“geoekologiya asoslari ”
Download 0.58 Mb.
|
Geoekol majmua
SUV MUHITI
Suv resurslarining ifloslanishi, uning asosiy sabablari Suv – tirik organizmlarning mavjudligi va hayotiy faoliyati jarayonlarini ta‘minlaydigan xossalarga ega bo‘lgan bebaho mineral va noorganik birikmadir. Suv har qanday tirik mavjudotning xujayralari va to‘qimalari tarkibiga kiradi; ularning organizmlarida suv bo‘lgandagina murakkab reaktsiyalar kechadi. Suv bor joyda hayot bor, suv yo‘q joyda hayot ham bo‘lmaydi. Binobarin, suv hayot demakdir. Suv hayotning mavjudligini ta‘minlagan holda, uning asosini ham tashkil etadi. Zero, hayvonlar tanasining 60 – 85% ini suv tashkil etadi. Tirik organizmlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini suvdan boshqa hech narsa bilan qondirib bo‘lmaydi. Tirik organizmlar tanasidan suvning 10 – 20% ini yo‘qotsa halok bo‘ladi. Odamda ovqat hazm qilish jarayoni bir kunda kamida 9 – 10 l suv ishtirokida kechadi. Shuningdek, suv organizm olamni vujudga kelishiga asos bo‘lgan murakkab kimyoviy birikmalarning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi. Suv tirik organizmlar, litosfera va atmosfera bilan murakkab o‘zaro munosabatlarda bo‘ladi. Birikmagan (kristalli) holdagi suv tufayli kristallar muayyan tuzilmaga ega bo‘ladi. Hatto vulkanlarning 10 yer yuzasiga chiqadigan magma (yun. magma xamir, loybalchiq) tarkibining 12% ini suv tashkil etadi. Suv - muhim iqlim hosil qiluvchi omil bo‘lib, iqlimning tarkib topishida atmosfera suv bug’lari muhim ahamiyatga ega. Geosferalarning o‘zaro murakkab ta‘sirida suv termodinamik (yunoncha therme – issiq, iliq; dinamik – kuchli) jarayonlarning ritmlarini (yunoncha rhithimikos – bir meyorda, bir maromda) tartibga solib turadi. Sayyoramiz yuzasida xilma – xil va rang – barang landshaftlarning mavjudligi ham suv tufaylidir. Shuningdek, aksariyat kimyoviy unsurlar migratsiyasining (lotincha migratio – ko‘chish) va turli relef (frantsuzcha relef – qavariq) xillarining vujudga kelishining asosiy omillaridan bir suvdir. Uzoq geologik davrlar davomida va hozirgi paytda ham suv qoyalarni asta - sekin nuratadi, noorganik birikmalarni eritadi, organizmlar ishtirokida tuproq hosil bo‘lishi jarayonini faollashtiradi. Suv uyushgan suyuqlik bo‘lganligi tufayli sayyoramizdagi juda katta energiya manbaidir. Boshqa moddalardan farq qilgan holda suv issiqlik ta‘sirida torayadi. Suvning bu fizikaviy xossasi, ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Quyosh ta‘siri ostida har daqiqada 2 mln. t suv bug’ga aylanadi, bug’ning har grammida 539 kal quyosh energiyasi bo‘ladi. Pirovardida atmosfera quvvati 1 mlrd. kvt bo‘lgan 40000 elektr stantsiyasi ishlab chiqargan energiya miqdoriga teng bo‘lgan issiqlik oladi. Issiqlik energiyasining suvda katta miqdorda to‘planish imkoniyati yilning turli davrlarida va bir kun davomida yer yuzasida haroratlarning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zining bunday xususiyati tufayli suv sayyoramizda issiqlikning taqsimlanishini boshqarib va tartibga solib turadi. Inson o‘zining nafaqat fiziologik hayotiy faoliyatida, balki xo‘jalik faoliyatining barcha turlarida suv is‘temol qiladi yoki suvdan foydalanadi. Taqribiy hisoblarga ko‘ra, mineral resurslarni qazib olish, qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarish uchun jahonda har kuni 8 – 10 mlrd. t suv sarflanmoqda. Sanoatda katta miqdordangi suv xom ashyoni qazib olish, aralashtirish, eritish, tozalash va boshqa texnologik jarayonlarda foydalaniladi. 1 – jadval sanoatda ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflaniladigan suv miqdori to‘g’risida ma‘lumot berishi mumkin. jadval.1 tonna sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori (m3 hisobida)
Hozirgi issiqlik stansiyalari ham katta miqdordagi suvni iste‘mol qiladi. Quvvati 300 000 kVt bo‘lgan issiqlik stantsiyasi 1 yilda 300 mln. m3 suvni sarf qiladi (yoki 3 l suv sarfi hisobiga 1 kilovatt elektr energiya ishlab chiqariladi). Jahondagi barcha elektr stansiyalarining (jumladan AESlarning) tubogeneratorlarini sovitish uchun yiliga 320 – 350 km3 suv sarflanadi. Qishloq xo‘jaligi suv resurslarini eng ko‘p iste‘mol qiladigan tarmoqdir (2 – jadval). X. Penmen (1972) ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘simliklar 1 t quruq massa yetishtirish uchun issiqlik va namlik sharoitlariga bog’liq holda transpiratsiyaga (lot. trans – orqali; spirare – nafas olmoq) 150 – 200 dan 800 – 1000 m3 gacha suv sarflaydi. Deyarli shuncha miqdordagi suv bemahsul bug’lanishga sarflangan holda, bu ko‘rsatkichning choragiga teng miqdordagi suv biomassaning o‘zida saqlanib qoladi. Shu narsani ta‘kidlash lozimki, suv nafaqat sug’oriladigan yerlar, balki lalmikor maydonlar uchun ham foydalaniladi. Sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun juda katta miqdorda suv sarflanadi. Masalan, 1 t bug’doy yetishtirish uchun 1 500 t, 1 t guruch yetishtirish uchun 5000 – 7000 t, 1 t paxta yetishtirish uchun esa 3000 – 4000 t suv sarflanishi zarur (Lvovich, 1986). Jahon qishloq xo‘jaligida 280 mln. ga yer obikor dehqonchilikda foydalaniladi. 1 ga maydondagi ekinlarni sug’orish uchun o‘rtacha 12 – 14 ming m3 suv yillik me‘yor hisoblanadi. Shunday qilib, hozirgi payda obikor dehqonchilikda har yili 3000 km3, lalmikor dehqonchilikda esa 1400 km3 suv iste‘mol qilinadi. Obikor dehqonchilik foydalaniladigan suv hajmiga ko‘ra suvni iste‘mol qiladigan boshqa tarmoqlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jahon miqyosida iste‘mol qilinadigan suvning 75% ga yaqini to‘g’ri keladi. – jadval.JAHONDA SUV ISTE‘MOLI VA AHOLI SONINING DINAMIKASI
Hozirgi sharoitlarda maishiy – xo‘jalikda foydalaniladigan suvga ham insoniyatning ehtiyojlari yildan – yilga ortib bormoqda. Sayyoramizning hozirgi paytda 1 yil davomida 1 odam o‘rtacha 45 – 50 m3 (1 kunda o‘rtacha 125 – 130 l) suv iste‘mol qiladi. Maishiy – xo‘jalikda foydalaniladigan suv miqdori jahonda 1 yilda taqriban 270 – 300 mln. m3 ni tashkil etadi. Ammo, shu narsani ta‘kidlash lozimki, jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotlariga ko‘ra, jahonning 2 mlrd. aholisi gigiyenik talablar darajasidagi sifatli suv bilan ta‘minlanmagan. Suv ta‘minotidagi bu nuqson bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘layotir. Suv resurslari daryo va dengiz transporti, elektr energiyasi olish, baliqchilik xo‘jaligi, yog’och oqizish uchun ham foydalaniladi. Xo‘jalikning bu tarmoqlari suv resurslarining miqdor ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmagan holda ularning sifat jihatdan yomonlashuviga, ya‘ni ifloslanishiga ancha katta ta‘sir ko‘rsatadi. Jahonda aholi sonining yildan – yilga ko‘payib borishi, sanoat va energetikaning rivojlanishi, sug’oriladigan yerlar maydonining kengayishi suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning orta borishini taqozo etadi. Shu sababli insonning hayotiy va moddiy faoliyatining asosiy manbai bo‘lgan suv resurslaridan tejamkorlik va samarali foydalanishni tashkil etish doimo dolzarb iqtisodiy – ekologik muammo bo‘lib qolaveradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling