Genetikada ehtimolliklar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Extimollar nazaryasining genetik masalalariga tadbiqlari
Genetikada ehtimolliklar Google sinfxona Umumiy qoidalar va mahsulot qoidalari. Ushbu qoidalarni koʻplab genlarni oʻz ichiga olgan genetik muammolarni hal qilish uchun qoʻllash. Kirish Pennet katakchasi genetikada juda asqatsa-da, lekin u hamma genetik masalaga ham toʻgʻri kelavermaydi. Masalan, sizdan Aa x Aa yoki AaBb x AaBb emas, balki AaBbCcDdEe x AaBbCcDdEe chatishtirishda retsessiv belgili organizmlarning uchrash ehtimolini topish soʻralgan boʻlsin. Agar siz ushbu muammoni Pennet katakchasi orqali hal qilmoqchi boʻlsangiz, 102410241024 ta katakchali Pennet katakchasini toʻldirib chiqishingizga toʻgʻri keladi. Bu sizga yordam bersa ham, imtihon yoki boshqa shunga oʻxshash paytda buni bajarish juda mushkuldir! Agar siz Pennet katakchasi ehtimolliklarni aniqlash masalalarini ifodalashning bor- yoʻgʻi vizual usuli ekanini tushunib yetsangiz, yuqorida berilgan besh genli organizmlar oʻrtasidagi chatishtirish masalasi sizni deyarli qoʻrqitmay qoʻyadi. Bir yoki ikkita gen bilan bogʻliq masalalarni Pennet katakchasida ifodalash oson boʻlsa-da, raqamlar ortgan sari masala yechimini topish sekinlashib, birmuncha qiyinlashib boradi. Xuddi shu vaqtda eskicha Pennet katakchasini vizual ifodalamasdan turib, ehtimollikni topish uchun hisoblashlarni oʻzingiz oson va loʻnda bajarishingiz mumkin. Barcha hola tlarda ham ehtimollikni Pennet katakchasida yoki oʻzingiz hisoblab topsangiz ham bir xil natijaga ega boʻlasiz, ammo ikkala usulni bilish har doim ham foydadan xoli boʻlmaydi. Ushbu maqolada biz ehtimollik nazariyasining asosiy tushunchalari haqida biroz t oʻxtalib oʻtamiz. Yaʼni ikkita bir-biriga bogʻliq boʻlmagan, mustaqil (X va Y) yoki bir-biriga oʻzaro bogʻliq (X yoki Y) hodisalarning uchrash ehtimolini hisoblashni koʻrib chiqamiz. Keyin esa bu hisoblashlar genetik masalalarda qanday qoʻllanishini, ayniqsa, koʻp sonli genlarga aloqador masalalarni yechishda qanday qoʻl kelishini koʻrib chiqamiz. [Besh genli organizmlarni chatishtirish masalasini yechish] Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling