Genlarning komplementar ta’siri


Genlarning polimer ta’siri


Download 38.81 Kb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi38.81 Kb.
#1757350
1   2   3
Bog'liq
Noallel genlarning o\'zaro ta\'siri

Genlarning polimer ta’siri
Genlarning o‘zaro polimer ta’siri deyilganda, ikkita va undan ko‘p genning bir xil yo‘nalishidagi ta’siri tushuniladi. Bunday genlar polimer genlar deb nomlanadi va indeksi bilan farq qiluvchi bir xil harflar bilan ifodalanadi. CHunonchi, A1 A1 A2 A2 A3 A3 yoki
a1 a1 a2 a2 a3 a3 . Qishloq xo‘jalik ekinlari, chorva mollarining xo‘jalikda ahamiyatli miqdor, ba’zan sifat belgilari polimer genlar ta’sirida rivojlanadi. Polimer holda nasldan-naslga o‘tish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo‘linadi. Kumulyativ polimeriyada belgining fenotipda namoyon bo‘lish darajasi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lsa, nokumulyativ polimeriyada dominant genlar nechta bo‘lishiga qaramay, fenotipda belgi bir xil namoyon bo‘ladi.
Kumulyativ polimeriyada F2 da 1: 4: 6 : 4: 1, nokumulyativ polimeriyada 15: 1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Agar belgi uchta gen ta’sirida rivojlansa, kumulyativ polimeriyada F2 da 1:6:15:20:15:6:1, nokumulyativ polimeriyada 63:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi.


Masalalar:
1. Xirzutum turiga mansub g‘o‘za chigitining mikropile qismidagi tuklar dominant F1 F1 F2 F2 genlarga bog‘lik. Agar genotipda dominant gen 4 ta bo‘lsa tuk normal, 3 ta bo‘lsa normadan oz, 2 ta bo‘lsa oraliq, bitta bo‘lsa juda oz bo‘ladi. Bu genlar retsessiv holatda bo‘laganda chigitda tuk rivojlanmaydi. Mikropile qismi normal va tuksiz chigitli g‘o‘za navlari o‘zaro chatishtirilsa
(a)F2 nechtasida chigit tuki normal,
(b) nechtasi tuksiz, (c) agar F1 duragaylar tuksiz chigitli formallar bilan qayta chatishtirilsa, Fb da nechta fenotipik sinf hosil bo‘ladi.
A) a-4ta,b-1ta, c-3ta
B) a-2ta,b-1ta, c-3ta
C) a-1ta,b-2ta, c-3ta
D) a-1ta,b-1ta, c-3ta
2. Makkajo‘xorining so‘tasi 20 va 8 sm uzunlikda bo‘lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini namoyon etsa, u holda:
a) F1 da so‘ta uzunligi qancha bo‘ladi.
b) 3 ta dominant genli formallar F2 dagi 960 ta o‘simlikdan necha qismini tashqil etadi.
A) a-14sm,b-240 ta B) a-14sm,b-360 ta
C) a-12sm,b-140 ta D) a-12sm,b-240 ta
3. Quyonlarning Baron zoti quloq suprasining uzunligi 28 sm, boshqa zotiniki 12 sm ga teng. Agar quloq suprasining uzunligi ikki juft dominant genga bog‘liq deb faraz etsak va Baron zotining genotipi D1 D1 D2 D2 , ikkinchi zotniki d1 d1 d2 d2 bo‘lsa, ularni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan F1 duragaylarning quloq suprasi necha santimetr bo‘ladi(a).
Agar F1 duragay quyonlarning urg‘ochi va erkagi o‘zaro chatishtirilsa, F2 da:
(b) nechta genotipik;
(c) nechta fenotipik sinf hosil bo‘ladi.
(d) quyonlardan necha % i quloq suprasi xuddi Baron zotinikidek uzun bo‘ladi
A) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-18,75%
B) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-12,5%
C) a-18sm,b-9xil,c-5 xil, d-6,25%
D) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-6,25%
4. Polimer gen alternativ belgilarning fenotipda namoyon bo‘lishini ham tartibga soladi. Bu holda nokumulyativ nasldan naslga o‘tish protsessi amalga oshadi.Tovuqlar oyog‘ida pat bo‘lishi ikkita polimer nokumulyativ genga bog‘lik. Agar ulardan bittasi genotipda bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi. Agar polimer genlar retsessiv holatda bo‘lsa pat rivojlanmaydi.
Oyog‘ida pati yo‘q tovuq oyog‘ida pati bor xo‘roz bilan chatishtirilgan. F1 da 12 ta va F2 da 1120 ta tovuq va xo‘roz olingan:
a) F2 dagi nechta tovuq va xo‘rozning oyog‘ida pati bor
b) nechtasida pat yo‘q
c) bir xil genotipga ega, oyog‘ida pati bor F2 tovuq va xo‘roz o‘zaro chatishtirilsa, ulardan necha xili F3 da ajralmaydi.
A) a-1050ta,b-70ta, c-5 xil
B) a-1050ta,b-70ta, c-4 xil
C) a-980ta,b-140ta, c-5 xil
D) a-1050ta,b-70ta, c-3 xil
5. Bug‘doyda A1 A2 genlar bahorilik xususiyatini, a1 a2 genlar esa kuzgilik xususiyatini namoyon qiladi. A1 A1 A2 A2 genotipga ega formallarda bahorilik xususiyati, a1 a1 a2 a2 genotipli formallarda kuzgilik belgi kuchli ifodalangan bo‘ladi. Quyidagicha chatishtirishdan olingan formallarda fenotipni aniqlang (% da);
a)A1 A1 A2 A2 x a1 a1 a2 a2
b) A1A1 a2 a2 x a1 a1 a2 a2
v) A1 a1 a2 a2 x a1 a1A2 a2
A) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-75% kuzlilik:25% baxorlilik
B) a-100% baxorlilik,b-75% baxorlilik:25% kuzlilik,v-100% baxorlilik
C) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-100% baxorlilik
D) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-75% baxorlilik:25% kuzlilik
6. Odatda bo‘yning uzunligi kumulyativ polimer genlarning o‘zaro ta’siri tufayli nasldan-naslga o‘tadi. Agar muhitning ta’siri e’tiborga olinmasa, u holda bunday genlarni A1 A1 A2 A2 A3 A3 va
a1 a1 a2 a2 a3 a3 bilan ifodalash mumkin. Agar odamning biror populyasiyasida barcha genlar dominant bo‘lsa, bo‘y 180 sm, barcha genlar retsessiv bo‘lgan taqdirda bo‘y 150 sm ga teng bo‘ladi;
a) 3 ta gen bo‘yicha geterozigota odamlarda bo‘yning uzunligi qancha bo‘ladi.
b) past bo‘yli ayol o‘rtacha bo‘yli erkakka turmushga chiqqan va 4 ta farzand ko‘rgan. Ularning bo‘ylari 165 sm, 160 sm,155 sm, 150 sm. Ayol va erkakning genotipini aniqlang.
A) a-165 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3
B) a-170 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3
C) a-160 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3
D) a-180 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3
7. Odam terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. BBSS genotipli odamlarning terisi qora, bbss genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. Genotipda 3 ta dominang gen bo‘lsa teri qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, bitta bo‘lsa oqish bo‘ladi.Terisi rangi oraliq bo‘lgan erkak terisi oqish bo‘lgan ayolga uylangan. Ular farzandlarining 6\8 qismida teri rangi oraliq va oqish 2\8 qismida qoramtir va oq bo‘ladi. Erkak va ayolning genotipini aniqlang
A) BbSs x BbSs B) BbSs x Bbss
C) BbSs x BBss D) BBSs x Bbss
8. Jag`-jag` o’simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o’simlikni o’zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona genotipini aniqlang.
A) A1A1A2a2 x A1a1A2a2
B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2
C) A1a1A2a2 x A1a1A2a2
D) A1a1A2a2 x a1a1a2a2
9. G‘o‘zaning gultojibarglari asosida antotsian dog‘ R1 R1 R2 R2 genlar ta’sirida hosil bo‘ladi,
r1 r1 r2 r2 genli retsessiv formallar gultojibargida antotsian dog‘ uchramaydi. Gultojabarglari asosida antotsian dog‘i bor g‘o‘za gultojibarglari asosida antotsian dog‘i yo‘q liniya bilan chatishtirilganda hosil bo‘lgan F2 duragaylarning fenotipini aniqlang.
A) 15 ta antotsian dog’li:1 ta antotsian dog’siz
B) barchasi antotsian dog’li
C) barchasi antotsian dog’siz
D) 15 ta antotsian dog’siz:1 ta antotsian dog’li
10. Mo'ynachilik xo'jaligida ko'paytiriladigan norka mo'ynalarining rangi 2 juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. 2 juftning dominant genlari mo'ynaning qo'ng'ir rangini, ularning retsessiv allellar esa mo'ynaning kumush rangda bo'lishini belgilaydi. Nokumulativ polimeriya qoidalariga mos holda irsiylanadi. Ikki juft genlar bo'yicha geterozigotali norkalarni o'zaro chatishtirilishi natijasida qanday avlodlar hosil bo'lishini (a) va qo’ng’ir ranglilarning necha %i keyingi bo’g’inda ajralmasligini(b) aniqlang?
A) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-6,25%
B) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-33,33%
C) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-46,66%
D) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-53,3%
11.Bug’doy donining rang 2 juft nokomulyativ polimer genlarga bog’liq. Agar digeterozigota va ikkalasi ham retsessiv genotipli bug’doylar chatishtirilsa olingan avlod genotipi bo’yicha qanday nisbatda ajraladi ?
A) 15:1 B) 1:4:6:4:1
C) 3:6:3:1:2:1 D) 1:1:1:1
12. Quyonlar juni uzunligi ikki juft allelmas genlar tomonidan boshqariladi. Agar bu genlar hammasi dominant holda kelsa jun uzunligi 8 sm, hammasi retsessiv bo’lsa, jun uzunligi 2 sm bo’ladi. Bunday quyonlar o’zaro chatishtirilganda birinchi va ikkinchi avlod quyonlarda belgilar ajralish nisbati fenotip bo’yicha qanday bo’ladi?
A) F1 da barchasi 5 sm, F2 da 15:1
B) F1 da barchasi8 sm, F2 da 1:4:6:4:1
C) F1 da barchasi 2 sm, F2 da 1:4:6:4:1
D) F1 da barchasi 5 sm, F2 da 1:4:6:4:1
13. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi. Dominant genlar genotipda qancha ko’p bo’lsa teri rangi shuncha qora bo’ladi. Negrlarda A1A1A2A2A3A3, oq tanlilarda esa a1a1a2a2a3a3 . Negr va oq tanlilar avlodi mulat deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli va mulat farzandlar tug’ilgan bo’lsa , uning genotipini aniqlang.
A) A1A1A2a2a3a3
B) A1a1A2a2A3a3
C) A1a1A2A2A3a3
D) A1A1A2a2A3a3
14. Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq. Quloq suprasining uzunligi 21 sm bo'lgan organizmlarning genotipini toping.
1)D1D1D2D2; 2)D1d1D2D2; 3)D1D1D2d2
4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2
7)d1d1D2d2 8)D1d1D2.d2
A)2,3 B)4, 8 C)5,7 D)1, 6
15. Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq bo'lsa, quloq suprasining uzunligi 18 sm bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?
1)D1D1D2D2; 2)D1d1D2D2; 3)D1D1D2d2
4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2
7)d1d1D2d2 8)D1d1D2.d2
A)2, 3 B)4, 8, 9 C)5, 7 D)1, 6
16.Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq bo'lsa, quloq suprasining uzunligi 15 sm bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?
1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.
A)2, 3 B)4,8 C)5, 7 D)1, 6
17. Quyonlarning quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm uzunligini ta'minlasa, bu holda quloq suprasining uzunligi 24 va 12 sm li bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?
1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.
A)2, 3 B)4,8 C)5, 7 D)1,6
18. Quyonlarning quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm uzunligini ta'minlasa, quyida berilgan genotiplarning quloq suprasi uzunligiga mos keladigan ko'rsatkichni juftlab ko'rsating.
1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.
a)24 sm; b)21 sm; c)18 sm; d)15 sm; e)12 sm
A)a - 1; b - 2, 3; c - 4, 8; d - 5, 7; e - 6
B)a - 1; b - 4, 8; c - 2, 3; d - 5, 7; e - 6
C)a - 1; b - 2, 4; c - 3, 7; d - 5, 8; e - 6
D)a - 6; b - 2, 5; c - 7, 8; d - 4, 5; e - 1
19. Muhitning ta'siri unchalik e'tiborga olinmasa, odam bo'yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo'lishi a1a1a2a2a3a3 genlariga bog'liq.
Odamda barcha genlar dominant bo'lganda bo'y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo'lganda bo'y uzunligi 150 sm ga teng.
I.Barcha genlar bo'yicha dominant gomozigota erkak, past bo'yli ayolga uylandi. Ularning farzandlarida bo'y uzunligi necha sm bo'ladi?
A)50% 180 sm, 50% 150 sm
B)barchasi 165 sm
C)barchasi 175 sm
D)180 sm, 175 sm, 170 sm, 165 sm, 160 sm, 155 sm, 150 sm
II. Quyida berilgan genotiplarni ularga mos keladigan bo'y uzunligi bilan juftlab ko'rsating.
1)A1A1A2A2A3A3; 2)a1a1a2a2a3a3
3)A1A1A2A2A3a3; 4)A1a1A2a2A3a3; 5)A1A1A2a2A3a3; 6)A1a1A2a2a3a3
a)160 sm; b)165 sm; c)170 sm; d)175 sm; e)150 sm; f)180 sm
A) 1-a; 2-b;3-a;4-e;5-c;6-d
B) 1 - a; 2 - e; 3 - d; 4 - c; 5 - b; 6 - f
C) 1-f; 2-e;3-d;4- b; 5 - c; 6 - a
D) 1 - a; 2 - d; 3 - f; 4 - b; 5 - e; 6 - c
III. Quyida berilganlardan bo'y uzunligi 160 sm bo'ladigan genotipini toping.
A) A1A1A2A2A3A3 B)a1a1a2a2a3a3 C)A1a1A2a2a3a3 D)A1A1A2A2A3a3
IV. Quyida berilganlardan bo'y uzunligi 175 sm bo'ladigan genotipini toping.
A)A1A1A2A2A3A3 B)a1a1a2a2a3a3 C)A1a1A2a2a3a3 D)A1A1A2A2A3a3
20. Jag'-jag’ o'simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli 2 juft birikmagan, allel bo'lmagan genlar bilan
ifodalanadi. 2 ta o'simlikni o'zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 24570 tasi uchburchakli va 1638 tasi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona genotipini aniqlang.
A) A1A1A2a2 x A1a1A2a2
B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2
C) A1a1A2a2 x A1a1A2a2
D) A1a1A2a2 x a1a1a2a2
21.Agar 4 gen bo‘yicha gomozigota dominant bo’lgan genotip 136 sm, gomozigota retsessiv bo’lgan genotip 72 sm ni tashkil qilsa, genotipi A1A1A2a2a3a3A4A4 bo’lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda F1 avlodda 104 sm li individlar necha foizni tashkil etadi?
A) 25% B) 50% C)75% D)12,5%

Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling