Geodeziya, kartografiya va geografiya
Download 15 Kb.
|
Shaxsiy ish reja. Baxtiyorova Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY ISHNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA KALENDAR TEMATIK ISH REJASI
- Kalendar tematik ish rejasi
- Ilmiy rahbar: N. Sa`dullayeva
Ishning asosiy maqsadi: O`zbekistondagi ichki va tashqi migratsiyasi borasidagi vaziyatni, aholining ichki va tashqi migratsion holatini o`rganish asosida tegishlli xulosalar chiqarish va migratsion jarayonlarni o`rganish va tahlil qilishda kartografik tadqiqot usullarini rolini ifodalab berish.
Ishning amaliy ahamiyati: Olib borilgan tadqiqot O`zbekistonda aholi migratsiyasini kechagi va bugungi holatini o`rganish, tahlil qilish va kartalarini yaratish orqali ahamiyatlidir. IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY ISHNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA KALENDAR TEMATIK ISH REJASIUrganch Davlat Universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi, 193-guruh talabasi Baxtiyorova Maftunaning “Aholi migratsiyasi xaritalarini loyihalash va tuzish” mavzusidagi ilmiy ishni amalga oshirish bo‘yicha Kalendar tematik ish rejasi
Kafedra mudiri: A.G. Abdullayev Ilmiy rahbar: N. Sa`dullayevaIqtidorli talaba: M. Baxtiyorova UrDU Tabiiy fanlar fakulteti Geodeziya, kartgrafiya, geografiya kafedra- sining 2021 yilda bo‘lib o‘tgan -sonli majlis bayonnomasidan KO‘CHIRMAKUN TARTIBI: Iqtidorli talabalarning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha tanlangan mavzulari va uni muhokamasi Har xil masalalar. QATNASHDILAR: Kafedra mudiri dots. A.G.Abdullayev, kafedraning professor- o‘qituvchilari va talabalari. SO‘ZGA CHIQDI: Kafedra mudiri A.G.Abdullayev so‘zga chiqib, “Geodeziya, kartografiya va kadastr” va “Geografiya” yo‘nalishi iqtidorli talabalarning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha mavzu tanlash, ularni kafedra professor- o‘qituvchilariga biriktirish va uni bajarish tartibi, ilmiy rahbarlari bilan tanlangan mavzulari ustida reja asosida ish olib borishligini gapirib o‘tdi. ESHITILDI: Geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi dotsenti S.A. Avezov so‘zga chiqib iqtidorli talabalarni kafedra bazasidagi yechimini kutayotgan muammoli mavzular bilan tanishtirdi. Kafedra iqtidorli talabasi Baxtiyorova Maftuna Maqsud qizi o‘zining qiziqishiga ko‘ra “Aholi migratsiyasi xaritalarini loyihalash va tuzish” nomli ish mavzusini tanladi. Ushbu tanlangan mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 19-iyunda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi” qonuni va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me`yoriy- xuquqiy hujjatlarda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga ushbu ilmiy maqola tadqiqotiga muayyan darajada xissa qo‘shadi. Ushbu tadqiqot obyekti sifatida aholi migratsiyasining o`ziga xos xususiyatlari, yo`nalishlari va turlari , shuningdek aholi migratsiyasiga ta`sir etadigan omillar atroflicha o`rganiladi; aholi migratsiyasi kartalarining ahamiyati, xususiyati va tasnifi yoritiladi; aholi migratsiyasiga oid xaritalarni yaratish bo`yicha O`zbekistonda va ayrim xorij mamlakatlarida orttirilgan tajribalar tahlil qilindi va umumlashtirildi; aholi migratsiyasiga oid xaritalardan foydalanishni asosiy yo`nalishlari ko`rsatildi va aholi migratsiyasiga oid masalalarni samarali yechim topishda kartografik metodni qo`llashning yaxshilash yo`llari bo`yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Download 15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling