Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Download 395.5 Kb.
bet1/54
Sana23.04.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1383482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари








Тасдиқлайман
Ер тузиш ва ердан фойдаланиш кафедраси мудири ___________ C.Асатов



Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-1
1.Геодезия фани ва унинг вазифалари.
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir.
Geodeziya - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi
Geodeziya fanining vazifalari qo‘yidagilarni tashkil qiladi:
1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini o‘rganish.
2. O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o‘rganish.
3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylash-tirish usullarini o‘rganish.
4. Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.


2.Ернинг шакли ва ўлчамлари хақида тушунча
Yerning o‘lchamlarini aniqlovchi a ,b va α lar yer ellipsondining parametrlari deyiladi. Yerning matematik shakli yuzasini o‘rg anishda shunday ellipsoid tanlanadiki, u o‘z parametrining qiymatlari jihatidan geoidga yuqoridagi shartlar asosida eng yaqin keladigan va yerning tanasiga yaxshi joylashadigan bo‘lsin. Bunday yer ellipsoidiga referens-ellipsoid deyiladi.
Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug‘ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yer shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi Eratosfen asarlarida uchratish mumkin. Mamun xalifaligining siyosiy va ilmiy markazi bo‘lgan Bog‘dod shahari observatoriyasida ishlagan xorazmlik ulug‘ matematik va astronom, xozirgi zamon algebrasining asoschisi Muxammad ibn Musa al- Xorazmiy o‘z asarlarida yer shaklini ilmiy asoslab bergan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o‘zining 2 tomlik «Geodeziya» asarida yer shaklini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganib jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlarini keyinchalik Yevropa olimlari o‘rganib revojlantirdilar.
Yer shari kattaligini aniqlashning geodezik metodi gradus o‘lchashlar metodi deb yuritiladi:
R=(360˚/2ᴨ)S S-meridianning 1˚yoyi uzunligi
S=D/∆φ R-meridian aylanmasining radiusi



Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling