Geoekologik muammolarning turlari
Download 26.35 Kb.
|
Geoekologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoekologik muammolar
- Geoekologik muammolarning turlari.
Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiiy jarayonlar va inson faoliyati bilan bog‘liq tarzda ro‘y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiylari: vulqon otilishi, zilzila, surilma, ko‘chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, yong‘inlar va boshqalar. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda inson ishtiroki bo‘lmaydi. Inson va tabiiy muhitning o‘zaro ta’siri kelib chiqishi jihatidan ekologik muammo hisoblanadi. Lekin, u ma’lum geotizimda turli miqyosda hamda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar asosida ro‘y bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi, ya’ni ekologik muammo muayyan geotizimda tarkib topib, shakllanib, rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu nuqtayi nazardan geoekologik muammo deyiladi. Geoekologik muammolar – insonlarning sog‘ligi va xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o‘zaro ta’siri; geograf ya, ekologiya, geologiya va boshqa fanlarning integratsiyasini talab etadigan fanlararo ahamiyat kasb etishi; resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning mavjudligi; geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko‘rsatkich bilan tavsiflash mumkin emasligi. Geoekologik muammolarning turlari. Geoekologik muammo qotib qolgan, o‘zgarmas holat bo‘lmay, balki muntazam ravishda o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‘p sonli oddiy muammolar tizimidir. Geoekologik muammolarni bir qancha ko‘rsatkichlar (xo‘jalik sohalari bilan bog‘liq, egallagan maydoni bo‘yicha, oqibatiga ko‘ra, kelib chiqish omillari) bo‘yicha tasniflash mumkin, lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib shakllanadi. Shu sababli, bunday muammolar tarqalgan maydoni bo‘yicha – sayyoraviy, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi. Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling