Geodezik o’lchash ishlarini baholash, ijroya tasvir olish va o’lchash ishlarini bajarishdagi texnika


Download 253.96 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi253.96 Kb.
#1201810
1   2   3
Bog'liq
Geodezik olchash

v, m

Nisbiy baland-lik
h, m

Reyka nuqtalari-ning balandligi. m

gorizontal

vertikal

0

1

0

1

0

1

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Doira o‘ngSt. II , i=1. 36, NO‘=100011, NII=147. 35 m

St. III

0

00




























8

30

32

3

19

72

71. 7

+3

18

1. 36

+4. 14

151. 49

9

71

24

3

44

50

49. 8

+3

43

1. 36

+3. 24

150. 59

10

106

10

2

47

62

62. 0

+2

46

1. 36

+3. 00

150. 35

11

129

15

1

12

90

90. 0

+1

11

2. 00

+1. 22

148. 57

12

172

20

359

45

112

112. 0

-0

16

1. 36

-0. 52

146. 83

Qarash trubasi reykaga qaratilganda vertikal ip reyka o‘qiga, gorizontal ip esa reykada belgilangan asbob balandligiga qaratiladi. (Agarda gorizontal ipni asbob balandligiga qaratish imkoniyati bo‘lmasa u holda reykadagi ixtiyoriy sanoqga qaratiladi va jurnalning 7-ustuniga yoziladi). So‘ngra reyka keyingi piket nuqtasiga o‘tkaziladi va yuqorida qayd etilgan ishlar takrorlanadi.



Qidiruv bosqichida kartografik va boshqa materiallarni o'rganish, hamda dala ishlari asosida topografiya, tuproq xususiyati, gidrogeologiya va boshqalar nuqtai nazaridan inshootning joyda eng qulay joylashish o'rni aniqlanadi.
Loyihalash jarayonida tegishli qidiruv materiallari bo'yicha inshootning joylashish o'rni, uning sxemasi, konstruksiyalari, asosiy parameterlari, tannarxi, qurilish ishlarini olib borish tartibi va boshqalar haqidagi masalalar echiladi. Loyihalash bosqichining oxirgi xujjati loyiha hisoblanadi.
U texnik-iqtisodiy asoslash, hisoblar, chizmalar va tushuntirish xatlaridan iborat bo'lgan korxona, bino va inshootni qurish uchun kerak bo'lgan xujjatlar majmuidan tashkil topgan.
Taxeometrik syomkaning kameral ishini jurnalga dalada yozilgan yozuvlarni va tuzilgan abrislarning tug‘riligi tekshiriladi, qiyalik burchaklari hisoblanadi va o‘lchangan masofalarning gorizontal proyeksiyasi topiladi, nisbiy balandliklar hisoblanadi va planga olingan nuqtalarning otmetkasi topiladi, joyning plani tuzilib rasmiylashtiriladi.
Taxeometrik syomka planini tuzishda planga olish asosining nuqtalari (punktlar) va undan so‘ng planga olingan piket nuqtalari qog‘ozga tushiriladi. Nuqtalarni planga tusqurish tartibi (texnikasi) teodolit syomkasining planini tuzishdagidek (asosan qutb koordinata usuli qo‘llaniladi). Planda stansiya va barcha piket nuqtalari yonida qalam bilan ularning otmetkalari (balandliklari) yoziladi.

Hozirgi vaqtda geodezik asboblar bozorida elektron taxeometrlar keng miqiyosda taqdim etilmoqda. Eng mashxur ishlab chiqaruvchi firmalar: Ural optiko-mexanika zavodi (FGUP PO UOMZ), Leica Geosystems AG, Sokkia, Topcon, Nikon Trimble (Trimble 2001 yil fevralda Carl Zeiss va Spectra Precision firmalarini birlashtirdi) – texnik va ekspluatatsion xarakteristikalari bilan bir-biridan farq qiluvchi turli turdagi geodezik asboblarni taklif qilishmokda. Vaqt o‘tgan sari elektron taxeometrlarning funksional imkoniyatlari o‘zgarishi va takomillashib borish tarixini qarashimiz mumkin.


Birinchi avlod taxeometrlarida (70-80 yillar) masofa o‘lchash, yo‘nalish va burchaklardan sanoq olish jarayoni avtomatlashtirildi. O‘lchash natijalari elektron tabloga chiqarildi, lekin ularni asbobning xotirasida saqlash mumkin emas edi. Taxeometrning 1-avlodiga TaZM (PO UOMZ) kiradi. TaZMga o‘rnatilgan mikroprotsessor boshqarish, tekshirish vazifasini va oddiy hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi: qiya masofa gorizontal qo‘yilishi, nisbiy balandlik va koordinatalarni aniqlash.
Keyingi avlod taxeometrlarida (80-yillar oxiri va 90-yillarning birinchi yarmi) o‘lchash natijalarini ma’lumotlarni jamlovchi qurilmaga yozish, keyinchalik bu ma’lumotlarni interfeys qurilma (adapter) yordamida kompyuterga uzatish, hamda klaviatura yordamida taxeometrga harfli-raqamli ma’lumotlarni yozish imkoni tug‘ildi. Ularning tarkibida yangi yuqori tezlikli mikro EHMlarni va algoritmik usullarni qo‘llash o‘lchash jarayonida asbob xatoliklar ta’siri uchun tuzatmani avtomatik ravishda hisobga olish imkonini berdi. Ikkinchi avlod taxeometrlariga 2Ta5 va TS 1600(Leica AG)taxeometrlari va Elta (Carl Zeiss) seriyasidagi asboblar kiradi.
Hozirgi kunda 3Ta5 taxeometrlari ishlab chiqarilmoqda, unda oldingilaridan farqli RSMSIA xotira kartasi mavjudligi va ma’lumotlarni IBM RS tipidagi kompyuterlarga bevosita uzatish imkoniyati borligidadir. U dala o‘lchashlarni qayta ishlash uchun dasturlar paketi bilan ta’minlangan, uni uchinchi-avlod asboblari qatoriga qo‘shish mumkin.
Uchinchi – avlod taxeometrlari doimiy xotiraga ega bo‘lib, (90-yillarning 2-yarimidan hozirgi kungacha) qo‘shimcha interfeys qurilmasiz taxeometrdan ma’lumotlarni personal kompyuterga va aksincha uzatish imkoniyatiga ega. Asboblar dala jurnali funksiyasini bajaradi va dalada unumli ishlash imkonini bajaruvchi yordamchi dasturlarga ega, masalan, nuqtalarni joyga ko‘chirish dasturi; borib bo‘lmas ob’yektning balandligini aniqlash; teskari kesishtirishni bajarish; takrorlash usuli bilan burchak o‘lchash; burchak va masofa bo‘yicha siljitish bilan o‘lchashlar va h. o. Bu avlod asboblariga quyidagilar kiradi: TS600 (Leica Geosystems AG). TS600YE(geodezik asboblar Yekatirinburg), PowerSet (Sokkia), Elta C (Carl Zeiss), Geodimeter 600M (Spectra precision), DTM-501/531/521 (Nikon), Trimble 3600Total Station va boshqalar.
Rejalash ishlarini bajarish vaqtida reykachining turish joyini ko‘rsatish uchun DTM-501/531/521 taxeometrlari, qarash trubasining korpusida joylashgan Limin-Guide qurilmasi bilan ta’minlangan. Uning optik o‘qi kollimatsion tekislikda va qarash trubasining o‘qiga parallel ravishda joylashadi. Limi – Guide nurlanishi kollimatsion tekislikda vertikal bo‘yicha doimiy va pirpirab turuvchi ikkita qizil yorug‘lik nurlarga bo‘linadi. Nuqtalarni joyga ko‘chirishda, yordamchi, qaytargichni uzluksiz va pirpirovchi signallarni bo‘luvchi tekislikda o‘rnatishi lozim. Yorqin nurlar asbobdan 100 metr masofagacha aniq ko‘rinadi. Limi – Guide qurilmasi joyga ko‘chirish yo‘nalishni ko‘rsatishdan tashqari, kechki syomkada nishonni topishga yordamlashadi va yuqori aniqlikda qaytargich markaziga to‘g‘rilashni ta’minlaydi.
Zamonaviy taxeometrlar lazerli shovun va ma’lumotlarni kabelsiz kompyuterga uzatish uchun infraqizil portga ega. Agar kompyuter asbobdan 3 metrdan uzoq bo‘lmagan radiusda joylashgan bo‘lsa, ma’lumotlarni infraqizil port orqali uzatish mumkin. Ish joyidan ma’lumotlarni ofisga uzatish uchun quyidagi aloqa zanjirini qurish mumkin: Yuqorida zikr etilgan barcha takomillashtirishlar taxeometrlarni mukamallashtiradi va ergonomikasini yaxshilaydi, geodezist ish unumini oshiradi va shu bilan birga bozorda asbobning raqobatbardoshligini oshiradi.

Xulosa
Xulosa qilib aytkanda ijroiy plan olishda asosiy e'tibor inshootning yashirin elementlari, kotlovanlar, poydevorlar, yer osti quvur o'tkazgichlar, kabellar va shu kabilarga qaratiladi.
Yer osti kommunikasiyalarida burilish burchaklar, quduqchalar markazlari, boshqa kommunikasiyalar bilan kesishish joylarining koordinatalari aniqlanadi. Quvurlar diametrlari va quduqlar orasidagi masofalar o'lchanadi. Nivelirlash orqali kotlovan va transheyalar va quvurlar ustki qismining otmetkalari topiladi.
Yo'l tarmoqlarida qayrilma elementlari, qayrilish burchaklari, kesishish va tutatish nuqtalari, temir yo'l o'tkazish strelkalari markazlari, relslar otmetkalari tekshiriladi.
Tik tekislashda bajariladigan ijroiy plan olish yuzani nivelirlash usulida bajariladi. Ochiq joylarda nivelirlash tomonlari 10-20 m kvadratlar orqali amalga oshiriladi.
Joyning faqat relyefini yoki balandlik bo‘yicha tavsifini tasvirlash maqsadida bajariladigan planga olishga balandlik bo‘yicha yoki vertikal planga olish deyiladi.
Planga olishda ishlatiladigan asosiy asbobga qarab planga olish turlicha nomlanadi.
Teodolit va ruletka yordamida o‘lchash ishlarini bajarish orqali konturli (tafsilotli) plan tuzishga teodolit syomkasi deyiladi.


Download 253.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling