Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

4-masala. G'o'za o'simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo'ng'ir va oq bo'ladi. Shoxning 
cheklanmagan tipda bo'lishligi cheklangan tipda bo'lishligi ustidan to'liq, tolning qo'ng'ir rangda bo'lishligi esa oq rangi ustidan to'liqsiz 
dominantlik qiladi. 
1-savol. Cheklanmagan shoxli, qo'ng'ir tolali g'o'za o'simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o'simliklari bilan chatishtirilganda F
1
da olingan 
o'simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va tola novvotrang bo'lgan. F
1
o'simliklari o'z-o'ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, 
ularning fenotipi qanday bo'ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang? 
2-savol. F
1
da olingan o'simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o'simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o'simliklarning 
genotipi va fenotipini aniqlang? 
5-masala. Sulida normal bo'ylik — balandlikdan, ertapisharlik — kechpisharlikdan ustunlik qiladi. Bu belgilarni ifodalovchi genlar 
har xil xromosomalarda joylashgan: 
a)gomozigotali kechpishar, normal bo'yli suli navi baland bo'yli, ertapishar navi bilan chatishtirish natijasida olingan duragaylar 
qanday belgilarga ega bo'ladilar; 
b)F
1
duragaylarni o'zaro chatishtirishdan olingan avlod orasida baland bo'yli, ertapishar o'simliklar necha foizni tashkil qiladi
d) ertapishar, normal bo'yli sulini o'zaro chatishtirilganda 22372 ta o'simlik olingan. Ulardan 5593 tasi baland bo'yli va xuddi 
shunchasi kechpishar bo'lgan. Hosil bo'lgan o'simliklar orasida nechtasi baland bo'yli, kechpisharligini aniqlang. 
6-masala. Qoramtir, jingalak sochli, faqat birinchi belgisi bo'yicha geterozigotali ayol, qoramtir, silliq sochli, lekin birinchi belgisi 
bo'yicha geterozigota yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada tug'iladigan farzandlarning fenotip va genotiplarini aniqlang (silliq soch — 
retsessiv). 
7-masala. Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota kulrang, uzun qanotli urg'ochi pashsha, qora rangli, kalta qanotli erkak drozofila 
bilan chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasida paydo bo'ladigan naslning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi? 
8-masala. Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota qora ko'zli va besh barmoqli erkak (lekin yoshligida ortiqcha barmog'i olib 
tashlangan) ko'k ko'zli, besh barmoqli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli va olti barmoqli bola tug'ilishi mumkinmi? 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling