Genomika fani va uning vazifalari. Reja


Genomika fanining vazifasi


Download 0.75 Mb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1788574
1   2   3
Bog'liq
Genomika fani va uning vazifalari

Genomika fanining vazifasi.


Genomika fani biologiyaning bir qator nazariy va amaliy muammolarini hal etadi. Uning hal qilishi lozim bo'lgan nazariy muammolari quyidagilar:

  • irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlar, DNK va RNK molekulalarining struktura va funktsiyasini tekshirish;

  • organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga berilish va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;

  • turli fizik va kimyoviy omillar ta'sirida organizmlarda irsiy o'zgaruvchanlikning paydo bo'lish qonuniyatlarini ochish;

  • irsiy o'zgaruvchanlikning organizmlar evolyutsiyasidagi ahamiyati-ni tadqiq etish.

Genomika fani nazariy qonuniyatlarga asoslanib, quyidagi katta ahamiyatga ega bo'lgan amaliy muammolarni ham hal etadi:

  • madaniy o'simliklarning yangi navlari, xonakilashtirilgan hayvonlarning yangi zotlari, foydali mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishning samarali metodlarini ishlab chiqish;

  • odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo'lishini o'rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish;

  • ekologik muhit sharoitini sog'lomlashtirish, uning irsiyatga salbiy ta'sir etuvchi omillaridan organizmlar genofondini asrab qolishning genetik metodlarini yaratish.



    1. Genomikaning tadqiqot metodlari.


Hozirgi zamon Genomika fani irsiyat va o'zgaruvchanlikni tiriklikning turli tuzilma darajasida ya'ni molekula, xromosoma, hujayra, organizm va populyatsiya holatida tadqiq qiladi. Qayd etilgan vazifalarni yechishda Genomika fani bir qator metodlardan foydalanadi. Bular qatoriga duragaylash, sitogenetik, molekulyar genetik, ontogenetik, populyatsion – statistik, genetik injeneriya va boshqa metodlar kiradi.

  1. Duragaylash orqali genetik tahlil qilish metodining mohiyati – chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarida ota-ona belgila-rining irsiylanishini o'rganish va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat..

  2. Sitogenetik metod qo'llanilganda ota–ona belgilarining dura-gaylarda irsiylanishini o'rganish bilan bir vaqtda, ular xromosoma-larining holati ham sitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o'rganiladi.

  3. Populyatsion – statistik metod yordami bilan murakkab miqdor, jumladan, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatli belgilarning irsiylanishi o'rganiladi. Buning uchun ko'p sonli organizmlar populyatsiyasi ustida kuzatish olib boriladi.

  4. Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida, genotip va tashqi muhit omillari ta'sirida belgi va xususiyatlarining fenotipda namoyon bo'lish qonuniyatlari o'rganiladi.

  5. Molekulyar genetik metodning mohiyati – irsiyatning moddiy asosi bo'lgan nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi va funktsiyasini o'rganishdan iborat.

  6. Genetik injeneriya metodi bir organizmning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizmga ko'chirib o'tkazishga asoslangan.

Irsiyatning moddiy asoslarini tadqiq qilishda sitokimyo, biokimyo, biofizika va fiziologiya metodlaridan tobora keng foydalanilmoqda.
Genomika fanining tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida bu fan doirasida ko'plab genetik fan yo'nalishlari paydo bo'ldi. Ularning aksariyati mustaqil genetik fanlar darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham biz bayon etgan Genomika fanining umumiy Genomika deb qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Hozirgi kunga kelib bir qancha organizmlar, jumladan odam, sichqon, tovuq, qurbaqa, bir qancha baliq turlari, chuvalchanglar, yuzlab viruslar va bakteriyalar hamda yuzlab o'simlik turlarining genom ketma-ketliklari aniqlandi. Bakteriya genomining o'qilishi – bu 2-3 tadqiqotchidan tashkil topgan guruhning vaqt hisobida taxminan 1 yildan kam muddatga to'g'ri keladigan vazifasidir. Odam genomi qariyb 3 mlrd.ga teng xarflardan iborat bo'lib bu esa 15000 kitob tomlariga to'g'ri keladi. Uni “o'qib chiqish” esa biologlar uchun Mendeleyevning ximiklar uchun yaratilgan davriylik qonunini ochish bilan tenglashtiriladi.
Shu boisdan ham bunday hajmdagi biologik ma'lumotlarni tahlil qilishda kompьyuter texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Gen ketma-ketliklarini tenglashtirish bo'yicha birinchi algoritm 1970-yilda yaratildi. Kompyuterlar axborotlarni virtual ma'lumotlar bazasida saqlash va ular ustida yuqori tezlikda operatsiyalar o'tkazish imkonini berdi. Bioinformatika ham boshqa zamonaviy fanlar singari bir qancha fanlar, ya'ni molekulyar biologiya, genetika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlari birlashuvi asosida vujudga keldi. Uning asosiy vazifasi bu biologik molekulalar, eng avvalo nuklein kislotalar va
oqsillar struktura va funktsiyalari bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish uchun hisoblash algoritmlarini ishlab chiqishdir.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling