1722-1730 - Eronning Afg’onlarga qaramlik davri.
1722 - Afg’onlar o’z yetakchisi Mir Mahmud boshchiligida zaiflashib qolgan Eronga hujum qilib, Sulton Husayn hokimiyatini Mir Mahmudga topshirishga majbur qildi.
1730 - Nodir Quli afg’on qo’shinlarini butunlay tor-mor etib , Eronni afg’on qaramligidan ozod etdi.
1736 - Nodir Quli barcha qabilalar aslzodalarining qurultoyida o’zini Eron shohi deb e’lon qildi.
1747 - Nodirshoh o’zaro ichki nizolar natijasida o’ldirildi.
1758-1796 - Eronda Zend qabilasi.
1796-1925 - Eronda Qojarlar sulolasi.
1816 - Buyuk Britaniyada mashinalar 150 mln odamning qo’l mehnatiga teng ishni bajaradi. Vaholanki , bu davrda BB aholisi 12 mln kishini tashkil etardi.
1825 - Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temir yo’l qurildi.
1815 - Buyuk Brutaniya parlameti ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qildi.
1832 - Buyuk Brutaniyada 1- parlament islohoti o’tkazilib, parlamentga saylov tartibi o’zgartirildi. Unga ko’ra yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o’rin ajiratildi, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o’rni mustahkamlandi, u davlat bujetini nazorat qilish huquqini oldi. 13 yoshgacha bo’lgan bolalarga 8 soatlik ish vaqti blgilandi. 9 yoshgacha bo;lgan bolalar mahnati taqiqlandi.
1836 - London shahrida ishchilarning “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi” tuzildi. U saylov huquqini kengaytirish masalasida 12 yil davomida parlamentga 3 marta xartiya (chartiya) – yorliq topshirdi.
1867 - Buyuk Brutaniyada 2- parlament islohoti o’tkazildi. Unga ko’ra , shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklatga saylov huquqi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |