Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Давлат геодезик тармоқлари ҳақида тушунча
Download 395.5 Kb.
|
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Сонли масштаб
Давлат геодезик тармоқлари ҳақида тушунча
Berilgan katta yoki kichik joyning plan, karta va profilini chizish uchun avval shu joyda yuqorida tanishilgan s’yomka usullarining biri bilan gorizontal yoki vertikal s’yomka ishlari olib boriladi. S’yomka natijalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun ularni ilmiy asoslab, bir sistemada olib borish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, hamma vaqt har qanday geodezik ish «umumdan bo‘lakka o‘tish» deyiladigan qoida asosida olib boriladi. Bu qoida tatbiq etilganda o‘lchash va hisoblash davrida sodir bo‘ladigan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga imkoniyat tug‘iladi. Umumdan bo‘lakka o‘tish usulining mohiyati shundaki, avval joyda bir necha nuqtalar o‘rni, masalan, koordinatalari yoki balandliklari yuqori aniqlik bilan topiladi va ular bosh tayanch nuqtalar deyiladi. Keyin bu tayanch nuqtalar asosida shu nuqtalar atrofida ikkinchi darajali nuqtalar olinadi.Ular son jihatidan ko‘proq va bir–biriga yaqinroq bo‘lib, ularda o‘lchash aniqligi ham kamroq bo‘ladi. Keyin bu nuqtalar asosida uchinchi darajali bir necha nuqta topiladiki, bular ikkinchi darajali tayanch nukta bo‘ladi. Bu nuqtalar oralig‘i yana kichikroq va o‘lchash aniqligi ham yana kamroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan topilgan nuqtalardan yasalgan ko‘p burchaklik geodezik tarmoqlar deyilib, bunda quyi darajadagi tayanch nuqtalar yuqori darajadagi tayanch nuqtalarga asoslanadi. Bu tayanch nuqtalar to‘ri pgayanch nuqtalar tarmog‘i ham deyiladi. Koordinata va balandliklari ma’lum va to‘rli masofalarda yerga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoq–lari deb ataladi. Tarmoqlar va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi. Сонли масштаб Plan, karta va profil joyda o‘lchangan gorizontal, vertikal uzun-liklarni bir necha marta kichraytib qog‘ozga tushirish orqali chiziladi. Uzunlikni kichraytib yoki kattalashtirib ifodalash masshtab deyiladi. Plandagi kesma uzunligi l ning shu kesmaning joydagi uzunligi L ga bo‘lgan nisbati plan masshtabi deb ataladi. Kichraytish darajasini con yoki chiziq bilan ifodalash mumkin; shunga ko‘ra, masshtab sonli va chizig‘iy (grafik) bo‘ladi. Surati bir bo‘lib, maxraji kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi oddiy kasr sonli masshtab deyiladi Masalan, plandagi sm joydagi L=100 m bo‘lca, planning sonli masshtabi l4=5cm/100m=5/10000=1/2000 bo‘ladi, yani plan chizishda joida o‘lchangan chiziq uzunligi 2000 marta kichraytib qog‘ozga tushiriladi. Sonli masshtab maxraji kichik son bo‘lsa, yirik masshtab, katta son bo‘lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan,1/200 yirik,1/5000 mayda masshtab. Шартли белгилар Тузувчи: М.Атаков Download 395.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling