘uldi. Ota ona genotipini aniqlang? (polidaktiliya- autosoma bilan bog‘liq dominant belgi). 21-masala. Kar-soqov (retsessiv) ayol bilan normal eshitadigan erkak nikohidan kar-soqov bola tug‘ulgan. Ota – ona genotiplari 22-masala. Eron mushuklarida uzun junlilik kalta junlilikka qaraganda nisbatan ustunlik qiladi, kalta junli erkak mushuk uzun junli urg‘ochi mushuk bilan chachishtirilganda 3ta uzun junli va 3ta kalta junli mushukchalar tug‘uldi.Kalta junli erkak mushukning genotipi qanday ? 23-masala. Geterozigota qizg`ish poyali ( Aa ) pomidor gomozigota yashil ( aa ) pomidor bilan chatishtirildi. Duragaylarning fenotip va genotipini aniqlang? 24-masala Kulrang ( AA )quyon bilan qora (aa) rangli quyonni chatishtirish natijasida F 1 va F 2 da qanday natija kutish mumkin? 25-masala. Kulrang ( AA) gomozigota qo‘y bilan qora rangli qo‘chqor (aa) chatishtirilganda F 1 va F 2 qanday fenotipli organizmlarni kutish mumkin? 26-masala. Dengiz chochqachalarning silliq junli bo‘lishi retsessiv genga bog`liq, xurpaygan bo‘lishi esa dominant gen bilan aniqlanadi. Xurpaygan junli ikkita dengiz cho‘chqalari chatishtirilganda, ulardan 36 tasi xurpaygan va 11 tasi silliq junli bo‘ldi. Ularning ichida nechtasi dominant gomozigotali? 27-masala. Odamlarda kipriklarning uzun bo‘lishi dominant genga, kalta bo‘lish retsessiv genga bog`liq. Uzun kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak turmushidan 9 ta farzand tug`ildi deb faraz qilaylik. Ularning 4 tasi uzun kiprikli, 5 tasi kalta kiprikli bo‘lsa, ota-ona genotipi qanday bo‘ladi? Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling