Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

15- masala. Ter bezlari bo‘lmagan yigit shu belgi bo‘yicha
sog`lom qizga uylanadi. Ota-onasining va bo‘lajak bolalarining
genotipini aniqlang. 
( Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar X- xromosomada
joylashgan bo‘lib, ter bezlarning bo‘lmasligi retsessiv belgidir). 
16- masala. Y xromosomada bog`liq bo‘lgan gipertrixoz
belgisi bola 17 yoshga to‘ganidan keyin yuzaga chiqadi.
Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo‘lib, X xromasoma bilan 
bog‘liq. Har ikkala belgi bo‘yicha normal ayol bilan gipertrixozli 
erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo‘lgan o‘g‘il tug‘ilgan.Shu 
bolada gipertrixoz belgisi bo‘lishi mumkinmi? Ikkita belgisi 
bo‘yicha normal farzand tug‘ilishi mumkinmi? U qanday jinsli 
bo‘ladi? 
17-masala. Gemofilik yigit sog` qizga uylansa, bu nikohdan 
tug`ilgan qiz va o‘g`illar sog` bo‘lsa, nevaralarda gemofiliya bilan 
kasallanish kuzatiladimi? 
18- masala 
Odamning Y jinsiy xromosomada oyoqdagi ikkinchi va uchunchi 
barmoqlar orasida pardaning rivojlanishiga ta`sir etuvchi gen bor. 
Shunday erkak barmoqlarida pardasi yo‘q ayolga uylansa, mazkur 
belgi bolalar va nevaralarda paydo bo‘lish ehtimoli qanday? 
19- masala. 
Shapkolikning bir shakli gemerolopiya X jinsiy xromosomaga 
birikkan retsessiv gen orqali irsiylanadi. Sog` ayol va erkakdan
gemerolopiyali o‘g`il tug`iladi. Ota-ona va bolaning genotipini 
aniqlang. 
20-masala. 
Sog` ayol va erkakdan ikkita o‘g`il bola tug`ildi. Ularning biri 
gemofilik, ikkinchisi daltonik. Ota-ona va o‘g`illarning genotipini 
belgilang. 
21- masala. 
Gipertrixoz geni retsessiv bo‘lib, Y xromosoma orqali irsiylanadi. 
Ixtioz xastaligining bir turi ( terida yoriqlar bo‘lishi) X xromosoma 
orqali irsiylanadi. Ayol ikki belgi bo‘yicha normal, erkak 
gipertrixoz bo‘lgan oilada tug`ilgan, ixtioz kasaliga chalingan.
1. Shu o‘g`ilda keyinchalik gipertrixoz paydo bo‘lishi mumkinmi?
2. Bu oilada bolalarning ikki belgi bo‘yicha sog` bo‘lishi 
mumkinmi?
3. O‘g`il bolada bo‘ladimi yoki qizdami? 
22- masala. 
Otasi gemofiliya bilan kasallangan kishining sog`lom qizi 
gemofilik yigitga turmushga chiqsa, bu oilada sog`lom farzand 
tug`ilishi mumkinmi? 
23- masala 
Otasi daltonik bo‘lgan qiz, otasi daltonik yigitga chiqqan. 
Bolalarning sog`lom bo‘lishi yoki daltonik kasaliga chalinishi 
to‘g`risida qanday fikrdasiz? 
24-masala. 
Ranglarni ajrata oladigan erkak va ayoldan tug`ilgan daltonik o‘g`il 
uylanib, normal ko‘radigan qiz ko‘rdi. Uning ikkinchi qizi esa 
turmushga chiqqanda bitta normal ko‘radigan qiz va bitta daltonik 
o‘g`il ko‘rdi. Shu oilaning yana biri normal ko‘radigan qiz, beshta 
normal ko‘radigan o‘g`il ko‘rdi. Ota-ona, ularning farzandlari va 
nevaralarining genotipini aniqlang? 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling