Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Download 395.5 Kb.
bet4/54
Sana23.04.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1383482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари

Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-2
1.Геодезия фани ва унинг вазифалари.
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir.
Geodeziya - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi
Geodeziya fanining vazifalari qo‘yidagilarni tashkil qiladi:
1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini o‘rganish.
2. O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o‘rganish.
3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylash-tirish usullarini o‘rganish.
4. Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.


2.Сатхий сирт. Геоид.
Satxiy sirt deb tinch holatdagi okean suvlari satxining fikran quruqliklar tagidan davom etirilishidan hosil bo‘lgan dumaloq shaklga aytiladi. Bu shaklni 1873 yili nemis fiziki Listing geoid (yer shakli) deb atadi. Satxiy sirt shovun chiziq yo‘nalishi orqali belgilanadi. Shunga ko‘ra satxiy sirt bilan chegaralangan geoid juda murakkab shaklda bo‘lib, geometrik shakllarning hech biriga o‘hshamaydi. Yer qobig‘idagi massa zichligini aniq bilmay turib, geoidning materikdagi yuzasi ko‘rinishini ham aniqlab bo‘lmaydi. Yer qa’risida uzluksiz davom etuvchi geologik o‘zgarishlar tufayli Yer uzluksiz kerishib turadi. Shunga ko‘ra, o‘zgaruvchan harakatdagi bu geoidning shakl va o‘lchamlarini matematika formulalari bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bu geoid o‘rniga yuzasi matematikada aniqlanadigan, o‘zi geoidga eng yaqin kela-digan (o‘xshashroq bo‘lgan) boshqa matematik shakl qabul qilinadi. Ko‘p tadqiqotlarga ko‘ra geoidga eng yaqin keladigan shakl aylanish ellipsoidi deb topildi.

Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling