“geoekologiya asoslari ”
Download 0.58 Mb.
|
Geoekol majmua
Inson ekologiyasi – insonning biologik tur (biotik va abiotik omillar) va sotsial (psixologik, ijtimoiy,itisodiy, siyosiy) mohiyatini e’tiborga olgan holda uning hayotiy faoliyatinining optimal sharoitlarini o‘rganadigan fandir. Inson ekologiyasi odamlar orasidagi o‘zaro sotsial – psixologik va ekologik munosabatlarni ham, ularning tabiatga munosabatini ham o‘z ichga oladi. Boshqacharoq qilib aytganda, inson ekologiyasi tabiiy muhitning insonga va uning organizmiga ta’siri to‘g‘risidagi ta’limotdir. Alohida ta’kidlash lozimki, tabiiy muhit insonga sotsial omillar va jarayonlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Inson ekologiyasi yangi birikma (integrativ} fan bo‘lib, u bioekologiya, tibbiy geografiya va tibbiyot fanlari oralig‘ida vujudga keldi va kishilarning atrof muhit bilan o‘zaro aloqalarining qonuniyatlarini, aholi rivojlanishi masalalarini, inson salomatligini asrash, uning jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini talkomillashtirish masalalarini ham tadqiq qilmoqda. Ammo ta’kidlash joizki, inson ekologiyasining o‘rganish predmeti to‘g‘risidagi masala bahsli bo‘lib qolmoqda va sohada munozaralar davom etmoqda. Ayrim olimlar (S.S. Shvarts, A.B. Katsura va b.) inson ekologiyasi va global ekologiyani o‘xshash yoki bitta fan deb hisoblasalar, boshqalari (S.X.Solomina ba b.) inson ekologiyasini sotsial ekologia va biosfera ekologiyasi bilan birga global ekologiya tarkibiga kiritadilar. N.P.Fedorenko va N.F. Reymers esa inson ekologiyasi tarkibiga xemoekologiya, sotsial ekologiya va global ekologiani ham kiritadi. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning majmuali muammolari sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar sotsial tizimlar va tabiiy muhit orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan yangi fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu fan sotsial (ijtimoiy) ekologiya deb nom oldi. Sotsial ekologiya “jamiyat – tabiat” tizimidagi o‘zaro munosabatlarni, ya’ni jamiyatnng tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirini organish, atrof muhitni muhofaza qilish va insonning hayotiy muhitini optimallashtirishni o‘z ichiga oladigan tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, energiya resurslari muammosi, atrof muhitni himoya qilish, ommaviy ochlik va xavfli kasalliklarni bartaraf qilish muammosi, Dunyo okeani boyliklarini o‘zlashtirish va boshqa umumbashariy taraqqiyot muammolarini tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. “Sotsial ekologiya” termini dastlab amerikalik sotsiologlar R.Parks va Y.Berjess ishlarida qo’llanilgan. V.D Komarov sotsial ekologiyani integrativ fan hisoblagan holda bu fanning predmetini atrof muhit tashkil etadi deb hisoblaydi. Sotsial ekologiya geoekologiya,falsafa, iqtisodiyot va boshqa fanlar negizida predmetiga ko‘ra mustaqil, ammo tadqiqot metodlariga ko‘ra bilimning jamiyatning atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi fanlararo sohasi bo‘lib, u tabiat va ison xo‘jalik faoliyatinining holatini bu munosabatlarni turli iyerarxik darajada optimallashtirish maqsadida tartibga solishni ta’minlashi lozim. Global ekologik muammolarni geografik usullarga tayanib hal qilish ucnun “Global ekologiya” deb nom olgan ilniy yo‘nalish vujudga keldi. Global ekologiyaning asosiy vazifasini biosferaning xo‘jalik rivojlanishining turli yo‘nalishlaridagi inson faoliyati ta’siri ostida ehtimoliy o‘zgarishlarining bashoratlarini ishlab chiqish tadskil etadi. Inson faoliyatining yirik miqyosli tabiiy jarayonlarga ta’sirining kuchayishiga bog‘liq holda global ekologik muammolarning ko‘lamlari ham tobora kengayib bormoqda. Chunki bu ta’sirlar tufayli biosfera va uni tashkil etuvchi geosferalarda kuchli antropogen o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Shu sababli biosferada sodir bo‘layotgan global jarayonlar va ularni boshqarish, hidrosferada suvning aylanishi va uni boshqarish, atmosferadagi global jarayonlar, iqlimning ehtimoliy o‘zgarishi va uni boshqarish va biosfera evolyutsiyasining qonuniyatlarini aniqlash global ekologiya tadqiqotlarining eng muhim masalalarini tashkil etadi. Sotsial ekologiya ham, global ekologiya ham jamiyat va biosfera orasidagi ekologik o‘zaro ta’sirni o‘rganadi. Ammo global ekologiya biosferaning boshqa qolgan noorganik tabiat bilan o‘zaro ta’sirini tadqiq qiladi. Hozirgi ekologiya fanlari tizimida amaliy y‘nalishdagi muhandislik ekologiyasi, qishloq xo‘jalik ekologiyasi, tibbiy ekologiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling