Genlarning o'zaro kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarning irsiylanishi
Download 24.28 Kb.
|
Genlarning kombinerlangan tipdagi ta`sirida miqdor belgilarning irsiylanishi. Xromosoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. T.morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genlarning ozaro kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarning irsiylanishi
Genlarning kombinerlangan tipdagi ta`sirida miqdor belgilarning irsiylanishi. Xromosoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. T.morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi Reja:
Kirish Genlarning o'zaro kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarning irsiylanishi Xromosoma va ularning molekulyar tuzilishi T.Morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Genlarning oʻzaro taʼsiri - genlarning belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir genning oʻzi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel boʻlmagan Genlarning oʻzaro taʼsiri komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir xillariga boʻlinadi. Genlarning o'zaro kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarning irsiylanishi Buning uchun genotipi va fenotipi jihatidan altemativ (keskin farq qiluvchi) belgilarga ega bo‘lgan gomozigotali ota-ona organizmlaming duragay avlodlari genetik tahlil qilinganligini ko‘rdik. Miqdor belgilarning irsiylanish qonuniyatlari esa belgilari fenotipik altemativ bo‘lmagan, bir-biridan bu belgining fenotipik rivojlanish darajasi bilangina farq qiluvchi ota-ona organizmlar chatishtirilib, ulaming duragaylarida tahlil qilinishi natijasida kashf etildi. Chunki miqdor belgilar bo‘yicha odatda altemativ fenotipga ega bo‘lgan genetik kolleksiya liniyalari yaratishning iloji y o ‘q. Genetik mantiqqa asoslanib shuni ta’kidlash kerakki, miqdor belgilarning ham genotipik asoslarini to‘liq aniqlash uchun genetik tahlilga bu belgi bo‘yicha altemativ fenotipga, gomozigotali genotipga ega bo‘lgan izogen liniyalami jalb etish zarur. Bu y o ‘nalishdagi genetik tadqiqotlar 0 ‘zbekiston Milljy universitetida amalga oshirildi. Genetik tahlil uchun boshlang‘ich genetik obyekt sifatida 0 ‘zM U da ko‘p yillik genetik tadqiqotlar natijasida yaratilgan g ‘o ‘zaning murakkab miqdor belgisi bo‘lgan - tola chiqishi (tola hosildorligi) bo‘yicha altemativ fenotipga hamda turli gomozigotali genotipiga ega bo‘lgan genetik kolleksiyasining izogen liniyalari jalb etildi. Tola chiqishi deb, terib olingan g ‘o ‘za hosili (chigitli tola) ko'rsatkichidan foiz hisobida ajratib olinadigan tola miqdoriga aytiladi. Masalan, 100 kg g ‘o ‘za hosilidan o ‘rtacha 65 kg chigit, 35 kg tola olinadi. Bu misolda tola chiqishi 35 foiz deb aytiladi. Tadqiqotlar natijasida tola chiqishi ko‘rsatkichi chigit yuzasining tuklanish tiplariga muayyan darajada bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tola chiqishining 1/3 qismiga yaqini tuklanish genlarining pleyotrop ta’siri natijasida rivojlanishi ko‘rsatildi. Shuning uchun bu belgilar bo‘yicha bajarilgan genetik tahlil natijasini tuk va tolaning o ‘zaro bog‘liqligi holida bayon etamiz. Chigit tuklanishi tiplarining irsiylanishi. G ‘o ‘zada chigit tuklanishi tiplarining irsiylanishi va namoyon bo‘lishi to‘rtta noallel genlar faoliyati orqali amalga oshadi. Ulami funksiyasi va o ‘zaro ta’sir tipiga qarab uchta guruhga b o‘lish mumkin. Kumulativ polimeriya tipida o ‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi Ft|-ftl, FG-genlari. Ularning dominant allellari g ‘o ‘za chigitining mikropile qismidagi tuklanishni rivojlantiradi. Chigit mikropilesidagi tuklanishning rivojlanish darajasi bu ikki gen dominant allellarining soniga bog‘liq. Agar genotipda ulaming soni to‘rtta bo‘lsa, mikropiledagi tuklanish kuchli rivojlanadi va quyuq bo‘ladi. Agar genotipda bu genlaming dominant allellari bo'lmasa, ya’ni retsessiv digomozigotali bo‘Isa, chigit mikropilesida tuklanish butunlay bo‘lmaydi va chigit tuksiz bo‘ladi. Genotipda dominant allellaming soni 1, yoki 2, yoki 3 ta bo‘lsa, chigit mikropilesidagi tuklanish quyuqligi bo'yicha oraliq xilma-xillik namoyon bo‘ladi. Bu genlar strukturaviy genlar jumlasiga kirib, ulami tuklanishning asosiy genlari deb ataladi. 2. 0 ‘zaro komplementar ta’sirida faoliyat ko‘rsatuvchi genlar. Ularga quyidagi ikkita noallel genlar kiradi. Shuning uchun bu gen qo‘shimcha gen deb ataladi. Uning allellari to‘liqsiz dominantlik holatida irsiylanadi. Fc-f geni ham strukturaviy genlarga kiradi. 3. Epistatik ta’sir etuvchi gen gen-ingibitor (I-i). Bu genning dominant allellari ham gomo- va geterozigota holatlarda yuqorida bayon etilgan uchta strukturaviy genlar ning faoliyatini butunlay to‘xtatadi, natijada genotiplarga ega bo‘lgan o ‘simliklaming chigitlari tuksiz (yalang‘och) bo‘ladi. Tola chiqishining irsiylanishi. G‘o ‘zada miqdor belgi bo‘lgan tola chiqishining irsiylanish qonunlari bilan chigitning tuklanishi va tola chiqishi jihatidan ham genotipi, ham fenotipi bilan altemativ bo‘lgan genetik kolleksiyaning ikkita izogen liniyalarini o ‘zaro chatishtirishdan olingan duragay avlodlarining genetik tahlili misolida tanishib chiqamiz. Ona sifatida olingan L-70 liniya chigiti tuksiz (yalang‘och), tolasi butunlay yo‘q - 0% (30-rasm). Ota sifatida olingan L-47 liniyaning chigit tuklanishi qalin va tekis, tola chiqishi 40%. Ulami o ‘zaro chatishtirilib olingan F, duragaylarining barchasi tuksiz (yalang‘och), tola chiqishi 28%. L-70 liniya chigitining tuksizlik belgisi L-47 liniya chigitining tuklanishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tola chiqishi bo‘yicha esa F, o ‘simliklari ota-ona liniyalari ko‘rsatkichlariga nisbatan oraliq holatni egallaganliklari holda tola chiqishi yuqori bo‘lgan L-47 liniya tomon yon bosganliklarini ko‘ramiz. Ikkinchi avlod (F2) duragaylarida har ikki belgi bo‘yicha, ya’ni chigit tuklanishi va tola chiqishi bo‘yicha ajralish kuzatiladi. F2 da chigit tuklanishining tiplari bo‘yicha ikkita katta fenotipik sinf ajratildi: a) duragaylaming 3/4 qismi tuksiz, yalang‘och chigitli o ‘simliklar; b) duragaylaming 1/4 qismi u yoki bu darajada tuk bilan qoplangan 0 ‘simliklar. Tukli chigitga ega bo'lgan F2 o'simliklari o'z navbatida uchta sinfga ajralgan: • tuklanish faqat chigitning mikropile qismida rivojlangan o'simliklar. Bu sinf doirasida belgining rivojlanish darajasiga qarab, o'z navbatida, yana ajralish kuzatiladi; chigit tuki mikropileda qalin, chigitning qolgan qismlarida esa notekis rivojlangan o'simliklar; • chigit yuzasi qalin va to'liq tuklangan o'simliklar. F2 da tola chiqishi bo'yicha ham ko'p poligenlar ishtirokida namoyon bo'luvchi murakkab ajralish kuzatiladi. Bunda ham tola, ham tuki bo'lmagan yalang'och chigitli o'simliklar hamda tola chiqishi 40 foiz va chigit qalin, tekis tuk bilan qoplangan o'simliklar sinflari ajralib chiqadi. Tola chiqishi bo'yicha ota-ona liniyalariga o'xshash altemativ (keskin farqlanuvchi) fenotipga ega bo'lgan F2 sinflari orasida tola chiqishi har xil, ulaming chegarasini aniqlab bo'lmaydigan fenotipga ega F2 o'simliklari sinfi ham ajralib chiqqan. F2 o'simliklarida tola chiqishi bo'yicha sodir bo'layotgan ajralishni chigit tuklanishining bor yoki yo'qligiga qarab ikki guruhga bo'lish mumkin: 1. Chigiti tuksiz F2 o'sim liklarida tola chiqishi bo'yicha ajralish ko'p polimer genlar faoliyati bilan amalga oshuvchi ajralishga o'xshash bo'ladi. F2 ning bu guruhi darajasida butunlay tolasiz va juda kam tolali o'simliklar ajralib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, F2 o'simliklari orasida tolasi yo'q, chigiti tukli birorta ham o'simlik uchramadi. Ushbu guruh F2 o'simliklarida tola chiqishi bo'yicha o'zgaruvchanlik ko'lami keng bo'ladi. Shu sababli, ularda variatsiya koeffitsiyenti 55% ga teng bo'ladi. 2. Chigiti har xil tipdagi tuk bilan qoplangan F2 o'simliklari. Ular doirasida butunlay tolasiz va juda kam tolali o'simliklar uchramaydi. Ularda tola chiqishi yuqori, juda yuqori tola chiqishiga ega o'simliklar ham kuzatiladi. Bu guruh F2 o'simliklarida tola chiqishi bo'yicha o'zgaruvchanlik ko'lami birinchi guruh o'simliklariga nisbatan kichik. Variatsiya koeffitsiyenti 7% ga teng. Endi g'o'za o'simligi tola chiqishi irsiylanishining genotipik asoslari bilan tanishamiz. Murakkab miqdor belgi bo'lgan tola chiqishining irsiylanishi ko'p poligenlaming o'zaro murakkab kombinativ ta’siri orqali amalga oshishligi isbot etildi. Tola chiqishi kamida ikki guruh genlar tomonidan boshqariladi Download 24.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling