Geoaxborot tizimi va texnologiyalari
Turizmda geoaxborot tizimidan foydalanish
Download 1.16 Mb.
|
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari
Turizmda geoaxborot tizimidan foydalanish
Turizmda geoaxborot tizimlardan foydalanish Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «XXI asr shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intelektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir».Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlanishi komp’yuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini komp’yuterlashtirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda g’oyatda tezkorlik bilan o’sib borayotgan “Axborotli jamiyat” nazariyasini maydonga keltirdi. Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir – biriga bog’lab qo’ydi. AQSh mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir mamlakatda paydo bo’lgan g’oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini ta’minlamoqda. Davlatimiz rahbari “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yozadiki, “Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”. Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no – mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhim, o’z mustaqil fikriga ega, soda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo’lishiga erishish ta’lim – tarbiya va ma’naviy – ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo’lishi darkor. Hozirgi vaqtda axborot shu qadar ko’pki, uni an’anaviy usullar yordamida tezkor tahlil qilishning iloji yo’q. XX asrning so’nggi o’n yilliklarida axborot tizimlarining yangi ko’rinishlari vujudga keladi. XXI asr Axborotlashtirish asri deb nom oldi ya’ni inson hayotida foydalaniladigan barcha sohalarni kompyuterlashtirish maqsad qilib qo’yilgan. Misol qilib: boshqarish, o’qitish, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va bir qancha boshqa sohalarni olishimiz mumkin. Xozirgi kunda barcha sohalarda keng qo’llanayotgan va eng gurkirab kelayotgan tizimlardan biri Geografik Axborot Tizimlaridir ya’ni qisqa qilib aytganda GAT. Geografik axborot tizimi (GAT) -- bu mavjud olamning ob’ektlarini, hamda sayyoramizda ro’y berayotgan hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak bo’ladigan zamonaviy kompyuter texnologayalaridir. Bu texnologiya ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning an’anaviy usullari (so’rov va statistik tahlil) va xarita yordamida olinadigan ma’lumotlarni (har tomonlama ko’rish va geografik (fazoviy) tahlil) umumlashtiradi. Bu GAT ni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va uni ko’p masalalarda qo’llanishiga yordam beradi. Bu texnologiya insoniyat faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo’llashmoqda. Bunga odamlarning ko’payishi, erlarning ifloslanishi, o’rmonlarning qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarning tahlili, hamda punktlar orasidaga eng qulay marshrutni topish, yangi ofisning optimal joylashishini tanlab olish, uyni uning adresi bo’yicha qidirish, joyda quvurlarni o’tkazish, har xil hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni yechish kiradi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling