Geodeziyaning ananaviy va yo’ldosh uslublari orasidagi prinspial farqlarni ayting?


Download 18.44 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi18.44 Kb.
#1230253
  1   2
Bog'liq
Artikovdan


prinspi Geodeziyaning ananaviy va yo’ldosh uslublari orasidagi
prinspial farqlarni ayting?
Kosmik geodeziya va global navigasiya sun’iy yo‘ldoshlar tizimining uslublari, an’anaviy uslublarga nisbatan, bir qator ustunliklarga ega. Bir necha ming kilometrlarga, Yer massasi markaziga keltirilgan koordinatani uzatishda va absolyut koordinata tizimida qurilmalarni yaratishda tez imkoniyatlar paydo bo‘ladi. YeSYi kuzatishlari bo‘yicha gravitasion maydonning parametrlarini aniqlash, Yer yuzasida nisbatan, ko‘p bo‘lmagan stansiyalarni talab etadi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan an’anaviy usullarda esa, quruqliqda va dengizda ham, punktlarning zich to‘rlari bo‘lishiga asoslanadi. Yo‘ldoshli altimetriyani qo‘llash, qisqa vaqt ichida okeanlarda, geoid shaklini batafsil o‘rganish, boshqa geodezik va okeanografik ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

GPS uslublarini kamchiliklarini ayting?
GPSning kamchiliklari quyidagilar:
-balandlik va koordinatani lokal geodezik tizimda, balandlikni esa – qo‘shimcha normal (yoki ortometrik) balandlikga o‘zgartirishdagi muammo;
-to‘siqlar va radioto‘lqinlarga bog‘liqlik;
-balandliklarni aniqlash aniqligi, planli koordinatalarni aniqlash aniqligiga qaraganda 2-5 martaga pastdir;
-uskunalar narxlarini yuqoriligi va dasturlar bilan ta’minlashdagi murakkabliklar.

Kosmik geodeziya fan sifatida qachon paydo bo’lgan ?
“Kosmik geodeziya” fani, fan sifatida XX asrning 60-yillarida
Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirilgandan keyin
paydo bo‘ldi. 30 yillar mobaynida yo‘ldosh geodeziyasi usullari
faqatgina, ilmiy jihatdan qaraldi. Yer yuzidagi punktlar joylashuvini
aniqlashda aniqlik, eng yaxshi hollarda, metrlar birligini tashkil qilardi.
Bu ham, juda qimmat apparaturalarni, davomiyli va mashaqqatli katta
hajmdagi qo‘l mehnatini talab qilardi. Kosmik geodeziyadagi tubdan
o‘zgarish 1980 yillarning boshlarida NAVSTAR GPS amerika va
GLONASS sobiq sovet tizimlari – yo‘ldoshli radionavigasiya tizimlarining,
ikkinchi avlodlarini yaratilishi natijasida yuzaga keldi



Rossiyada (sobiq SSSR ) da yo’ldoshli texnologiyalar qachon paydo bo’lgan?
Rossiya to‘rli o‘rta orbital SRNS GLONASS tizimi uzluksiz va yuqori aniqlikda fazoviy o‘rnini, vaqtni hamda Yerning har qanday nuqtasida va yer yaqinidagi fazoda turli ko‘rinishdagi foydalanuvchilar uchun tezlikni aniqlashga mo‘ljallangan.

Download 18.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling