15-ma’ruza. 15-mavzu. “Muhandislik ekologiyasi” hamda “


Fan va texnikani o‘sib borishi va ekologiya


Download 40.6 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi40.6 Kb.
#1485790
1   2   3   4   5
Bog'liq
YK-kund,15-ma\'ruza

4.Fan va texnikani o‘sib borishi va ekologiya.
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatning taraqqiy etib borishi, fan-texnikani rivojlanishi, moddiy turmushni yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi kunda ma’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga texnika vositalarini borgan sari kundan kunga chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikrga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt. O‘zingizga ma’lum, texnikani rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu insonning o‘zini kam harakat qilib qo‘yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda, tosterda o‘zingizga biror bir yegulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib, kun bo‘yi kompyuter yonida va telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli faol harakat qilmadingiz. Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va uning ehtiyojlarni qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning rivojlanishi esa o‘z yo‘lida atrof-muhitga ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim? Albatta, har qanday fikrlovchi insonlarda bu kabi savollarni tug‘ilishi tabiiydir. Avvalo inson o’zining “aql” ko‘zi bilan tabiatga chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlarni, o‘simliklarni, yer ustki va yer osti barcha tabiiy resurslarni uning o‘zi uchun yaratilganligi va ularning barchasi unga xizmat qilmoqligini, undan keyin ham bu yerda – ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i lozim. Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. Yer va uni o‘rab turgan havo – suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi – INSON uchun, uning shu dunyoda yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo‘lgan o‘z mehrini oshirishga, uni asrab avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashiga harakat qilishi lozim. Lekin ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrab avaylamaydi. Yer ularning barcha “nomaqbulchiligini”, “erkaligini” ko‘taradi deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-muhitni keskin ifloslanishi, ekologik muvozanatni izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning “nomaqbul”chiligini yorqin dalili, uning amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi, turli energetik aloqalar bilan bog‘langan sistema bo‘lib, bu aloqalarni buzilishi, uni izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy jarayonlarni buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv qoldirilgan ekan: «Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun o‘limga mahkum bo‘ladi». Bu to‘g‘rida ko‘plab gapirish va misollar keltirish mumkin.
Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. Chunki yer planetasi aholisi o‘tgan asr boshidan 1,5 mlrddan yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8mlrdgacha o‘sdi. Bu esa o‘z yo’lida yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash uchun yerlarni, tabiiy resurslarni, energiyani shiddat bilan ko‘ppoq ishlatilishiga olib keldi. Shu kunlarda yerdan 100mlrd.t dan ortiq tabiiy boyliklar qazib chiqarilmoqda, 800 mld.t metall eritilmoqda, 60 mln.t. turli sintetik materiallar ishlab chiqarilmoqda, har yili yerga 500 mln.t. mineral o‘g‘itlar, 3 mln.t. zaharli ximikatlar solinmoqda. Tabiiy suv havzalariga ajralib chiqqan 700 mlrd.mz miqdorda sanoat va maishiy oqava suvlari tashlanmoqda.
Atrof-muhitga tashlanadigan zaharli gazlar ichida asosan SO, SO2, NOx, CxN va changlar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Atmosfera havosiga har yili 250 mln.t. dan ortiq chang, 200 mln.t. SO, 150 mln.t. SO2, 50 mln.t. azot oksidlari, 50 mln.t. dan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 20 mln.t. dan ortiq SO2 gazi tashlanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida 200 mln.dan ortiq avtomobil bo‘lib(bu son kundan kunga oshib bormoqda), ularni har biri atrof-muxitga o’rtacha 200 xildan ortiq zaharli moddalarni tashlaydi. Ular ichida o‘ta kanserogen xossadagi turli uglevodorodlap, qo‘rg‘oshin birikmalari uchraydi. Benzinda tetra-etil qo‘rg‘oshin moddasini bo‘lishi – ularni avtomobil transportida ishlatgandan keyin atrof-muhitga qo‘rg‘oshin moddasining turli oksid, nitrat, sulfat, xlorid birikmali zaharli moddalarini tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Bu moddalar transport vositalari tufayli shahar yo‘llarida doimo uchraydi. Ko‘mir yoqilganda tutun va kullar bilan birgalikda atrof-muhitga uni qazib olingan miqdoriga nisbatan ko‘proq moddalar tarqaladi, masalan, magniy 1,5, molibdan Z, mishyak 7, uran, titan10, alyuminiy, yod, kobalt 15, simob 50, litiy, bor, stronsiy, berilliy, sirkoniy 100 barobar ko‘p tarqaladi. Shu sababli ular o‘simliklarda, suvda, yerda doimo mavjud bo‘lib, ular orqali ushbu moddalar inson organizmiga mahsulotlar orqali o‘tishi aniqlangan (suv, havo, savzavot va mevalarni iste’mol qilish orqali). O‘ta xavfli radioaktiv moddalar - atom elektro stansiyalari (AES lar) orqali tarqaladi. Bu moddalar atmosfera havosida doimo yig‘iladi, ular havoda o‘zaro birikib o‘ta xavfli moddalarni ham hosil etishi mumkin, azot oksidlari va freonlar esa atmosfera havosining stratosfera qatlamida joylashgan ozon gazi qatlamini yemirilishiga sababchi bo‘ladi. Uzoqqa bormaylik, mana hozirgi kundagi iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlarni ko‘payishi(suv toshqinlari, dovul, bo‘ronlarni ko‘payishi, o‘rmon yong‘inlari va shu kabilar) atmosfera havosi qatlamida “parnik” gazlarining miqdorini oshganligi natijasida yuzaga kelgan deb ko‘rsatish mumkin. Shu bilan bir qatorda atmosfera havosida chiqindi gazlarni to‘planishi natijasida «kislotali yomg‘ir»lar, smoglar hosil bo‘lishiga va ularni yerga tushib, suv havzalarini, hosildor yerlarni ishdan chiqishiga olib kelishi hyech kimga sir emas. Oqibatda yerlar zararlanishi natijasida ular yaroqsiz holatga, suvlardagi jonivorlar esa suvlaring ifloslanishi oqibatida xalokatga mubtalo bo‘lishi kuzatilmoqda. Yog‘inlarda rN=4,15-4,5 li sulfat kislotasini uchrashi hatto Olmaliqdan 50km narida joylashgan G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol biosferik qo‘riqxonasida ham kuzatilgan bo‘lib, bu yerda oltingugurtning fon konsentrasiyasi MDX bo‘yicha eng yuqori natijaga ega. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra hozir respublika bo‘icha yiliga atmosfera havosiga 1,84 mln tonna zararli moddalar tashlanmoqda. Ushbu miqdordan 53% i uglerod oksidiga, 8%i uglevodorodlarga, 15%i oltingugurt angidridiga, 4%i azot oksidlariga, 15%i esa yuqori toksik ingrediyentlarga to‘g‘ri keladi. Ushbu gazlarning barchasi atmosfera havosida turli xil o‘zgarishlarni vujudga keltirib, atmosfera havosining tarkibini buzilishiga sababchi bo‘ladi. Atmosferada to‘plangan zaharli birikmalar yomg‘ir va qor orqali yerga qaytadi va natijada unumdor tuproq qatlamini, hamda suv xafzalarini zararlaydi. Hozirgi kunda suv havzalari sanoat korxonalarining oqava suvlari bilan ham keskin ifloslanmoqda. Sanoatda ajralayotgan oqava suvlar tarkibida asosan turli og‘ir metall ionlari va tuzlari, yuvuvchi vositalar, yog‘lar, neft mahsulotlari, radioaktiv birikmalari ko‘plab uchraydi. Hisoblarga ko‘ra suv havzalariga 500 mingdan ortiq turli xildagi birikmalar tashlanar ekan. Og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin, xrom, mis, rux, stronsiy suvga tushib, hayvon va baliqlar organizmlariga o‘tadi. Ulardan esa iste’mol orqali inson organizmiga ham o‘tishi mumkin. (Simob bilan zaharlangan baliqlarni iste’mol qilish orqali inson organizmining shikastlangani Amerikada kuzatilgan). Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanganda suv xavzalari, dengizlar va okeanlar ham katta talofot ko‘radi. Har yili okean suvlariga tanker va kemalarning avariyasi natijasida 12-15 mln.t. neft oqib ketadi.
Ma’lumki, 1t neft yupqa plyonka bilan 12 km2 suv yuzasini qoplaydi. Bu esa o‘z yo‘lida baliq ivildiriklarini, kislorod yetkazib beradigan fitoplanktonlarni qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi, natijada havo-atmosfera va suv-gidrosfera o’rtasidagi gaz-suv almashinish jarayonini buziladi. Uzoqqa bormaylik, kundalik hayotimizda o‘zimizning ba’zi avtomobillarni yuvish shoxobchalarida ham ko‘plab neft mahsulotlarining suvga qo‘shilib oqib ketishi doimo kuzatiladi. 10 g neft mahsuloti esa 60 m3 suvni umuman ishlatishga yaroqsiz qilib qo‘yadi.
Suvni meyordan ko‘p ishlatish ham qator daryolarni, ko‘llarni qurishiga olib keladi. Orol dengizini hozirgi kundagi ahvoli buning yorqin dalilidir. Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubidan atmosfera havosiga har yili o‘rta hisobda 70-75mln tonna tuz ko‘tarilmoqda. Ushbu «tuz bo‘ronlari» hatto Pomir, Tyan-Shan tog‘ tizmalarining muzliklarigacha yetib bormoqda. Ma’lumki, bizning asosiy suv manbalarimiz, ya’ni daryolarimiz muzliklarni erishi natijasida hosil bo‘ladi. Lekin ma’lumki, tuz muzlarni erishini tezlashtiradi. Bu esa o‘z yo‘lida tabiatdagi muz hosil bo‘lish va uning erishi o‘rtasidagi tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga sababchi bo‘ladi. Natijada yaqin kelajakda, agar ahvol tezlik bilan to‘g‘rilanmasa, muzliklarning tez erib, zahirasi kamayishi oqibatida suv resurslarini ham kamayib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari yerga qattiq zaharli birikmalarni tushishi yer tuprog‘i strukturasini buzilishiga olib keladi, o‘g‘it va pestisidlarni rejasiz ishlatish esa uning kimyoviy tarkibini buzilishiga olib keladi. Oqibatda yer eroziyasi, hosildorlikni keskin tushib ketishi, sho‘rlanish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi. Bu to‘g‘rida ko‘plab gapirish va misollar keltirish mumkin.

Download 40.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling