1392-1910 - Li sulolasi. (asoschisi Li Song).
1592 - Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirdi va koreys qo‘shinlari qarshiligini yengib, dastlab Seulni, keyinroq esa Pxenyanni egalladi.
1592 yozida - Li Sun Sin floti yapon flotini tor-mor qildi.
1592 oxiri - 50 minglik Xitoy qo’shinining yor- damga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtirdi.
1593 - Xitoy va Koreyaning birlashgan qo’shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildilar.
1597 boshlari - Yaponlarning yangi hujumi boshlandi. Koreya endi urushga ancha yaxshi tayyorlangandi. Koreyslar quruqlikda ham, dengizda ham g’alabalarga erishdi.
1627 - Manchjurlar Koreyaga bostirib kirdilar. Ular koreys qo’shinining qarshiligini yengib, ko’plab shaharlami egallab oldilar va taladilar. Koreys hukumati Kanxva oroliga ko'chib o‘tdi va u yerdan turib bosqinchilar bilan muzokaralar olib bordi. Ikki tomon o'rtasida imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |