Genlarning o'zaro kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarning irsiylanishi
Xromosoma va ularning molekulyar tuzilishi
Download 24.28 Kb.
|
Genlarning kombinerlangan tipdagi ta`sirida miqdor belgilarning irsiylanishi. Xromosoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. T.morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi
2. Xromosoma va ularning molekulyar tuzilishi
Xromosomalar (qadimgi yunoncha: χρῶμα „rang“ + σῶμα „tana“) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, baʼzi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Hujayrasidagi genlarni oʻzida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. Oʻzoʻzidan koʻpayish xususiyatiga ega. Organizmlar X.i tuzilishi va funksiyasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. "X." terminini nemis anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). X. asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bogʻlangan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. X.dagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali taʼminlanadi. X.dagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. X. tuzilishi va funksiyasining oʻzgarishi X. subbirliklari — xromonemalarning spirallanishi bilan bogʻliq. Spirallangan X. hujayra boʻlinishi metafazasida yorugʻlik mikroskopda yaxshi koʻrinadi. Har bir xromosoma sentromeralari orqali oʻzaro tutashgan 2 ta xromatiddan iborat. Xromatidlar reduplikatsiya natijasida hosil boʻladi. Somatik hujayrlarda X. diploid (2 tadan), ularning biri ona, 2si ota organizmga tegishli. Jinsiy koʻpayish (meyoz)da gomologik X.dan biri jinsiy hujayralarga oʻtadi. Har xil turga mansub organizmlar birbiridan X. soni va ularning tuzilishi bilan farq qiladi. Hujayradagi barcha X. kariotip (X. toʻplami)ni hosil qiladi. Kariotipda jinsiy X. va autosomalar boʻladi. Ayrim turlarda aynan shu tur uchun xos genlarga ega boʻlmagan qoʻshimcha X. ham uchraydi. Bakteriyalar va viruslar genetik apparata bir chiziqli yoki halqasimon, sitoplazmadan yadro qobigʻi orqali ajralmaganligi va taxlanmaganligi tufayli ularni shartli ravishda X. deyish mumkin. Thomas Hunt Morgan (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilaridan biri, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti (1927—31). London Qirollik jamiyati aʼzosi (1919-yildan). Kentukki (1886) va J. Xopkins universitetlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida (1904—28) professor, Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya institutining biol. laboratoriya boshligʻi (1928—45). M. eksperimental embriologiya, regeneratsiya, hayvonlar jinsini aniqlash va irsiyatga oid tadqiqotlar olib borgan; irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslab bergan. M. va uning xodimlari tomonidan xromosomalar chalkashuvi va krossingover hodisasining kashf etilishi Mendel qonunlarining sitologik mexanizmini toʻliq tushunib olishga va tabiiy tanlanish nazariyasining mo-hiyatini tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1933). Irsiyatning xromosoma nazariyasi — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. Irsiyatning xromosoma nazariyasini dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—1907) va amerikalik olim U. Setton (1902—1903) asoslab bergan. Keyinchalik 20-asr boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini uzil-kesil tasdikladi. Irsiyatning xromosoma nazariyasi rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun doimiy boʻlib, xromosomalarning gaploid soniga teng boʻlishi; genlarning birikishi bilan bogʻliqbelgilar ham birgalikda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning chalkashuvi (krossingo-ver) genetik materialning xromosomalar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga (qarang Rekombinatsiya), binobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik haritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalarttt ahamiyati ochib beriladi. Genlar joylashishi effekti (genlarning namoyon boʻlishi ularning xromosomalarda joylashishiga boglikligi)ning kashf etilishi genetik material diskretli va izchilligining umumiyligi toʻgʻrisidagi genetikaning eng muhim prinsiplaridan birining shakllanishiga imkon beradi. Xulosa Xromosomalar (qadimgi yunoncha: χρῶμα „rang“ + σῶμα „tana“) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, baʼzi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Hujayrasidagi genlarni oʻzida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. Oʻzoʻzidan koʻpayish xususiyatiga ega. Organizmlar X.i tuzilishi va funksiyasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. "X." terminini nemis anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). X. asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bogʻlangan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. X.dagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali taʼminlanadi. X.dagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik haritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalarttt ahamiyati ochib beriladi. Download 24.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling