“Genetika” loyihasi. Tuzuvchi : Muslimbek hakimov
Download 460.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5440623180525863551
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir terminologik lug`at Geterozigota
- Gameta
- Yuqoridagi tajribani quyidagicha ifodalash mumkin
- Shunga o`xshash chatishtirishlar
- “Genetika” loyihasi. Tuzuvchi : Muslimbek HAKIMOV
- Bundan tashqari
- 1/4 qismi qora , 2/4 qismi havorang, 1/4 qismi oq
- Qon guruh Genotipi I
1-Dars
Genetika - ( yunoncha genesis — tug'ilishga oid) — irsiyat va o‗zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan. G.Mendel birinchi marta irsiyat qonuniyatlarini o ‗rganishda duragaylarni tahlil qilish (ma‘ lum belgilari bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirish) usulini qo'lladi. Mendel zamondoshlaridan farq qilib, belgilar yig'indisini emas, balki avvaldan o'rganish uchun tanlab olingan ayrim belgilarning nasldan naslga o‗tishini o‗rgandi. Olingan natijalariga statistik tahlil usulini qo'lladi. Bir-birini istisno etuvchi bir juft belgilari bilan farq qiluvchi organizmlarni duragaylash monogibrid chatishtirish deyiladi. Ikki ju f t b i r - b i r i n i in k o r e tu v ch i b e lg ila ri bilan farq qiluvchi organizmlar chatishtirilsa digibrid Ko‗p belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar chatishtirilsa poligibrid chatishtirish deyiladi. Gibridologik usulining o„ziga xosliklari quyidagicha: 1. Ayrim belgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish. 2. Duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish. 3. Har bir individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish. 4. Juda ko‗p belgilardan bitta yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish Mavzuga doir terminologik lug`at Geterozigota– bitta genning har xil allellariga ega bo‗lgan organizm (Aa). Gomozigota– bitta genning bir xil allellariga ega bo‗lgan organizm (aa yoki AA). Bunday organizmlar bir xil gametalarni (a yoki A) hosil qiladi va avlodda belgilar ajralishi kuzatilmaydi.
jinsiy xujayra Dominant- (lotincha ―dominans‖ – ―ustinlik qilish‖) ma‘nosini beradi.
Retsessiv- (lotincha recessus – chekinish) deb ataladi. Monoduragay chatishtirish Toliq dominantlik Noxotda ikkita belgini irsiylanishini o`rganish : Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dominant belgi geni katta, retsessiv belgi geni esa kichik harf bilan belgilanadi. Sariq belgini yuzaga chiqaruvchi gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi bilan belgilanadi. Bir-birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar – allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalardan tashkil topadi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkil topgan organizm geterozigotalideyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi. Tajriba uchun olingan shakllarni P harfi bilan (lotincha ―perentes‖ – ―ota-ona‖ ma‘nosini beradi), birinchi avlodni F1, ikkinchi avlodni F2 (lotincha ―filii‖ – ―bolalar‖ ma‘nosini beradi) harflari bilan belgilash qabul qilingan. Chatishtirish X belgisi bilan ifodalanadi. Yuqoridagi tajribani quyidagicha ifodalash mumkin: Sariq rangli no`xotlarni yashil ranglilari bilan chatishtiramiz Sariq belgini yuzaga chiqaruvchi gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi bilan belgilanadi.
(100%) geterozigotali avlod kelib chiqadi. Izoh: Sariq rangli gomozigota (AA) genotipli noxot o`simligini yashil rangli gomozigota (aa) no`xot bilan chatishtirganimizda F1 (birinchi avlodda) hosil bo`lgan barcha o`simliklar sariq rangli (Aa) bo`ldi
Noxotning sariq doni –dominant, yashil rangda bo`lishi esa – retsessiv; va jarayonda dominant belgi retsessiv belgi tasirini bo`gib qo`yadi. Gameta olish tartibi ; - gametalar ota yoki ona organizm allel belgilaridan faqat bittasiga ega bo`ladi
Yuqoridagi chatishtirish jarayoniga asoslanib Mendel birinchi avlod duragaylarining bir xilligi (Dominantlik) qonunini yaratdi. Tarif: -bir juft belgisi bo`yicha farq qiluvchi gomozigota organizmlar chatishtirilsa F1 duragaylar ota ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo`lib barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo`ladi.
1) sariq donli no‗xat X yashil donli no‗xat = sariq donli no‗xat 2) silliq donli no‗xat X burushgan donli no‗xat = silliq donli no‗xat 3) qizil gulli no‗xat X oq gulli no‗xat =qizil gulli no‗xat 4) barg qo‗ltig‗idagi gul X poya uchidagi gul = barg qo‗ltig‗idagi gul
5) uzun poyali no‗xat X kalta poyali no‗xat = uzun poyali no‗xat 6) oddiy dukkakli no‗xat X bog‗imli dukkakli no‗xat = oddiy dukkakli no‗xat 7) yashil dukkakli no‗xat X sariq dukkakli no‗xat = yashil dukkakli no‗xat
Chala dominantlik Ayrim hollarda dominant belgi retsessiv belgi kuchini to`liq bo`g`ib qo`yolmaydi. Natijada oraliq xarakterga ega bo`lgan belgi hosil bo`ladi. Ushbu chatishtirishni nomozshomgul o`simligi gullarida rang irsiylanishi misolida kuzatilgan
Qizil
AA Oq
aa Pushti
Aa
1-Dars
Chala dominantlik uchraydi: a) G`o`zada tolaning rangi : (qo‗ng‗ir – AA, novvotrang – Aa, oq – aa), b) Namozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil – AA, pushti – Aa, oq – aa), c) Odamlarda soch tolasining (jingalak – AA, taram-taram – Aa, silliq – aa)
- Qulupnay mevasi rangi,qushlar pati tuzilishi,andalus tovuqlari pat rangi, odamda bir qator biokimyoviy belgilar.
Taxliliy chatishtirish Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o‗xshash bo‗lsada, genotip jihatdan farq qiladi. Mendel irsiyatni o‗rganishda duragaylarni tahliliy chatishtirish usuli bilan organizmlarning gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlash mumkinligini ko‗rsatadi. Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‗tkaziladi. Buning uchun genotipi aniqlanishi zarur bo‗lgan organizm bilan gomozigota retsessiv individ chatishtiriladi.
Agar dominant individ gomozigota bo‗lsa, bundan chatishtirishda ajralish sodir bo‗lmaydi, F 1 duragaylarida bir xil bo‗ladi. Agar dominant shakllar geterozigota bo‗lsa, u holda:
Bunda ajralish ham genotip, ham fenotip jihatdan 1 : 1 nisbatda bo‗ladi. Demak, tekshirilayotgan organizm geterozigota ekan. F1 avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‗lmasligini, F 2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo‗lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofligi farazini ilgari surdi. G. Mendelning gametalar sofligi gipo tezasi sitologik jarayonlarga asoslangan
Ingliz olimi U. Betson o‗z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o‗zaro chatishtirdi. Olingan F1 avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo‗lgan. F2 da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya‘ni 1/4 qismi qora, 2/4 qismi havorang, 1/4 qismi oq bo‗ldi. Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‗ldi.
Ayrim hollarda biror allel gen bir juft gendan iborat bo`lmasdan (A va a) ko`p gen genlardan iborat bo`lishi mumkin. (A1, A2 va a1 a2). Bu hodisa mutatsiya tufayli kelib chiqadi. Ushbu hodisani
Bu hodisa 5 juft gen orqali ta`minlanadi. Odamlarda bu hodisani qon guruhlar irsiylanishi misolida tushuntirish mumkin.
Kodominantlik. Odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega bo‗lgan gen bilan belgilanadi. A va B – dominant allellar, 0 esa retsessiv allel. Odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari uchraydi: 1) 00 – birinchi,
2) AA va A0 – ikkinchi, 3) BB va B0 – uchinchi, 3) AB – to‗rtinchi qon guruhi. - Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga bunday ta‘siri kodominantlik deyiladi. Qon guruh Genotipi I
II
III
IV
1-masala. Ota-onasi qora ko‗zli (A) bo‗lgan, ko‗k ko‗zli (a) yigit, otasi qora ko‗zli, onasi ko‗k ko‗zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko‗k ko‗zli o‗g‗il farzand tug‗ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang. 2-masala. G‗o‗za tolasining qo‗ng‗ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo‗ladi. Qo‗ng‗ir tolali bilan oq tolali g‗o‗za navlari chatishtirilganda Fi da 1800 ta o‗simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‗ladi Download 460.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling