Geodeziyada qo'llaniladigan o'lchov birliklari


Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi


Download 32.17 Kb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1262670
1   2   3   4
Bog'liq
Geodeziyada qo\'llaniladigan o\'lchov birliklari

Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yo‘l, kanal, tog‘–tepa, soy kabi joylar yuzasini xarakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekkslikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Plan. Joy kichik bo‘lagining Yer egriligini xisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsaqilib, joyning baland–pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi.
Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini Yerning egriligiii hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun Yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar turli masshtabda tuzila–di. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi: a) yirik masshtabli karta–
lar bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; b) o‘rta masshtabli kartalar; bular jumlasiga masshtabi 1:100000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) mayda massh-tabli kartalar; bularga masshtabi 1:1000000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo‘ladi. Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda massh-tabli kartalar geografik kartalar bo‘ladi.
Profil. Chizig‘iy inshootlarda (yo‘l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash kifoya qilmaydi. Bunda ma’lum chiziqdagi nuqtalar–ning vertikal tekislikdagi o‘rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo‘la-di. Joyda bir yo‘nalishdagi chiziqning verti-kal kesimining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri profil deyiladi. Profilda chizig‘iy inshootlar loyihalanadi. II. shaklda relefning xarakterli nuqtalari A, V, S va D larning satxiy yuzadan balandligi N lar topilgan Keyin 19-rasm shu otmetkalar bo‘yicha profil chizilgan. Buning uchun OR to‘g‘ri chizyq olinib, 0 dan joydagi d1, d2 ,d3, lar gorizontal masofa masshtabi bo‘yicha qo‘yilib, M,N,R nuqtalar topiladi. Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal marsh–tab bo‘yicha qo‘yilib topilgan a, v, s va d nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi avsd siniq chiziq yasaladiki, bu chiziq joydagi AVSD ning profili bo‘ladi.

2. Masshtablar


Plan, karta va profil joyda o‘lchangan gorizontal, vertikal uzun-liklarni bir necha marta kichraytib qog‘ozga tushirish orqali chiziladi. Uzunlikni kichraytib yoki kattalashtirib ifodalash masshtab deyiladi. Plandagi kesma uzunligi l ning shu kesmaning joydagi uzunligi L ga bo‘lgan nisbati plan masshtabi deb ataladi. Kichraytish darajasini con yoki chiziq bilan ifodalash mumkin; shunga ko‘ra, masshtab sonli va chizig‘iy (grafik) bo‘ladi. Surati bir bo‘lib, maxraji kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi oddiy kasr sonli masshtab deyiladi. Masalan, plandagi sm joydagi L=100 m bo‘lca, planning sonli masshtabi
bo‘ladi, yani plan chizishda joida o‘lchangan chiziq uzunligi 2000 marta kichraytib qog‘ozga tushiriladi. Sonli masshtab maxraji kichik son bo‘lsa, yirik masshtab, katta son bo‘lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan, yirik, mayda masshtab. Injenerltk geodeziya-si ishlarida , , , , va masshtablar ko‘proq qo‘l-laniladi.

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling