Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Download 395.5 Kb.
bet19/54
Sana23.04.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1383482
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари

Шартли белгилар

Тузувчи: М.Атаков









Тасдиқлайман
Ер тузиш ва ердан фойдаланиш кафедраси мудири ___________ C.Асатов

Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-16

  1. Геодезия фани ва унинг вазифалари.

Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir.
Geodeziya - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi
Geodeziya fanining vazifalari qo‘yidagilarni tashkil qiladi:
1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini o‘rganish.
2. O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o‘rganish.
3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylash-tirish usullarini o‘rganish.
4. Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.



  1. Абсолют, нисбий ва шартли баландликлар.

Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal proeksiyalarini va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo‘ladi. Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to‘g‘ri burchakli (abssissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning ABCD to‘rtburchagi o‘lchamlari katta bo‘lmasa (rasm, b), uni sathiy P sirtga loyihalashda gorizontal P tekislik bilan almashtirish mumkin.
Joy nuqtasidan o‘tuvchi sathiy sirtdan sanoq boshlanishi deb qabul qilingan sathiy sirtgacha bo‘lgan masofa balandlik deyiladi. Balandlikning sonli qiymat belgi deb ataladi. Gorizontal Р sathiy sirtdan sanaladigan balandliklar Нa, Нb, Нс, Нd, absolyut (mutlaq) balandliklar, istalgan Р' sirtga keltirilgan balandliklar shartli balandliklar deyiladi. MDH da mutlaq balandliklar sanoq boshi qilib Boltiq dengizi suvi o‘rtacha sathini belgilovchi Kronshtadt futshtoki (mis taxtasi) noli qabul qilingan, bo‘nga Boltiq balandliklar sistemasi deyiladi.
Agar joyning A va В nuqtalaridan sathiy sirtlar o‘tkazilgan deb faraz qilinsa, unda balandliklar farqi Aa-Вb=h nicbiy balandlik (orttirma) deyiladi. Bir nuqta-ning ikkinchi nuqtadan nisbiy balandligini va nuqtalardan birining balandligini bilgan holda boshqa nuqtaning balandligini topish mumkin




  1. Download 395.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling