Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Irsiyat qonuniyatlarining yaratilishi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

Irsiyat qonuniyatlarining yaratilishi 
Jinsiy ko'payishda belgilarining bir qancha avlodlarda nasldan-naslga o'tib borishdagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi 
Gregor Mendel tomonidan 1865-yili kashf etilgan. Lekin uning ishlari uzoq vaqtlargacha to'g'ri baholanmay kelindi, faqat 1900-
yilning boshlaridagina bir nechta olimlar (golland olimi G.De-Friz, nemis olimi K.Korrens va avstraliya olimi E.Chermaklar
tomonidan tasdiqlandi, hamda biologiyaning yangi paydo bo'lgan sohasi genetikaga asos solindi.
Mendel o'z tajribalarini no'xat ustida o'tkazdi. Bu o'simlikning har xil navlari yaxshi ifodalangan belgilari bilan bir-biridan aniq 
ajralib turadi. Masalan, gullari qirmizi va oq, donlari sariq hamda yashil, shakli silliq va burishgan bo'ladi. Mana shu xususiyatlarning 
har biri mazkur nav doirasida nasldan-naslga o'tib boradi. 
Mendel tekshirishining duragay tahlili usulida foydalangan holda ma‘lum belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-
ona shakllarini chatishtirish yo'li bilan va kuzatilayotgan belgilarning bir nechta avlodlarda qanday namoyon bo'lishini o'rgandi. Mendel 
analitik yo‘l tutdi. o'simliklarning juda ko'p belgilaridan bitta yoki bir-biriga qarama-qarshi bir necha belgilarni ajratib oldi va ketma-ket 
keladigan bir qancha avlodlarda ularning namoyon bo'lishini kuzatdi.
Mendel tajribalarining xarakterli tomonio'rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo'lishini miqdor jihatidan 
aniq hisobga olib borish bo'ldi
Irsiyat qonuniyatlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan irsiy jihatdan faqat bir juft belgisi bilan farq 
qiladigan ota-ona formalarini duragaylashdan boshladi. 
Mendel yashagan davrda irsiyatning moddiy asosi (gen) aniqlanmagan edi. Mendel ularni „irsiy omillar― deb atadi.Hozirgi zamon 
fanida bu tushuncha gen ma‘nosini anglatadi. Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dominant belgi geni katta(A), retsessiv belgi geni 
esa kichik(a) harf bilan belgilanadi. Bizning tajribamizdagi sariq belgini yuzaga chiqaruvchi gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi 
bilan belgilanadi. Bir-birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar — allel genlar deyiladi. Ular gomolog 
xromosomalarning bir xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan 
organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalardan tashkil topadi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv — Aa) 
tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling