Geodezik o’lchash ishlarini baholash, ijroya tasvir olish va o’lchash ishlarini bajarishdagi texnika


Download 253.96 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi253.96 Kb.
#1201810
  1   2   3
Bog'liq
Geodezik olchash


Geodezik o’lchash ishlarini baholash, ijroya tasvir olish va o’lchash ishlarini bajarishdagi texnika
Xavfsizligi bo’yicha malumotlar
Reja:

  1. Geodezik o’lchash ishlarini baholash

  2. Ijroya tasvir olish va o’lchash ishlarini bajarishdagi texnika

  3. O’lchash ishlarini bajarishdagi texnika xavfsizligi bo’yicha malumotlar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Ijroiy plan olishlar qurilish jarayonida, uning ba'zi bir bosqichlari tugatilgandan keyin bajarilib boriladi va tayyor inshootni planli-balandlik planini olish bilan tugatiladi


Ijroiy plan olishning geodezik asosi bo'lib, quyidagilar xizmat qiladi:
1) alohida bino va sexlar uchun-poydevor o'qlarining joyda mahkamlangan uchlari va ishchi reperlar tarmoqlari;
2) Qurilish maydoni miqyosida-rejalash asosi punktlari, qo'shimcha poligonometriya va nivelirlash yo'llari;
3) Qurilish maydoni chekkasida - geodezik asos punktlari, hamda maxsus barpo etilgan planli va balandlik tarmoqlari.
Ijroiy plan olish odatda geodezik asos punktlaridan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: qutbiy usul, perpindikulyar va stvor, burchak va masofa kesishtirish usullari.
Ijroiy plan olishda asosiy e'tibor inshootning yashirin elementlari, kotlovanlar, poydevorlar, yer osti quvur o'tkazgichlar, kabellar va shu kabilarga qaratiladi.
Yer osti kommunikasiyalarida burilish burchaklar, quduqchalar markazlari, boshqa kommunikasiyalar bilan kesishish joylarining koordinatalari aniqlanadi. Quvurlar diametrlari va quduqlar orasidagi masofalar o'lchanadi. Nivelirlash orqali kotlovan va transheyalar va quvurlar ustki qismining otmetkalari topiladi.
Yo'l tarmoqlarida qayrilma elementlari, qayrilish burchaklari, kesishish va tutatish nuqtalari, temir yo'l o'tkazish strelkalari markazlari, relslar otmetkalari tekshiriladi.
Tik tekislashda bajariladigan ijroiy plan olish yuzani nivelirlash usulida bajariladi. Ochiq joylarda nivelirlash tomonlari 10-20 m kvadratlar orqali amalga oshiriladi.
Joyning faqat relyefini yoki balandlik bo‘yicha tavsifini tasvirlash maqsadida bajariladigan planga olishga balandlik bo‘yicha yoki vertikal planga olish deyiladi.
Planga olishda ishlatiladigan asosiy asbobga qarab planga olish turlicha nomlanadi.
Teodolit va ruletka yordamida o‘lchash ishlarini bajarish orqali konturli (tafsilotli) plan tuzishga teodolit syomkasi deyiladi.
Teodolit-taxeometr (taxeometr)dan foydalanib joy relfini tasvirlash bilan plan tuzishga taxeometrik syomka deyiladi.
Tafsilotlarni syomka qilishni quyidagi asosiy usullari mavjud: qutbiy, perpendikular tushirish (tug‘ri burchakli koordinata), chiziqli kesishtirish, burchakli kesishtirish, stvor va aylanib o‘tish. Syomka qilish usulining tanlash planga olinayotgan joyning tuzilishiga, relyefiga va tuziladigan planning masshtabiga bog‘liq.
Qutbiy usul teodolit yo‘li punktidan tafsilotlarning xarakterli nuqtasigacha bo‘lgan masofani o‘lchash mumkin bo‘lgan joylarda qutbiy usul qo‘llaniladi. Bunda ish quyidagicha bajariladi (10.1-shakl). Tayanch punkt 1ga teodolit o‘rnatiladi, nuqtaga markazlashtiriladi va aylanish o‘qi vertikal holatga keltiriladi, gorizontal doiraning limbi tayanch chizig‘i 1-2 ga oriyentirlanadi. Qarash trubasi punkt 2 dagi vexa yoki reykaga vizirlanadi. Oriyentirlangan limbning mahkamlash vinti punkt 1 da plan olish ishi tamom bo‘lmaguncha bo‘shatilmaydi.



Teodalit ishlaydigan holatga keltirilgach a, b, c, d, e va k nuqtalarga birin-ketin reyka o‘rnatilib, qarash turubasi bu reykalarga vizirlanadi va gorizantal doiradan sanoq olinadi. Bu sanoqlar tayanch chizig‘i 1-2 bilan tafsilotning xarakterli nuqtasi yo‘nalishi orasidagi burchakni ifodalaydi. Shu bilan bir vaqtda tafsilot xarakterli nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar ham teodalit dalnomeri, po‘lat lenta yoki optik dalnomer bilan o‘lchanadi. Qutbiy usulda tafsilotni planga olishda radius vektor uzunligi 11.1-jadvalda keltirilgan uzunlikdan katta bo‘lmasligi kerak.
Perpendikular tushirish usuli. Bu usul plani olinadigan kontorning harakterli nuqtalariga yoki ob’yektdan teodolyit yo‘li tomoniga perpendikuyar tushirish mumkin bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Ish quyidagicha bajariladi (11.2 shakl), binoning a, b va c burchaklarini planga olish uchun ABchiziq bo‘yicha po‘lat lenta tortiladi va unda bino burchaklaridan tushiriladigon perpendikularlar bilan kesishadigan nuqtalar belgilanadi, po‘lat lentalardan d1, d2, d3 sanoqlari olinadi va perpendikularlar uzunligi l1, l2, va l3ruletka bilan o‘lchanadi.

Taxeometrik plan olish deganda, joyning gorizontal va vertikal planini bir yo‘la olish tushiniladi. Taxometrik plan olish natijasida joyning tafsilotlari va relyefi tasvirlangan topografik karta yoki plan hosil bo‘ladi.


Taxeometrik plan asosan 1:1000, 1:2000 va 1:5000 masshtablarda olinadi. Plan olishning bu usuli ko‘pincha murakkab relyefli kichik joyning, shahar, posyolka va qishloqlardagi ochiq joylarning, uzunasiga ketgan inshootlar, masalan, yo‘llar, elektr va telefon liniyalari, gaz, suv, neft quvurlari va shu kabilarning trassalari planini olishda qo‘llaniladi.
Taxeometrik plan olishda asbob o‘rnatilgan nuqta (stansiya) da turib joydagi biror nuqtada o‘rnatilgan reykaga qaratiladi va shu nuqtagacha bo‘lgan masofa (chiziq), uning yo‘nalish burchagi hamda nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi o‘lchanadi. Shularga asoslanib, joydagi nuqtaning uchta koordinatasi: stansiyaga nisbatan planli o‘rni (x, u), balandligi (h) aniqlanadi.
Planga olishda gorizontal va vertikal burchaklar vertikal doiraningbir holatida doira chap yoki doira o‘ng holatida o‘lchanadi. Planga olinayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa iplidalnomer bilan o‘lchanadi.
Taxeometrik syomkadan oldin planga olinadigan hudud rekognossirovka qilinadi, planga olish loyihasi tuziladi va planga olish uchun geodezik asos barpo etiladi.
Planga olish ishlarini boshlashdan oldin teodolit-taxeometr tekshiriladi, vertikal doiraning nol o‘rni aniqlanadi va uni nol gradiusga yaqin holga keltiriladi.
Planga olish asosi tayyor bulgan xolda stansiyada syomka jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi.
1) Taxeometrik yo‘l nuqtasini ustiga teodalit-taxeometr o‘rnatilib ish holatiga keltiriladi, asbobning markazlashtirilgan nuqtaga nisbatan balandligi o‘lchanadi va asbob balandligi planga olishda ishlatilayotgan reykada belgilanib jurnalga yozib qo‘yiladi (10.3-jadval).
2) Limb doirasining noli bilan alidada doirasining noli birlashtirilib (ustma-ust keltirilib) alidada doirasi qotiriladi va limb doirasi bo‘shatilib qarash trubasi qo‘shni tayanch nuqtasiga vizirlanadi (misol uchun 3-stansiyaga 10. 10-shakl) so‘ngra limb doirasi qotirilib alidada doirasi bo‘shatiladi. Syomka jarayonida limb doirasini qotirish va yunaltirish vintlariga tegilmaydi.
3) Joy relfini xarakterli nuqtalariga ketma - ketlikda dalnomer reykasi qo‘yiladi (bu nuqtalar reyka nuqtasi yoki piket nuqta deb ataladi); ular joyda mahkamlanmaydi, qarash trubasi reykaga vizirlanadi; gorizontal va vertikal doiradan dalnomerdan olingan sanoqlar jurnalga yozib boriladi.

To‘g‘ri geometrik shaklning biror nuqtasini, masalan shaklda d, e va k nuqtalarni bu usulda planga olib bo‘lmasa, ular perpendikular tushirilgan a, b va c nuqtalarga nisbatan o‘rnini (ak, cd, de va ke chiziqlar uzunligini) ruletka bilan o‘lchab planga olinadi.
Perpendikular (ordinata) uzunligi ortishi bilan planga olinayotgan nuqtaning plandagi xatoligi ortib boradi, shuning uchun tuzilayotgan planning masshtabiga bog‘luq ravishda perpendikular uzunligi 11.2 jadvalda keltirilgan uzunlikdan oshmasligi kerak.
Radius-vektor uzunligini o‘lchashda ishlatiladigan asbobga va plan masshtabiga bog‘liq holda qutbiy usulda planga olishda radius vektorning chekli uzunligi



Syomka
masshtabi

O‘lchashda ishlatiladigan asbob va tafsilot konturigacha bo‘lgan chekli masofa. m

lenta, ruletka

ipli dalnomer

optik dalnomer

aniq
nuqta

noaniq
nuqta

aniq
nuqta

noaniq
nuqta

aniq
nuqta

noaniq
nuqta

1:500

120

150

40

50

80

120

1:1000

180

200

60

100

120

180

1:2000

250

300

100

120

180

250

Planga olishda yo‘l qo‘yarli perpendikular uzunligi





Syomka
masshtabi

Yo‘l qo‘yarli perpendikular uzunligi. m

Ekersiz

eker bilan

1:2000

8

60

1:1000

6

40

1:500

4

20

Taxeometrik plan olish deganda, joyning gorizontal va vertikal planini bir yo‘la olish tushiniladi. Taxometrik plan olish natijasida joyning tafsilotlari va relyefi tasvirlangan topografik karta yoki plan hosil bo‘ladi.
Taxeometrik plan asosan 1:1000, 1:2000 va 1:5000 masshtablarda olinadi. Plan olishning bu usuli ko‘pincha murakkab relyefli kichik joyning, shahar, posyolka va qishloqlardagi ochiq joylarning, uzunasiga ketgan inshootlar, masalan, yo‘llar, elektr va telefon liniyalari, gaz, suv, neft quvurlari va shu kabilarning trassalari planini olishda qo‘llaniladi.
Taxeometrik plan olishda asbob o‘rnatilgan nuqta (stansiya) da turib joydagi biror nuqtada o‘rnatilgan reykaga qaratiladi va shu nuqtagacha bo‘lgan masofa (chiziq), uning yo‘nalish burchagi hamda nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi o‘lchanadi. Shularga asoslanib, joydagi nuqtaning uchta koordinatasi: stansiyaga nisbatan planli o‘rni (x, u), balandligi (h) aniqlanadi.
Planga olishda gorizontal va vertikal burchaklar vertikal doiraningbir holatida doira chap yoki doira o‘ng holatida o‘lchanadi. Planga olinayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa iplidalnomer bilan o‘lchanadi.
Taxeometrik syomkadan oldin planga olinadigan hudud rekognossirovka qilinadi, planga olish loyihasi tuziladi va planga olish uchun geodezik asos barpo etiladi.
Planga olish ishlarini boshlashdan oldin teodolit-taxeometr tekshiriladi, vertikal doiraning nol o‘rni aniqlanadi va uni nol gradiusga yaqin holga keltiriladi.
Planga olish asosi tayyor bulgan xolda stansiyada syomka jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi.
1) Taxeometrik yo‘l nuqtasini ustiga teodalit-taxeometr o‘rnatilib ish holatiga keltiriladi, asbobning markazlashtirilgan nuqtaga nisbatan balandligi o‘lchanadi va asbob balandligi planga olishda ishlatilayotgan reykada belgilanib jurnalga yozib qo‘yiladi (10.3-jadval).
2) Limb doirasining noli bilan alidada doirasining noli birlashtirilib (ustma-ust keltirilib) alidada doirasi qotiriladi va limb doirasi bo‘shatilib qarash trubasi qo‘shni tayanch nuqtasiga vizirlanadi (misol uchun 3-stansiyaga 10. 10-shakl) so‘ngra limb doirasi qotirilib alidada doirasi bo‘shatiladi. Syomka jarayonida limb doirasini qotirish va yunaltirish vintlariga tegilmaydi.
3) Joy relfini xarakterli nuqtalariga ketma - ketlikda dalnomer reykasi qo‘yiladi (bu nuqtalar reyka nuqtasi yoki piket nuqta deb ataladi); ular joyda mahkamlanmaydi, qarash trubasi reykaga vizirlanadi; gorizontal va vertikal doiradan dalnomerdan olingan sanoqlar jurnalga yozib boriladi.



Piket-lar
nomeri

Doiradan olingan sanoqlar

Dalnomerda
o‘lchangan masofa
(D) m

Masofaning gorizontal proyeksiyasi
(d) m

Qiya-lik burcha-gi
γ

Kuzatish baland-ligi

Download 253.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling