Geoekologik muammolarning turlari


Download 26.35 Kb.
bet5/6
Sana28.09.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1689261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geoekologik

Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar – oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar – jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi – Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar – ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.

Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar.


Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqalari natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, Transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug’oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho’rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o’rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo’linib qoladi, hech bo’lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to’zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o’lim 2 marta ortgan. Bolalar o’limi har tug’ilayotgan !000 ta chaqaloqdan 45-90 taga to”g’ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog’liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo’jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish e’tiborga olinishi lozim.
Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati,yerlarni sug’orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

  1. Yirik hududiy sanoat majmualari joylashgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va hjkozo.)

  2. Orol va Orolbo’yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.

  3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi.

  4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog’lar tarmog’ini kengaytirish.

Taʼkidlash joizki, ekologik-huquqiy javobgarlik bu bu belgilab qoʻyilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida vujudga kelib, u subyektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon boʻladi.Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari buzilganda amaldagi qonunlarimizga muvofiq ekologik-huquqiy javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:

  1. Intizomiy javobgarlik

  2. Maʼmuriy javobgarlik

  3. Fuqarolik javobgarlik

  4. Jinoiy-huquqiy javobgarlik

Ekologik qonun talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, xususan? Ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling