Afrikadagi faol va soʻngan vulqonlar Reja: Kirish


Download 1.9 Mb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1132879
  1   2   3   4
Bog'liq
Afrikadagi faol va soʻngan vulqonlar



Afrikadagi faol va soʻngan vulqonlar
Reja:
Kirish.
1. Afrikaning tabiiy geografik oʻrni.
2. Afrikaning geotektonik tuzilishi va seysmik mintaqalari.
3. Vulqonlarning relyef hosil qiluvchi oʻrni.
3.1. Afrikadagi faol vulqonlar.
3.2. Afrikadagi soʻngan vulqonlar.
Xulosa.
Foydalanilgan manbalar roʻyxati.


KIRISH
Ushbu kurs ishining mazmuni Afrika materigidagi faol hamda soʻngan vulqonlarni koʻrib chiqishga bagʻish- langan. Vulqon — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi.
Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Soʻnmagan vulqon geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarda joylashgan. Afrika materigining maydoni 29,6 mln. km², orollari bilan 30,3 mln. km². Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shimolidan janubga tomon qariyb 8 ming kmga choʻzilgan. Shimoliy qismining eni 7500km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Janubiy qismining eni 3100km. Shimolida Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120 km li Suvaysh boʻyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km).

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling