Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
GENETIKA
8-masala. Izoh. Odamlarning bo‘yining uzunligi (180 sm ) 3
juft polimer ta‘sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq. Uch juft geni bo‘yicha geterozigota odamlarning bo‘yining uzunligini aniqlang. 9-masala. Izoh. Odamlarning bo‘yining uzunligi (180 sm ) 3 juft polimer ta‘sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq. O‖rta bo‘li erkak va past bo‘yli avloddan 4 ta farzand tugiladi. Ularning bo‘lari 165, 160, 155, 150 sm. Ota va onaning genotipini va bo‘y uzunligini toping. 10-masala. Jag`-jag` o‘simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo‘ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo‘lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o‘simlikni o‘zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo‘lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo‘lgan. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniklang. 11- masala. Hayvonotchilik xo‘jaligida ko‘paytiriladigan norka mo‘ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo‘ynaning qo‘ng`ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo‘ynaning kumush rangda bo‘lishini belgilaydi. a) Ikki juft genlar bo‘yicha geterozigotali norkalarni o‘zaro chatishtirish natijasida qanday avlod hosil bo‘lishini aniqlang? b) Ota-onalar genotipi qanday bo‘lganda faqat qo‘ng`ir mo‘ynali duragaylar hosil bo‘ladi ? 12-masala. Bug`doy doning rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi va bunda dominant genlar qizil rangni, retsessiv genlar rangsizlikni ta`minlaydilar. a)Doni qizil rangli ikkita bug`doyni o‘zaro chatishtirib avlodda ajralish kuzatilgan. Duragaylarning 15 qismida doni rangli, 1 qismida –rangsiz bo‘lgan. Bo‘yalgan donlarning rangi bir xil bo‘lmagan. Chatishtirishda qatnashgan o‘simliklarning genotipini va avlodda kuzatilgan rang bo‘yicha variatsiyalarning aniqlang. b)Pushti rangli donga ega bug`doylarni o‘zaro chatishtirilsa qanday avlod hosil bo‘ladi? Rang bo‘yicha ajralish namoyon bo‘ladimi? 13-masala. Quyonlarning bir zotining genotipi A 1 A 1 A 2 A 2 bo‘lib, ular quloq suprasining uzunligi 28 sm ga teng, ikinchi zotini genotipi a 1 a 1 a 2 a 2 bo‘lib, ular quloq suprasining uzunligi 12 sm ga teng. Bunday zotlarni o‘zaro chatirilsa birinchi avlod duragaylarning quloq suprasi uzunligi necha santimetr bo‘ladi? Ikkinchi avlodda ajralish namoyon bo‘ladimi? Nechta fenotipik va genotipik sinflar hosil bo‘ladi? 14-masala. Makkajo‘xorining so‘tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo‘lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarida so‘taning uzunligi qancha bo‘ladi? Ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi? F 2 dagi 960 ta o‘simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo‘ladi? 15-masala. Odam bo'yining uzunligi uch juft allelmas genlar tomonidan boshqariladi. Agar bu uch juft genlar dominant bo'lsa, odam bo'yi 180 sm bo'ladi. Agar bu uch juft allelmas genlar retsessiv bo'lsa, odam bo'yi 150 sm bo'ladi. Uch juft bo'yicha geterozigotali odamning bo'yi necha sm bo'ladi? Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling