Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Download 395.5 Kb.
|
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Геодезия фанидан якуний назорат саволлари Вариант-34 Абсолют, нисбий ва шартли баландликлар
- Берунийнинг таянч пунктлар тармоғи Масштаб аниқлиги Карта, план ва улар орасидаги фарқ.
Тузувчи: М.Атаков
Геодезия фанидан якуний назорат саволлари Вариант-34 Абсолют, нисбий ва шартли баландликлар Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal proeksiyalarini va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo‘ladi. Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to‘g‘ri burchakli (abssissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning ABCD to‘rtburchagi o‘lchamlari katta bo‘lmasa (rasm, b), uni sathiy P sirtga loyihalashda gorizontal P tekislik bilan almashtirish mumkin. Joy nuqtasidan o‘tuvchi sathiy sirtdan sanoq boshlanishi deb qabul qilingan sathiy sirtgacha bo‘lgan masofa balandlik deyiladi. Balandlikning sonli qiymat belgi deb ataladi. Gorizontal Р sathiy sirtdan sanaladigan balandliklar Нa, Нb, Нс, Нd, absolyut (mutlaq) balandliklar, istalgan Р' sirtga keltirilgan balandliklar shartli balandliklar deyiladi. MDH da mutlaq balandliklar sanoq boshi qilib Boltiq dengizi suvi o‘rtacha sathini belgilovchi Kronshtadt futshtoki (mis taxtasi) noli qabul qilingan, bo‘nga Boltiq balandliklar sistemasi deyiladi. Agar joyning A va В nuqtalaridan sathiy sirtlar o‘tkazilgan deb faraz qilinsa, unda balandliklar farqi Aa-Вb=h nicbiy balandlik (orttirma) deyiladi. Bir nuqta-ning ikkinchi nuqtadan nisbiy balandligini va nuqtalardan birining balandligini bilgan holda boshqa nuqtaning balandligini topish mumkin Берунийнинг таянч пунктлар тармоғи Масштаб аниқлиги Карта, план ва улар орасидаги фарқ. Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yo‘l, kanal, tog‘–tepa, soy kabi joylar yuzasini xarakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekkslikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. Plan. Joy kichik bo‘lagining Yer egriligini xisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsaqilib, joyning baland–pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi. Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini Yerning egriligiii hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun Yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar turli masshtabda tuzila–di. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi: a) yirik masshtabli karta– lar bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; b) o‘rta masshtabli kartalar; bular jumlasiga masshtabi 1:100000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) mayda massh-tabli kartalar; bularga masshtabi 1:1000000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo‘ladi. Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda massh-tabli kartalar geografik kartalar bo‘ladi. Download 395.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling