8-masala. Kar-soqov (retsessiv) ayol bilan normal eshitadigan
erkak nikohidan kar-soqov bola tug'ilgan. Ota-ona genotiplari
qanday?
9-masala. Eron mushuklarida uzun junlilik kalta junlilikka
nisbatan ustunlik qiladi. Kalta junli erkak mushuk uzun junli urg'o
chi mushuk bilan chatishtirilganda 3 ta uzun junli va 3 ta kalta jun
li mushukchalar tug'ildi. Kalta junli erkak mushukning genotipi
qanday?
10-masala. Itlarda qattiq jun dominant, yumshog'i — retsessiv
belgi hisoblanadi. Qattiq junli ota-onadan qattiq junli kuchuk bola
tug'iladi. Kuchuk bola genotipida yumshoq jun allel geni borligini
bilish uchun uni qaysi it bilan chatishtirish lozim?
Monogibrid duragaylashga doir masalalar.
1. Odamlarda sochning jingalak bo‗lishi silliq bo‗lishidan
dominantlik qiladi. Gomozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli
ayolga uylansa, ularning farzandlarining sochi qanday bo‗lishi
mumkin? Geterozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli ayolga
uylanganda bu nikohdan silliq sochli bolalar tug‗ ilishimumkinmi?
2. Odamlarda polidaktiliya ( 6 barmoqlilik) dominant holatda
nasldan naslga o‗tadi. Geterozigotali 6 barmoqli erkak barmoqlari
normal (5 ta) bo‗lgan ayolga uylanganda ularda ikkita farzand
tug‗ilgan, bittasining barmoqlari 6 ta, ikkinchisiniki 5 ta. Bu
bolalarning genotipini aniqlang. Ota-onalarning bittasi shu belgiga
nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog‗lom (uning ota-onasi ham
sog'lom) bo‗lsa oilada kasal bolalar tug‗ilishi mumkinmi?
3. Vilson kasalligida mis elementining almashinishi buziladi. Bu
belgi retsessiv bo‗lib, autosoma xromosomasiga bog'liq. Ota
onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa
sog'lom (uning ota-onasi ham sog'lom) bo‗lsa oilada kasal bolalar
tug'ilishi mumkinmi?
Monoduragay chatishtirish (to’liq) ga oid mustaqil yechish
Do'stlaringiz bilan baham: |