15-ma’ruza. 15-mavzu. “Muhandislik ekologiyasi” hamda “


Download 40.6 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi40.6 Kb.
#1485790
  1   2   3   4   5
Bog'liq
YK-kund,15-ma\'ruza


15-ma’ruza. 15-mavzu. Muhandislik ekologiyasi” hamda Mehnat xavfsizligini boshqarish“ fanlarining maqsad va vazifalari(2 soat).
Reja:
1.Muhandislik ekologiyasi faniga kirish;
2.Fanning maqsad va vazifalari;
3.O‘zbekiston va dunyodagi atrof muhit holati;
4.Fan va texnikani o‘sib borishi va ekologiya;
5.Mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
6.O‘zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish" to‘g‘risidagi qonuni, xavflarni boshqarish rejasi.


1.Muhandislik ekologiyasi faniga kirish.
Bugungi kunda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalasi eng dolzarb va kechiktirib bo’lmaydigan muammolardan biriga aylandi. Sababi fan va texnikaning rivojlanishi, demografik o’sish, shuningdek ilm-fan yutuqlarini keng miqyosda ishlab chiqishga joriy etish kelajak avlod taqdirini havfli nuqtaga keltirib qo’ydi.
​Shu sababdan bugungi kunda atrof muhit muhofazasi masalasiga, ekologiya fanining qonun va prinsiplarini o’sib kelayotgan avlodga chuqurroq o’rgatish, ta’lim berishga katta e’tibor berish zarurdir.
Shu o’rinda «Muxandislik ekologiyasi» fanining bo’lajak ekolog va atrof muhit muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarga o’qitilishi ham muhim rol o’ynaydi. Sababi bu fanda sanoat korxonalarining barcha sohalarining asosiy ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning borish mexanizmlari, sxemalari, shuningdek shu texnologiyalarning ishlatilishi natijasida hosil bo’layotgan atrof muhitga bo’ladigan salbiy ta’sir va ularni bartaraf etish yo’llari to’liq muhokama qilinadi.
Bundan tashqari kursda bugungi kunda xalq xo’jaligi va sanoatning turli sohalarida mavjud bo’lgan asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, borish mexanizmlari, texnologiyalari, hamda bu korxonalarda mavjud bo’lgan ekologik muammolar, ularni bartaraf etish yo’llariga ham alohida e’tibor berilgandir.​
2.Fanning maqsad va vazifalari.
Fani o’qitishdan maqsad – talabalarga sanoat texnologiyalarining rivojlanishi natijasida atrof muhitga tashlanadigan chiqindilarning ortishi, ekologik holatning keskinlashuvining salbiy oqibatlarini oldini olish yo’llari, xalq xo’jaligining barcha sohalarida va maishiy hayotda chiqindisiz va kamchiqindili texnologiyalarni yaratish, chiqindilarni maqsadga muvofiq ravishda qayta ishlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, suv havzalari va havo basseynini ifloslanishini oldini olish, bu sohalarda ta’lim va tarbiyaviy, rag’batlantirish va jazo choralarini to’g’ri tashkil qilish va amalga oshirish xaqida chuqur bilim berishdir.
Fanning vazifasi esa – talabalarga keng qamrovli ilmiy-ijodiy bilim berish va ularning kelajak mutaxassislik faoliyatida mustaqil ravishda olgan bilimlarini xalq xo’jaligiga va atrof-muhit muhofazasi ishlariga tadbiq qila oladigan mutaxassis qilib yetishtirishdir.\

Download 40.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling