Geoaxborot tizimi va texnologiyalari


Geoaxborot tizimining asosiy afzalliklari


Download 1.16 Mb.
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1165431
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari

Geoaxborot tizimining asosiy afzalliklari


Zamonaviy GIS tizimini tadqiqot uchun tanlashda foydalanuvchi tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi: GISlar yordamida qanday masalalar hal etilishi kerakligiga, oqibatda qanday natija olinishi kutilayotganligiga, ishlanayotgan ma’lumot hajmining kattaligiga, hal etilayotgan masalalarning dolzarbligiga, ularni hal etish uchun qanday yondashilib, qanchalik darajada sezilarli natijalarni olishga.
Xorijiy GIS tizimlarining ayrimlari ustida to‘xtalamiz. Hozirgi paytda jahonda ko‘plab GISlar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi turlicha: ayrimlari ma’lum bir sohada ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, boshqalari tarmoq tizimida ishlatilishga mo‘ljallangan.
Geoaxborot tizimi operatsiyalari Fotogrammetrik ishlov berishga quyidagi jarayonlar kiradi:

  • analitik fototriangulyasiya, yani fotogrammetrik uslublar bilan mavjud tayanch nuqtalar koordinatalariga nisbatan joyning boshqa nuqtalari koordinatalarini aniqlash usuli. Bu ish natijasida, faqatgina joyning boshqa nuqtalarining koordinatalarinigina emas, balki joy stereomodelining planga olish vaqtidagi fazoviy joylashishini ifodalovchi modelning tashqi orientirlash elementlari ham aniqlanadi. Oxirgi yillarda bu ishlar bevosita GPS-priyomniklaridan foydalanib amalga oshirilmoqda;

  • ob’ektlarni raqamlash (vektorlash) - joyning stereomodelini hosil qilish, ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida deshifrovka qilish (o‘qish) va ularni qabul qilingan shartli belgilarda tasvirlash;

  • relefning raqamli modelini hosil qilish va u asosida rangli yoki oq-qora ortofotoplanlar yaratish.

YUqorida bayon etilgan jarayonlar - masofadan turib suratga olish va ushbu materiallar asosida ortofotoplanlarni yaratish texnologiyasi, fotogrammetrik va kartografik dasturli texnik vositalar, ERGEODEZKADASTRning barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarida (korxonalarida) hozirda keng foydalanilayotgan texnologiyaning biri bo‘lib hisoblanadi (4-rasm).


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling