Maxsus kartalar deb qanday kartalar tushiniladi?
Kartada turli ijtimoiy va tabiiy hodisalarni tasvirlanishi;
Obzor – topogrfik kartalar deb qanday kartalar tushiniladi?
Masshtabi 1: 200000 dan 1:500000 gacha bo‘lgan karta.
Pilan nima?
Yer yuzasi kichik qismining tekislikdagi proyeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri.
Profil nima.
Yer yuzasining berilgan yo‘nalish bo‘yicha vertikal kesimini kichraytirib qog‘ozga tushirilgan tasviri.
Chiziq yo‘nalishini asosiy yo‘nalishga nisbatan aniqlashiga nima deyiladi.
Oriyentrlash.
Deriksion burchak nima?
O‘q meridian yoki unga parallel bo‘lgan chiziqdan soat mili yo‘nalishi bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan burchak.
Rumb nima?
O‘q meridianning yaqin uchidan chiziq yunalishigacha o‘lchangan burchak.
O‘q meridianining shimoliy uchidan soat mili yo‘nalishi bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan burchak nima?
Azimut.
Relyef necha turga bo‘linadi?
Qavariq va botiq.
Absolyut balandlik yoki balandlikning son bilan ifodalanishi nima?
Otmetka.
Agar A nuqtaning absolyut balandligi 154 metr, В nuqtaniki 142 metr bo‘lsa nisbiy balandlik necha metrga teng bo‘ladi?
12 metrga teng.
Gorizontal deb nimaga aytilad?
Balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqqa.
Joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathiga nisbatan aniqlanishi nima?
Absolyut balandlik.
Karta yoki planda rel’yef nimalar bilan aniqlanadi?
Gorizontallar bilan.
Nuqta absolyut balandligining raqam bilan ifodalanishi nima?
Otmetka.
Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligi nima?
Absolyut balandlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |