Genetikadan masalalar yechish bonus; + dnk r. R. Raxmonov R. J. Raximov
Monoduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar
Download 0.52 Mb.
|
GENETIKA KITOB 1
Monoduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar
1.No'xatdagi urug’pallaning sariq rangi yashil rang ustidan dominantlik qiladi. Ota-ona o'simliklarning o‘z-o’zidan changlanishi natijasida 33 ta sariq va 11 ta yashil no'xat olindi. Ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlang(a). Sariq rangli o‘simliklarning (taxminan) nechtasi gomozigotali(b), geterozigotali(c)? A)a-AA x Aa,b-11ta,c-22ta B)a-Aa x aa ,b-11ta ,c-22ta C) a-Aa x Aa,b-22ta c-22ta D) Aa x Aa 1)11ta 2)22ta 2. Pomidor mevasi yumaloq va noksimon shakllarda bo'ladi. Agar ikki o’simlikni chatishtirib olingan avlodda yumaloq va noksimon mevali o’simliklarning soni teng bo’lsa, chatishtirilgan o’simliklarning genotipini aniqlang. A)Aa x aa B)Aa x Aa C)aa x aa D)AAxaa 3.Jag’-jag‘ning uchburchak mevali o‘simliklari o’zaro chatishtirilganida uchburchak va tuxumsimon mevali o’simliklar olindi. Chatishtirilgan o’simliklarning genotipini aniqlang. A)Aa x aa B)Aa x Aa C)aa x aa D)AAxaa 4. Pashshalar chatishtirilganida F2 da olingan avlodning 1392tasi kulrang va 467 tasi qora bo’ldi. F1 duragaylarining genotipini aniqlang. A)AA B)aa C)Aa D)AAbb 5.Dengiz cho'chqasining qora rangli urg4ochisi oq rangli erkagi bilan chatishtirilganida olingan avlodlar o'rtasida oq rangli individlar ham bor edi. Agar junning qora rangi oq rangiga nisbatan dominantlik qilsa, ota- onalarning genotipi qanday? A) Aa x aa B) AA x aa C) Aa x Aa D) aa x aa 6.Burishgan va silliq urug’Ii no’xat o‘simligi chatishtirilganida F2 da 7324 ta no'xat olindi, shulardan 1850 tasi burishgan edi. Bu holatda qaysi belgi dominantlik qilgan? F2da olingan o‘simliklardan nechtasi gomozigotali ekanligini aniqlang. A)1820 B)1812 C)3700 D)7000 7. Normal qanotli drozofila pashshalari chatishtirilganida F1da 3565 ta avlod olingan. Ular orasida normal qanotlilari faqat 2673 ta bo‘lib, qolganlari qayrilgan qanotli edi. Ota-ona formalarining genotipini(1) va F1 da olingan individlar orasidan ularning genotipi bilan bir xil bo‘lganlarining sonini(2) aniqlang. A)1)Aa xAa 2)1782 ta B) 1)Aa xaa 2)782 ta C) 1)aa xaa 2)2673 ta D) 1)AA xAA 2)1782 ta 9.Qoramollarda quloqning chokliligi dominant gen К orqali irsiylanib, quloqning yo‘rmaklilik anomaliyasi ustidan dominantlik qiladi Shu anomaliyaga ega bo’lgan buqa sog’lom sigir bilan chatishtirilganida olingan avlodning barchasi normal belgilarga ega bo’lgan. F1 anomaliyaga ega bo‘lgan avlodlarning tugilish ehtimoli qanday (%)? A)100% B)50% C) 25% D)0% 10.Qoramollarda qora rang geni qizil rang ustidan dominantlik qiladi, Geterozigotali qoramollar o‘zaro chatishtirilganda olinadigan avlodda fenotipik jihatdan qanday xilma-xillik kutish mumkin (foizlarda ifodalang)? A)50%;50% B) 75 %;25% C)25%;50%;25% D)80%;20% 11.Urug‘pallalarning rangi sariq va yashil bo’lgan no‘xatlar o‘zaro chatishtirilganda birinchi bo‘g‘inda olingan o'simliklarning barchasi sariq urug‘pallali bo’ldi. Duragay uruglardan unib chiqqan o'simliklarning o'z-o’zidan urugianishi natijasida qanday avlod olinadi? A)AA;Aa B) AA;Aa;Aa C) AA;Aa;Aa;aa D) Aa aa 12.Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda F1 da 252 ta oq va 262 ta qora patli jo'jalar olingan. Ota-ona formalari va olingan duragaylarning genotiplarini aniqlang. A) Aa x aa : Aa,aa B) AA x Aa ; Aa,aa C) Aa x Aa ; AA,aa D) Aa x Aa ; AA,Aa,Aa,aa 13.Sichqonlar yungining kumushrang bo'lishi bilan mutatsiyaga uchraydi. Normal yungli sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan chatishtirganda faqat normal yungli sichqonlar olingan. F1 dagi normal yungli urg‘ochi sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan qayta chatishtirilganda (Fb )38 ta kumushrang va 40 ta normal avlod olingan.Fb chatishtirishda ota - onalarning genotipi qanday? A) AA x Aa B) Aa x aa C) Aa x Aa D) AA x aa 15.Ikkita qora erkak kalamush jigarrang urg‘ochi kalamush bilan chatishtirildi. Birinchi qora kalamushdan 20 ta qora va 17 ta jigarrang, ikkinchi qora kalamushdan faqat 33 ta qora rangli kalamushlar olindi. Har ikkala chatishtirishdagi ota-ona genotipini aniqlang. A) 1-aa x aa : 2-AA x aa B) 1-AA x aa : 2-AA x aa C) 1-Aa x aa : 2-AA x aa D) 1-AA x aa : 2-Aa x aa 16.Bo‘yni va qornida oq dog‘chalari bo’lgan qora mushuk (S) xuddi o'zinikidek fenotip va genotipga ega bo‘lgan mushuk bilan chatishtirildi. Bu juftlikdan butun tanasi qora rang bilan qoplangan dog‘siz mushukchalar tug‘ilgan bo‘lsa, bundan keyin ham dog'siz mushuklarning tug‘ilish ehtimolini toping (%). A)100% B) 50% C) 20% D)0% 17.Normal jihatlarga ega bo‘lgan drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilganida olingan avlodning 25 %i ko‘zlari kichik bo‘lib rivojlandi. Ota-ona formalaridan biri qisqargan ko‘zli forma bilan chatishtirilganida 24 ta ko‘zlari qisqargan, 21 ta normal bo’lgan avlod rivojlandi. Har ikkala tajribadan olingan pashshalarning genotipini aniqlang. A) 1- Aa aa 2- Aa aa B)1- AA Aa Aa aa 2- Aa aa C) 1- AA Aa Aa aa 2- AA Aa Aa aa D)1- Aa aa 2- Aa aa 19.Itlarning ayrimzotlarida (foksterer) 5-6 oylarida namoyon bo‘luvchi irsiy asab kasalligi uchraydi. Bu xastalik o‘lim bilan yakunlanmagan, lekin keyinchalik kasallangan itlarning erkin harakatlanishi og'riqli kechgan. Bu kasallik miyaklia ataksiyasi nomi bilan atalgan va har ikkala jinsdagi itlarda uchragan. Bir xil belgiga ega bo‘lgan itlar o‘zaro chatishtirilishidan olingan 92 ta kuchukchalarning faqat 25 tasida bu kasallikka uchragan. Bu kasallik qanday irsiylanadi(a) (dominant yoki retsessiv), yetishtirilgan ota-ona genotipini aniqlang. A)a-Dominant irsiylanadi. B-Aa x Aa B) a-Resesiv irsiylanadi. B-Aa x aa C) a-Resesiv irsiylanadi. B-Aa x Aa D) a-Dominant irsiylanadi. B-Aa x aa 20.Tovuqlarda gulsimon toj R geni bilan, bargsimon toj esa r geni bilan belgilanadi. Gulsimon tojli xo‘roz ikkita gulsimon tojli tovuq bilan chatishtirildi. Birinchisi 14 ta jo‘ja berdi, ularning hammasi gulsimon tojli edi. Ikkinchisi esa 13 ta jo‘ja berdi, ulardan 10 tasi gulsimon, 3tasi bargsimon tojli edi. Barcha ota-onalarning genotipini aniqlang. A)1- Rr x RR 2- Rr x Rr B) 1- Rr x Rr 2- Rr x Rr C) 1- Rr x RR 2- Rr x Rr D) 1- RR x RR 2- rr x rr
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling